BIZ TA’LIMDA KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg’ona davlat texnika universiteti
KOMPLAYENS-NAZORAT XIZMATI
FDTU 2025
KORRUPSIYA BU NIMA?
Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
6
ENDI BIZ PORA NIMALIGI HAQIDA BATAFSIL AYTIB BERAMIZ
PORANING QANDAY KO‘RINISHLARI BOR
Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi.
6
Pora evaziga og‘dirib olish, bunda pora berayotgan va olayotgan o‘rtasida avvaldan kelishuv mavjud bo‘ladi
Minnadorchilik porasi bor, bunda pora mansabdor shaxs tomonidan sodir etib bo‘lingan harakat yoki harakatsizlik uchun (qonuniy yoki noqonuniy) avvaldan kelishuvsiz beriladi
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
O‘zbekiston Respubilikasi Jinoyat kodeksining “Pora olish” 210-moddasini albatta o‘qib chiqing
7
YANA NIMA PORA HISOBLANADI
Agar mansabdor shaxsdan tashqari, uning qarindoshlari va yaqinlariga pul, moddiy qimmatliklar berilgan yoki moddiy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, shunday holatda mansabdor shaxs rozi bo‘lib, e’tiroz bildirmay pora berayotgan foydasiga o‘zining mansab vakolatlaridan foydalanganda.
PORA QACHON OLINGAN HISOBLANADI:
Odam uni jismoniy ma’noda qabul qilganda (qo‘lga olib: cho‘ntakka, sumkaga, jomadonga, avtomashinaga solganda).
Odam uning berilishiga rozilik bildirganda (stolga qo‘yish, hisob raqamga o‘tkazish).
7
Poralar haqida hammasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida:
O‘zb. JK 210-modda
"Pora olish”
O‘zb. JK 211-modda
" Pora berish”
O‘zb. JK 212-modda
“Pora olish-berishda vositachilik qilish”
O‘zb. JK 213-modda
"Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish”
Shuningdek:
O‘zb. JK 214-modda
“Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi”
O‘zb. JK 192.9-modda
"Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish”
O‘zb. JK 192.10-modda
“Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish”
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
8
DEMAK, TA’LIM TASHKILOTI XODIMI RAGʻBATLANTIRISHNI SO‘RAMOQDA. SIZNING HARAKATLARINGIZ ?
PORA BERMANG VA PORA TAKLIF QILMANG !
Aks holda siz o‘zingiz jinoyat sodir etgan bo‘lasiz. (211-modda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi). Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish uchun tamagirning talablarini oxirigacha tinglang.
O‘zingiz yolg‘iz qolgan paytingiz zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling!
Agar sizda suhbat yozishmasi bo‘lsa, uni huquqni mufoza qilish organlariga taqdim etish uchun saqlab qo‘ying..
8
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
9
1007– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni
1102– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ishonch telefoni
1006 – Ta’lim masalalari bo‘yicha yagona ishonch telefoni
1000 yoki 0-800-210-00-00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi
QAYERGA QO‘NGʻIROQ QILISH KERAK?
9
+998 71 231-07-53 (1133) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ishonch telefon raqamlari 71 246-38-57, 71 207-03-41
Farg‘ona politexnika institutining ishonch telefon raqamlari +998732411206, +998902900500
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining @anticoredu telegram boti
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli telegram bot @farpiantikorrupsiyabot
10
ARIZA�yozishdan avval ……………
O‘zbekiston Respubilikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi
10
UNUTMANG,
Pora talab qilinayotgani haqida uydirma fakt uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Yolg‘on xabar berish – jarima, yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar dadillar sun’iy tarzda yaratilgani isbotlansa ozodlikdan mahrum qilish jazosi sakkiz yilgacha oshirilishi mumkin.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
11
TA’MAGIRNI QANDAY QILIB JAVOBGARLIKKA TORISH MUMKIN ?
Jinoyat haqida og‘zaki yoki yozma ko‘rinishda murojaat qilishingiz mumkin. �Jinoyat haqidagi yozma arizaga imzo chekishingiz lozim. Javobni olish uchun yashash manzili va elektron pochta manzilini ko‘rsatib o‘ting
Og‘zaki ariza Siz va murojaatni qabul qilayotgan xodimlar tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Bayonnomada Siz, yashash va ish joyingiz, shuningdek shaxsiy hujjatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
11
Siz o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar, prokuratura yoki davlat xavfizlik xizmati bo‘limlariga murojaat qilib ariza yozishingiz lozim.�
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining �237-moddasiga asosan yolg‘on xabar berish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoiy javobgarlik bo‘yicha ogohlantirishadi va bu haqida bayonnomada qayd qilinadi.�Imzo cheking
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
14
Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSI
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
210-modda
17
Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSI
211-modda
18
Pora berish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
Pora berish:
a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa,—besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
19
Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki �211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSI
212-модда
18
a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
14
Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT KODEKSI
213-modda
14
O‘sha harakatlar ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
14
O‘sha harakatlar:
a) takroran, xavfli residivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!
14
Basharti moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
Biz ta’limda korrupsiyaga qarshimiz!