| A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | W | X | Y | Z | |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ||||||||||||||||||||||||||
2 | Glossary Term | Atamalar (terminlar) Lug'ati | Tushuntirish | Explanation | ||||||||||||||||||||||
3 | A | Abdomen | Qorin bo‘shlig‘i/qorin | Bu diafragma va chanoq bilan chegaralangan tana sohasidir. | It is the area of the body that is bounded by the diaphragm and the pelvis. | |||||||||||||||||||||
4 | Ablation | Ablatsiya | Bu minimal invaziv usul bo‘lib, turli energiya manbalaridan, masalan, issiqlik, sovuqlik, lazer yoki radiochastotadan foydalangan holda to‘qimani olib tashlash yoki yo‘q qilishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha o‘smalar, yurak aritmiyalari yoki surunkali og‘riqlarni davolash uchun qo‘llaniladi. | A minimally invasive technique that involve the removal or destruction of tissue using various energy sources such as heat, cold, laser or radiofrequency, often to treat conditions such as tumors, cardiac arrhythmias, or chronic pain. | ||||||||||||||||||||||
5 | Accelerometers | Akselerometrlar | Harakatlanayotgan obyektning tezlanishini o‘lchaydigan qurilmalar bo‘lib, odatda uning tezligi va yo‘nalishi haqida ma’lumot beradi. | Devices that measure the acceleration of an object in motion, typically providing data on its velocity and orientation. | ||||||||||||||||||||||
6 | Acceptance Testing | Qabul sinovi | Tibbiyot uskunasining klinik muhitda ishlatilishidan oldin belgilangan parametrlarga muvofiq ishlayotganligini tekshirish jarayoni. | The process of verifying that a piece of biomedical equipment is operating within its specified parameters before it is used in a clinical setting. | ||||||||||||||||||||||
7 | Accuracy | Aniqlik | O‘lchov yoki bashoratning haqiqiy qiymatga yoki asl natijaga yaqinlik darajasi. | The degree to which a measurement or prediction is close to the true value or actual outcome. | ||||||||||||||||||||||
8 | Acoustic Impedance | Akustik impedansiya/qarshilik | Ultratovush tizimlarida tovush to'lqinlarining o'tkazilishiga ta'sir qiluvchi to'qimalarning xususiyati. U tovush to‘lqinlarining turli muhitlarda qanchalik yaxshi tarqalishini belgilaydi va diagnostik tasvirlashda qo‘llaniladi. | A property of tissues that affects the transmission of sound waves in ultrasound systems. It determines how well sound waves travel through different mediums and is used in diagnostic imaging. | ||||||||||||||||||||||
9 | Acoustic shadowing | Akustik soyalanish | Ultratovush tasvirlashda ayrim to‘qimalar yoki tuzilmalar tovush to‘lqinlarining o‘tishini to‘sib qo‘yishi natijasida tasvirda aks ettirilmagan yoki zaif aks sado signallari hosil bo‘ladigan hodisa. | A phenomenon in ultrasound imaging where certain tissues or structures block the passage of sound waves, creating areas of reduced or absent echo signals on the ultrasound image. | ||||||||||||||||||||||
10 | Action Potential | Harakat potentsiali | Biologik tizimlarda aloqa va javob reaksiyalarini ta’minlovchi, neyron yoki mushak hujayrasi membranasi bo‘ylab harakatlanadigan tez va vaqtinchalik elektr signali. | A rapid and temporary electrical signal that travels along the membrane of a neuron or muscle cell, allowing for communication and response in biological systems. | ||||||||||||||||||||||
11 | Active Electrode | Aktiv elektrod | To‘qimaga elektr energiyasini yetkazib beruvchi jarrohlik asbobi (masalan, pichoq, halqa). | The surgical tool (e.g., blade, loop) that delivers electrical energy to the tissue. | ||||||||||||||||||||||
12 | Actuator | Privod, Aktuator | Uskunaning qismlarini boshqarish yoki harakatga keltirish uchun elektr yoki pnevmatik energiyani mexanik harakatga aylantiradigan qurilma (masalan, ventilatorlar va robot jarrohlik asboblarida). | Device used to control or move equipment parts by converting electrical or pneumatic energy into mechanical motion. (e.g., in ventilators and robotic surgery tools). | ||||||||||||||||||||||
13 | Acute trauma | O‘tkir travma | Ko‘pincha tashqi kuch yoki zarba ta’sirida yuzaga keladigan, tana to‘qimalarini to‘satdan va og‘ir jarohatlanishi yoki shikastlanishi. | A sudden and severe injury or damage to the body's tissues, often resulting from an external force or impact. | ||||||||||||||||||||||
14 | Additive Manufacturing (AM) | Additiv ishlab chiqarish | 3D bosib chiqarish deb ham tanilgan. Kompyuter modeli orqali materialning ketma-ket qatlamlari yordamida ob'ektni 3D shaklida bosib chiqarish. | Also known as 3D printing. Printing an object in 3D from a computer model through successive layers of material. | ||||||||||||||||||||||
15 | Adhesion | Yopishish | Jarohat natijasida organlar yoki to‘qimalar orasida paydo bo‘ladigan bog‘lanishlar. | Connections that form between organs or tissues that are due to an injury. | ||||||||||||||||||||||
16 | Agglutination | Agglyutinatsiya | Bir nechta katta zarrachalar yuzasidagi antigenlar, antitellolar tomonidan guruhlarga birlashishi jarayoni, bu esa ularning to‘g‘ri ishlashiga to‘sqinlik qiladi. | The process when multiple large particles with antigens on their surfaces are bound into clumps by antibodies which does not allow them to function property. | ||||||||||||||||||||||
17 | Air Compressor | Havo kompressori | Ventilyatsiya uchun bosim ostida havo ishlab chiqaradi. | Generates pressurized air for ventilation. | ||||||||||||||||||||||
18 | Air-in-Line Sensor | Magistral/turbautkazgichda havo borligini aniqlovchi sensor | Havo tiqilishini aniqlaydi va oldini oladi. | Detects and prevents air embolism. | ||||||||||||||||||||||
19 | Airway Management Devices | Havo yo‘llarini boshqarish qurilmalari | Anesteziya paytida yoki favqulodda vaziyatlarda bemorning havo yo'lini saqlash yoki ta'minlash uchun ishlatiladigan endotrakeal naychalari, laringeal niqobli havo o'tkazgich va orofaringeal havo o'tkazgich kabi qurilmalarni o'z ichiga oladi. Ushbu qurilmalar uzluksiz nafas olishni ta'minlashga yordam beradi va jarrohlik va reanimatsiyada sun'iy nafas oldirishni qo'llab-quvvatlash uchun juda muhimdir. | Includes devices such as endotracheal tubes (ETT), laryngeal mask airways (LMA), and oropharyngeal airways (OPA) used to maintain or secure a patient’s airway during anesthesia or emergency situations. These devices help ensure unobstructed breathing and are crucial for ventilatory support in surgery and critical care. | ||||||||||||||||||||||
20 | Airway resistance | Havo yo‘llarining qarshiligi | Nafas olish tizimida havo oqimiga qarshilik, asosan nafas yo‘llarining diametri va uzunligi sababli yuzaga keladi. Bu nafas olishning umumiy samaradorligi va o'pka funktsiyasiga ta'sir qilib, havoning o'pka ichiga va tashqarisiga qanchalik oson o'tishini aniqlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. | Opposition to airflow within the respiratory system, primarily due to the diameter and length of the airways. It plays a crucial role in determining how easily air can move in and out of the lungs, influencing overall breathing efficiency and pulmonary function. | ||||||||||||||||||||||
21 | Air Filter | Havo filtri | Qurilmalar(masalan, so‘ruvchi nasoslar, sun'iy nafas oldirish apparati, anesteziya apparatlari, kislorod kontsentratorlari va boshqalar)ga kirayotgan havodagi ifloslanishlarni filtrlovchi qurilma. | Filters contaminants from the air entering devices (e.g. Suction pump, ventilators, anesthesia machines, oxygen concentrators etc) | ||||||||||||||||||||||
22 | ALARA 'As Low As Reasonably Achievable' principle | ALARA "Ham past, ham oqilona erishish mumkin bo'lgan" tamoyili | Bemorlar va tibbiyot xodimlariga nurlanish ta'sirini minimal darajaga kamaytirishga qaratilgan xavfsizlik kontseptsiyasi. Ushbu prinsip, tashxis yoki davolash uchun zarur bo‘lgan tibbiy tasvir sifatini saqlab qolgan holda, nurlanish dozalarini iloji boricha past darajada ushlab turishning ahamiyatini ta’kidlaydi. | A safety concept aimed at minimizing radiation exposure to patients and healthcare workers. This principle emphasizes the importance of keeping radiation doses as low as possible while still achieving the necessary medical imaging quality for diagnosis or treatment. | ||||||||||||||||||||||
23 | Alarm System | Signalizatsiya tizimi | Tibbiy qurilmalarda xavfsizlik xususiyati bo‘lib, biror narsa belgilangan darajadan chiqishi yoki noto‘g‘ri ishlashini bildiradi. | A safety feature in medical devices that signals when something is out of range or functioning improperly. | ||||||||||||||||||||||
24 | Algorithm | Algoritm | Algoritm — hisoblash vazifasini bajaradigan bosqichma-bosqich jarayon. | An algorithm is a step-by-step process that performs a computational task. | ||||||||||||||||||||||
25 | Alternating Current (AC) | O‘zgaruvchan tok | Elektronlar oqimining yo'nalishi ma'lum vaqt oralig'ida yoki siklda oldinga va orqaga o'zgarib turadigan elektr tokining bir turi. | A type of electrical current, in which the direction of the flow of the electrons switches back and forth at regular intervals or cycles. | ||||||||||||||||||||||
26 | Alveoli | Alveolalar | O‘pkada kislorod va karbanat angidrid almashinuvi sodir bo‘ladigan kichik havo pufagi. | A small air sac in the lungs where oxygen and carbon dioxide exchange occurs. | ||||||||||||||||||||||
27 | Ambu Bag (Bag-valve Mask, BVM) | Ambu qopchasi (qopcha-klapan maska, QKM) | Nafas olishni yetarlicha ta’minlamayotgan bemorlarga musbat bosimli sun'iy nafas berish uchun ishlatiladigan qo‘l qurilmasi. | A handheld device used to provide positive pressure ventilation to patients who are not breathing adequately. | ||||||||||||||||||||||
28 | Ampere (A) | Amper (A) | Tok kuchi birligi. | A unit of electrical current. | ||||||||||||||||||||||
29 | Amperometric biosensors | Amperometrik biosensorlar | Bular analitik qurilmalar bo'lib, namunadagi moddaning elektrokimyoviy oksidlashi yoki tiklanishi orqali hosil bo‘lgan tokni o‘lchaydi va ushbu moddani kontsentratsiyasi haqida ma’lumot beradi. | Analytical devices that measure the current produced by the electrochemical oxidation or reduction of an analyte in a sample, providing information about the concentration of that substance. | ||||||||||||||||||||||
30 | Amperometric transducer | Amperometrik datchik | Kimyoviy signalni elektr tokiga aylantiradigan qurilma bo‘lib, elektroximyoviy reaksiyada hosil bo‘lgan elektronlar oqimini o‘lchaydi. | A device that converts a chemical signal into an electrical current, measuring the flow of electrons generated in an electrochemical reaction | ||||||||||||||||||||||
31 | Amplitude | Amplituda | Titrash yoki signalning maksimal kengayishi bo‘lib, bu ko‘pincha tibbiy qurilmalar, masalan, EKG yoki EEG kabilarda elektr signallarining kuchi bilan bog‘liq bo‘ladi. | The maximum extent of a vibration or signal, often related to the strength of electrical signals in medical devices like ECG or EEG. | ||||||||||||||||||||||
32 | Anaerobic Respiration | Anaerob nafas olish | Kislorodsiz hujayra energiyasini ishlab chiqarish. | To produce cellular energy without the presence of oxygen. | ||||||||||||||||||||||
33 | Analog front-end circuitry | Analog oldingi qism elektron sxemasi | Analog signalni raqamli shaklga o‘zgartirishdan oldin qayta ishlaydigan elektron komponentlar va tizimlar. U tanadan olingan fiziologik signallarni kuchaytiradi, filtrlaydi va moslashtiradi, ma’lumotlarni aniq o‘lchash va talqin qilishni ta’minlaydi. | The electronic components and systems that process analog signals before they are converted into digital form for further analysis. It amplifies, filters, and conditions physiological signals from the body, ensuring accurate measurement and interpretation of data. | ||||||||||||||||||||||
34 | Analog Signal | Analog signal | Fizialogik o‘lchovlarni, masalan, yurak urishi yoki haroratni ifodalovchi uzluksiz signal. | A continuous signal that represents physical measurements, such as heart rate or temperature. | ||||||||||||||||||||||
35 | Analog-to-Digital Conversion (ADC) | Analogdan raqamli signalga o‘girish | Uzluksiz analog signallarni raqamli sonlarga aylantirish jarayoni bo‘lib, bu sonlar signalning ma’lum intervaldagi amplitudasini ifodalaydi. | The process of transforming continuous analog signals into discrete digital numbers that represent the amplitude of the signal at specific intervals. | ||||||||||||||||||||||
36 | Analog-to-Digital Converters (ADCs) | Analog-raqamli o‘zgartirgichlar | Uzluksiz analog signallarni raqamli uzlukli qiymatlarga aylantiradigan elektron qurilmalar | Electronic devices that convert continuous analog signals into discrete digital values. | ||||||||||||||||||||||
37 | Anatomical Model | Anatomik model | O‘quv va ta’lim maqsadida inson anatomiyasining fizik yoki raqamli tasviri. | A physical or digital representation of human anatomy used for training and education. | ||||||||||||||||||||||
38 | Anatomy | Anatomiya | Tizim yoki uning qismlarning tuzilishini o‘rganish. | The study of the structure of a system or components | ||||||||||||||||||||||
39 | Anesthesia | Anesteziya | Hissiyot va odatda hushni yo‘qotish bo'lib, lekin hayotiy funktsiyalarni yo‘qotmasdan, og‘riq impulslarining miya yo‘llari bo‘ylab o‘tishini bloklaydigan bir yoki bir nechta vositalar yordamida sun'iy ravishda yuzaga keladigan holat. | Loss of sensation and usually of consciousness without loss of vital functions artificially produced by the administration of one or more agents that block the passage of pain impulses along nerve pathways to the brain. | ||||||||||||||||||||||
40 | Anesthesia Machine | Narkoz apparati | Bemorga kislorod, azot oksidi va uchuvchan anesteziya vositalarining boshqarilgan miqdorda aralashmasini yetkazib beradigan maxsus tizim. Bu tizim bug'latgich, nafas olish konturlari, sun'iy nafas oldirish qurilmasi, ansteziya gazlarini tozalash tizimlari va monitoring tizimlarini o‘z ichiga olib, narkoz chuqurligini va nafas olish funksiyasini boshqaradi. | A specialized system that delivers a controlled mixture of oxygen, nitrous oxide, and volatile anesthetic agents to the patient. It integrates vaporizers, breathing circuits, ventilators, scavenging systems, and monitors to regulate depth of anesthesia and respiratory function. | ||||||||||||||||||||||
41 | Aneurysm | Anevrizma | Arteriya devorining zaiflashishi natijasida arteriyaning mahalliy kengayishi. | A localised dilation of an artery due to a weakened arterial wall. | ||||||||||||||||||||||
42 | Angiography | Angiografiya | Kontrast moddasini in'ektsiya qilish orqali qon tomirlari va organlarning ichki qismlarini, ayniqsa arteriyalar va venalarni, tasvirlash uchun ishlatiladigan tibbiy tasvirlash usuli. | A medical imaging technique used to visualize the inside of blood vessels and organs, particularly arteries and veins, through the injection of a contrast agent. | ||||||||||||||||||||||
43 | Angioplasty | Angioplastika | Qon tomirlarini, ayniqsa koronar arteriyalarni kengaytirish yoki to‘siqlarini ochish uchun qo‘llaniladigan kam invaziv tibbiy protsedura bo‘lib, normal qon oqimini tiklashga yordam beradi. | A minimally invasive medical procedure used to open narrowed or blocked blood vessels, particularly coronary arteries, to restore normal blood flow. | ||||||||||||||||||||||
44 | Anode | Anod | Bu elektrod orqali qurilmaga tok kiradi. | An electrode through which current flows into a device. | ||||||||||||||||||||||
45 | Antenna | Antenna | Simsiz tibbiy qurilmalarda signallarni yuborish va qabul qilish uchun ishlatiladigan komponent (masalan, Masofaviy kuzatuv monitorlari). | A component used in wireless medical devices to transmit and receive signals (e.g., telemetry monitors). | ||||||||||||||||||||||
46 | Anterior | (Anterior) Oldingi | Bu tana qismining joylashuvini ifodalovchi atama bo‘lib, tananing old yuzasiga nisbatan qo‘llaniladi. | This is a term used to describe the location of a portion of the body. It refers to the front surface of the body. | ||||||||||||||||||||||
47 | Anterior Cruciate Ligament (ACL) | Oldingi xochsimon bog‘lam | Tizzaning o‘rtasida diagnal yo‘nalishda joylashgan va tibianing femur oldida sirpanishiga to‘sqinlik qiluvchi bog‘lam. | A ligament that runs diagonally in the middle of the knee therefore preventing the tibia from sliding in front of the femur. | ||||||||||||||||||||||
48 | Anthropometry | Antropometriya | Inson tanasining uzunliklari, massalari, massa markazlari va inertsiya momentlari kabi o‘lchovlarini o‘rganish. | The measurement of the human body such as lengths, masses, centres of mass and moments of inertia. | ||||||||||||||||||||||
49 | Antimicrobial | Mikrobga qarshi vosita | Mikroorganizmlarning o‘sishini to‘xtatuvchi yoki ularni yo‘q qiluvchi vosita. | An agent that can prevent the growth of or kills a microorganism. | ||||||||||||||||||||||
50 | Anti-Shake Mechanism | Tebranishga qarshi mexanizm | Aniqlikni ta’minlash uchun tebranishlarni kamaytiradi. | Reduces vibrations for precision. | ||||||||||||||||||||||
51 | Applied Part | Qo‘llaniladigan qism (tibbiy qurilmalarda bemorga tegadigan qismlar) | Normal ish sharoitida bemor bilan kontakda bo'ladigan (tegib turadigan) uskunaning qismi. | A part of the equipment that under normal operating conditions contacts the patient. | ||||||||||||||||||||||
52 | Arrhythmia | Aritmiya | Atrial fibrillatsiya (bo'lmachalar fibrillatsiyasi) deb ham ataladi. Bu yurak urishining notekis bo‘lish holati | Also known as atrial fibrillation. This is when the heart beat becomes irregular. | ||||||||||||||||||||||
53 | Arterial Blood Gas (ABG) Analyzer | Arterial qon gazlari analizatori | A device that measures arterial blood pH, oxygen (PaO₂), carbon dioxide (PaCO₂), bicarbonate (HCO₃⁻), and lactate levels. This test helps assess respiratory function, acid-base balance, and the effectiveness of ventilation therapy. | |||||||||||||||||||||||
54 | Artery | Arteriya | Yurakdan butun tana bo‘ylab kislorodga to‘yingan qonni olib ketadigan qon tomir. | The tube that carries oxygenated blood away from the heart to the rest of the body. | ||||||||||||||||||||||
55 | Assay | Analiz, Proba | Organizm, hujayra yoki materialning tarkibi yoki tuzilmasini aniqlash uchun o'tkaziladigan sinov. | The testing of an organism, cell or material to determine its composition or content. | ||||||||||||||||||||||
56 | Asset Management | Aktivlarni boshqarish | Tibbiy jihozlarning to‘g‘ri ishlashini va xavfsizlik standartlariga mosligini ta’minlash uchun ularni kuzatish va texnik xizmat ko‘rsatish amaliyoti. | The practice of tracking and maintaining medical equipment to ensure it is in good working order and compliant with safety standards. | ||||||||||||||||||||||
57 | Atherosclerosis | Ateroskleroz | Arteriyalar ichki devorlarida bo‘rmalar to‘planishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. | A disease that occurs when plaque is deposited on the inner walls of the arteries. | ||||||||||||||||||||||
58 | Atria | Yurak bo‘lmachasi | Qon qorinchalarga o‘tadigan yurakning yuqori bo‘shlig‘i. | The upper cavity of the heart where blood passes to the ventricles. | ||||||||||||||||||||||
59 | Atrial Fibrillation | Bo'lmacha fibrillyatsiyasi | Yurak urishining notekisligi (aritmiya deb ham ataladi) bo‘lib, qon quyqalari, insult yoki yurak yetishmovchiligi kabi yurak bilan bog‘liq asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. | Irregular heartbeat ( also known as arrhythmia) that can cause heart related complications such as clots, stroke, or heart failure. | ||||||||||||||||||||||
60 | Atrioventricular Node (AV Node) | Atrioventrikulyar tugun (AV tugun) | SA tugunidan Purkinye tolalariga elektr signallarini o'tkazuvchi maxsus yurak mushak tolalari. | Specialized cardiac muscle fibers that conduct the electrical signal from the SA node to the Purkinje fibers. | ||||||||||||||||||||||
61 | Audiogram | Audiogramma | Tebranish chastotasi va eshitish uchun minimal tovush intensivligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni grafik tasvirlash. | A graphic representation of the relation of vibration frequency and the minimum sound intensity for hearing. | ||||||||||||||||||||||
62 | Auditory | "Auditory" Eshitish | Eshitish bilan bog‘liq yoki eshitishga oid. | Of or relating to hearing. | ||||||||||||||||||||||
63 | Autoclave | Avtoklav | Jihozlar va asboblarni yuqori bosimdagi bug‘ bilan sterilizatsiya qilish uchun ishlatiladigan mashina. | A machine used to sterilize equipment and instruments through high-pressure steam. | ||||||||||||||||||||||
64 | Autograft | Autotrnsplantat | Shaxsning tanasidan olingan va tanasining boshqa joyiga ko‘chirilgan to‘qima. | A tissue that is taken from a person's body and is transplanted to their body but in a different location. | ||||||||||||||||||||||
65 | Automatic Calibration | Avtomatik kalibrovkalash | Tibbiy jihozlarning aniqligini saqlab qolish uchun avtomatik ravishda sozlamalarini moslashtirish jarayoni. | The process by which medical equipment automatically adjusts its settings to maintain accuracy. | ||||||||||||||||||||||
66 | Automatic Exposure Control (AEC) | Avtomatik ekspozitsiyani boshqarish (AEC) | Radiatsiya dozasini kamaytirish uchun rentgen nurlanishini optimallashtiradigan tizim. | A system that optimizes X-ray exposure to reduce radiation dose. | ||||||||||||||||||||||
67 | Axial | Aksial (o‘q bo‘ylab yo‘naltirilgan) | O‘q bilan bog‘liq yoki o‘qga oid. | Of or referring to an axis. | ||||||||||||||||||||||
68 | B | Bair Hugger (Forced-Air Warming System) | Bair Hugger (Majburiy havo isitish tizimi) | Jarrohlik paytida tana haroratini normal ushlab turish uchun ishlatiladigan qurilma. | A device used to maintain a normal core body temperature during surgery. | |||||||||||||||||||||
69 | Balance Training Equipment | Muvozanat mashqlari uskunasi | Reabilitatsiya dasturlarida muvozanat, koordinatsiya va proprioseptsiyani yaxshilash uchun ishlatiladigan qurilmalar, masalan, tebranadigan doskalari yoki muvozanat ushlash to'plari. | Devices such as wobble boards or stability balls used to improve balance, coordination, and proprioception in rehabilitation programs. | ||||||||||||||||||||||
70 | Band-pass filter | Tarmoqli o'tish filtri nima | Ma'lum bir chastota oralig'ida signalning o'tishiga imkon berib, shu oraliqdan tashqaridagi signallarni susaytiradigan elektron sxema. | An electronic circuit that allows signals within a specific frequency range to pass through while attenuating signals outside that range. | ||||||||||||||||||||||
71 | Battery (in medical devices) | Batareya(Tibbiy qurilmalardagi) | Tibbiy qurilmalar / uskunalar uchun quvvat manbai. | The power source for medical devices / equipment. | ||||||||||||||||||||||
72 | Battery Backup | Zaxira batareyasi | Elektir ta'minoti uzilgan paytda ishlashni davom ettirishni ta'minlaydi. | Ensures continued operation during power failure. | ||||||||||||||||||||||
73 | Battery Management System | Batareyani boshqarish tizimi | Tibbiy uskunalardagi batareyani holatini monitoring qilish va saqlash uchun ishlatiladigan tizim. | A system used to monitor and maintain the health of the battery in medical equipment. | ||||||||||||||||||||||
74 | Beam current | Nurlanish toki (rentgen trupkada) | Trubkada ichki elektron nurlari bo'lib, ular nishon materialni bombardimon qilish orqali rentgen nurlarini hosil qilish uchun ishlatiladi. Nurlanish oqimini oshirish (katod tokini oshirish orqali) trubkaning chiqish oqimini oshiradi. Elektronlar katoddan anodga harakatlanib, nurlarni hosil qiladi. | The electron beam inside the tube which is used to bombard the target material to produce X-rays. Increasing the beam current (via the filament current) will increase the flux output of the tube. The electrons move from the cathode to the anode to form the beam. | ||||||||||||||||||||||
75 | Beam width artifacts | Nurlanish kengligi artefaktlari | Ultratovush tasvirlashda ultratovush nuri, ayniqsa uning kengligi bilan bog'liq fizik xususiyatlari sababli yuzaga keladigan noaniqliklar. | Inaccuracies in ultrasound imaging caused by the physical characteristics of the ultrasound beam, particularly its width. | ||||||||||||||||||||||
76 | Benign | Xavfsiz (o‘simta yoki kasallik uchun) | Kasallik xavfli emas yoki hayot uchun tahdid soluvchi emas deb ta'riflanganida ishlatiladigan atama. Ushbu atama odatda biopsiya natijasini tasvirlashda qo'llaniladi. | When a disease is described as not being dangerous or life threatening. This term is typically used to describe a biopsy result. | ||||||||||||||||||||||
77 | Bernoulli's Equation | Bernulli tenglamasi | Suyuq dinamikasidagi printsip bo'lib, u oqayotgan suyuqlikdagi energiyaning saqlanishini tavsiflaydi va bu shuni ta'kidlaydi-ki, suyuqlikning tezligi oshganda, bosim yoki potensial energiya kamayadi | A principle in fluid dynamics that describes the conservation of energy in a flowing fluid, stating that an increase in the speed of the fluid occurs simultaneously with a decrease in pressure or potential energy. | ||||||||||||||||||||||
78 | Biaxial | Ikki o‘qli | Ikki o'qlar bilan bog'liq bo'lgan. Bu atama ko'pincha bir obyekt ustida kuchning hosil bo'lishini tavsiflash uchun ishlatiladi. | Of or relating to 2 axis. This is often used to describe a force being generated on an object. | ||||||||||||||||||||||
79 | Biocompatibility | Biologik moslik | Materialning tanaga implantatsiya qilinganda yoki kiritilganda tegishli xost javobi bilan ishlash qobiliyati. | The ability of a material to perform with an appropriate host response when implanted or introduced into the body. | ||||||||||||||||||||||
80 | Biocompatible | Biologik mos | Tana tomonidan rad etilmaydigan qurilma, material yoki komponent. | A device, material, or component that is not rejected by the body. | ||||||||||||||||||||||
81 | Biodegradable | Biologik parchalanadigan | Muayyan muhit yoki sharoitga joylashtirilganda eriydigan material. | A material that will dissolve when placed into a specific environment or condition. | ||||||||||||||||||||||
82 | Bioelectrode | Bioelektrod | Tibbiyot va biologiya sohalarida turli qo‘llanmalar uchun elektron tizimlar bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun hujayralar yoki biomolekulalar kabi biologik komponentlardan foydalanuvchi ilg‘or tizimlar. | A device that can detect and measure bioelectrical signals generated by living tissues, typically used in medical diagnostics and therapeutic applications. | ||||||||||||||||||||||
83 | Bioelectronic devices | Bioelektron qurilmalar | Tibbiyot va biologiya sohalarida turli qo‘llanmalar uchun elektron tizimlar bilan o‘zaro ta’sir qiladigan hujayralar yoki biomolekulalardan foydalanuvchi ilg‘or tizimlar. | Advanced systems that utilize biological components, such as cells or biomolecules, to interact with electronic systems for various applications in medicine and biology. | ||||||||||||||||||||||
84 | Biofeedback | Biologik qayta aloqa | Yurak urishi yoki miya to‘lqinlari kabi ongsiz yoki ixtiyorsiz tana jarayonlarini sezgilarga sezilarli qilish va ularni ongli ravishda boshqarish uchun ishlatiladigan usul. | The technique of making unconscious or involuntary bodily processes (as heartbeat or brain waves) perceptible to the senses in order to manipulate them by conscious mental control. | ||||||||||||||||||||||
85 | Biofeedback Device | Biologik qayta aloqa qurilmasi | Ko‘pincha reabilitatsiyada qo‘llanilib, fiziologik signallarni (masalan, mushak faolligi, yurak urish tezligi) o‘lchab, bemorlarga tana funksiyalarini yaxshiroq nazorat qilishga yordam berish uchun real vaqt rejimida fikr-mulohaza beradigan uskunalar. | Equipment that measures physiological signals (e.g., muscle activity, heart rate) and provides real-time feedback to help patients improve control over their body functions, often used in rehabilitation. | ||||||||||||||||||||||
86 | Bioinformatics | Bioinformatika | Biologik ma'lumotlarni tahlil qilish va talqin etish uchun kompyuter fanlari, statistika, matematika va muhandislikni birlashtiruvchi tarmoqlararo ilmiy yo‘nalish. | An interdisciplinary field of study that combines computer science, statistics, mathematics, and engineering to analyse and interpret biological data. | ||||||||||||||||||||||
87 | Biomechanics | Biomekanika | Tirik organizmlarning mexanik jihatlari, ularning tuzilishi va funksiyasiga ta’sir qiluvchi kuchlar va harakatlarni o‘rganishga qaratilgan soha. | The mechanical aspects of living organisms, focusing on the forces and movements that affect their structure and function. | ||||||||||||||||||||||
88 | Biomedical Equipment | Biotibbiy uskunalar | Bemorlarni tashxislash, davolash va kuzatish uchun ishlatiladigan tibbiy qurilmalar yoki asbob-uskunalar. | Medical devices or instruments used in the diagnosis, treatment, and monitoring of patients. | ||||||||||||||||||||||
89 | Biometric Sensor | Biometrik sensor | Fiziologik parametrlarni, masalan, yurak urish tezligi, qon bosimi yoki kislorod darajalarini o‘lchaydigan datchik. | A sensor that measures physiological parameters like heart rate, blood pressure, or oxygen levels. | ||||||||||||||||||||||
90 | Biopsy | Biopsiya | Kasallik mavjudligini baholash uchun tekshiriladigan, tanadan olib tashlangan to'qima. | A tissue that is removed from the body to assess the presence of disease. | ||||||||||||||||||||||
91 | Biosafety | Bioxavfsizlik | Biologik xavf-xatarlarga duch kelishni oldini olish uchun qo‘llaniladigan xavfsizlik jarayonlari va bayonnomalari. | The safety procedures and protocols used to prevent exposure to biological hazards. | ||||||||||||||||||||||
92 | Biosensors | Biosensorlar | Biologik javobni elektr signaliga aylantiradigan, turli sohalarda, shu jumladan sog'liqni saqlashda muhim vositalarni yaratadigan analitik qurilmalar. | Analytical devices that convert a biological response into an electrical signal, making them essential tools in various fields, including healthcare. | ||||||||||||||||||||||
93 | Biosignal acquisition | Biosignalni olish | Fiziologik funksiyalarni kuzatish uchun tirik organizmlardan biologik signallarni yig'ish va o'lchash jarayoni. | The process of collecting and measuring biological signals from living organisms to monitor physiological functions. | ||||||||||||||||||||||
94 | BiPAP machine | BiPAP apparati | Sun'iy nafas oldirish siklining har qanday vaqtda bemorning tabiiy nafas olishiga to'sqinlik qilmasdan, uni davom ettirish imkonini beradigan invaziv bo'lmagan ventilyatsiya. | A noninvasive ventilation that allows unrestricted spontaneous breathing at any moment of the ventilatory cycle. | ||||||||||||||||||||||
95 | Biphasic Defibrillator | Bifazik defibrilator | Yurak ritmini tiklash uchun ikkita fazada (oldinga va teskari tok oqim) elektr zarbasi beradigan defibrilyator. Ushbu usul birfazali defibrilyatorlarga nisbatan kamroq energiya talab qiladi, bu esa miokard zararini kamaytiradi. | A defibrillator that delivers an electrical shock in two phases (forward and reverse current flow) for effective cardiac rhythm restoration. This method requires less energy than monophasic defibrillators, reducing myocardial damage. | ||||||||||||||||||||||
96 | Bipolar Electrode | Bipolyar elektrod | Ikkita uchiga ega bo'lib, ular orasida tok oqib o'tadi (nozik jarrohlik amaliyotlarida aniq koagulyatsiya uchun ishlatiladi). | Has two tips where current flows between them (used for precise coagulation in delicate surgeries). | ||||||||||||||||||||||
97 | Bipolar Electrosurgery | Bipolyar elektrojarrohlik | Instrument uchlaridagi ikkita elektrodda elektr toki oqishi orqali atrofdagi hududlarga ta'sir qilmasdan to'qimani aniq koagulyatsiya qilish imkonini beradigan usul. Monopolar elektrojarrohlikdan farqli o'laroq, neytral elektrod talab qilinmaydi va jarrohlik amaliyotlari, masalan, neyroxirurgiya uchun ideal hisoblanadi. | A technique in which electrical current flows between two electrodes on the instrument's tips, allowing for precise coagulation of tissue without affecting surrounding areas. Unlike monopolar electrosurgery, no grounding pad is required, making it ideal for delicate procedures like neurosurgery. | ||||||||||||||||||||||
98 | Blood gas analysis | Qon gazlari tahlili | Qonning kislorod, karbonat angidrid va kislotalik (pH) darajalarini o'lchaydigan tibbiy test. | A medical test that measures the levels of oxygen, carbon dioxide, and the acidity (pH) of the blood. | ||||||||||||||||||||||
99 | Blood gas analyzer | Qon gaz analizatori | Qonning kislorod, karbonat angidrid va pH darajasini o'lchaydigan qurilma. | A device that measures oxygen, carbon dioxide and pH of the blood. | ||||||||||||||||||||||
100 | Blood pressure | Qon bosimi | Qon aylanishida qon tomirlarining devorlariga, asosan arteriyalarga, ko'rsatadigan kuchi. Ushbu muhim fiziologik parametr yurak-qon tomir salomatligi va funktsiyasining turli jihatlariga ta'sir qilib, butun tanada yetarli qon oqimi va kislorod etkazib berish uchun juda muhimdir. | The force exerted by circulating blood against the walls of blood vessels, primarily arteries. This essential physiological parameter is critical for maintaining adequate blood flow and oxygen delivery throughout the body, influencing various aspects of cardiovascular health and function. I |