1 of 12

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: NASADKALI VA PURKOVCHI ABSORBERLAR.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 12

MA’RUZA REJASI

1. Nasadkali absorberlarning ishlash prinsipi.

2. Nasadkali absorberlarning asosiy elementlari.

3. Ichi bo‘sh purkovchi absorberlar.

4. Tezkor to‘g‘ri oqimli purkovchi absorberlar.

5. Mexanik purkovchi absorberlar.

3 of 12

1. Nasadkali absorberlarning ishlash prinsipi.

Nasadkali absorberlar sanoatda keng qо‘llaniladi. Ushbu absorberlar turli shakldagi qattiq jism – nasadka bilan tо‘ldirilgan kolonnadan iborat. Nasadkali kolonnada nasadka gaz yoki suyuqlik oqimi о‘tishi uchun teshik yoki tirqishi bо‘lgan tayanch panjara ustiga taxlanadi. Ushbu teshikchalar nasadkani taqsimlagich yordamida bir xilda sug‘oradi va suyuqlik nasadkaning butun yuzasi bо‘ylab yupqa plyonka shaklida pastga oqib tushadi. Ammo nasadkaning butun balandligi bо‘yicha suyuqlikni bir xilda taqsimlashga erishib bо‘lmaydi, bu devor oldi samarasi bilan izohlanadi. Mana shuning hisobiga suyuqlik kolonnaning markaziy qismidan uning devorlariga qarab harakatlanadi. Rasmdan kо‘rinib turibdiki, suyuqlik absorbentni kiritilgan joyidan kolonnaning chekka qismiga tо‘liq siqib boradi. Shuning uchun nasadka kolonnaga seksiyalarga ajratib yuklanadi, seksiyalar orasida suyuqlikni qayta taqismlagichlar о‘rnatiladi, ularning vazifasi suyuqlikni kolonna chekkachidan emas uning о‘qidan yо‘naltirish.

Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir meyorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlarning samaradorligi ancha kichik bo‘ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo‘lgan qurilmalar ham ishlatiladi.

4 of 12

1. Nasadkali absorberlarning ishlash prinsipi.

Nasadkali absorber:

a-nasadka yaxlit yuklangan; b-nasadka seksiyali yuklangan: 1-korpus; 2-suyuqlikni taqsimlagich; 3-nasadka; 4-tayanch panjara; 5-suyuqlikni qayta taqsimlagich; 6-gidravlik zatvor; v-emulgatsion nasadkali kolonna: 1-nasadka; 2-nasadkani tutib turuvchi tо‘r;

3-gidravlik zatvor; 4-tayanch panjara; 5-gaz taqsimlagich.

5 of 12

2. Nasadkali absorberlarning asosiy elementlari.

Absorberni normal ishlashi uchun muhim muammolardan biri nasadkani bir xilda sug‘orish. Buning uchun maxsus moslama – sug‘orgichlar ishlatiladi, ular oqimchali va purkovchi turlarga ajratiladi. Oqimchali sug‘orgichlarga taqsimlash plitalari, jelob (nov), sachratgichlar va hokazo, purkovchilarga – tarelkali, aylanuvchi markazdan qochma va boshqa sug‘orgichlar.

6 of 12

2. Nasadkali absorberlarning asosiy elementlari.

Sug‘orgichlar:

a-v-taqismlash plitalari; a-bostirma teshikchali; b-bostirma teshikchali va gazli patrubkali; v-erkin quyilishli (1-panjara; 2-suyuqlik uchun patrubka; 3-gaz uchun patrubka); g-taqsimlovchi jelob; d-saqratgichlar (1-silindrsimon; 2-yarim sharsimon; 3-yoriqli).

7 of 12

2. Nasadkali absorberlarning asosiy elementlari.

8 of 12

2. Nasadkali absorberlarning asosiy elementlari.

9 of 12

3. Ichi bo‘sh purkovchi absorberlar.

Bu absorberlarda fazalarning о‘zaro jips konakti suyuqlikni gaz oqimiga sochib yoki yoyib berish usuli orqali amalga oshiriladi. Gaz bilan suyuqlik bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yо‘nalgan bо‘ladi. Ichi bо‘sh sochib breuvchi absorberlar vertikal kolonnadan iborat bо‘lib, yuqori qismiga suyuqlikni sochib beruvchi maxsus forsunkalar о‘rnatiladi. Sochib beruvchi absorberlarda forsunkalardan suyuqlik uzoqlashib, tomchilarga aylanishi natijasida hajmiy massa uzatish koeffitsiyentining qiymati birdan kamayadi. Shu sababli bu qurilmalardan forsunkalar ma’lum masofada qurilmaning balandligi bо‘yicha bir necha qator qilib о‘rnatiladi. Forsunkali absorberlarda gazning tezligi odatda 1-1,5 m/s ga teng bо‘ladi.

Sochib beruvchi ichi bо‘sh absorberlarning tuzilishi sodda, gidravlik qarshiligi kam, iflosroq gaz aralashmalarini ham tozalash mumkin, boshqarish, tuzatish va tozalash oson. Kamchiliklari: bu qurilmalarning samaradorligi yuqori emas, suyuqlikni sochib berish uchun kо‘p energiya sarflanadi, loyqalangan suyuqliklar bilag ishlash qiyin, fazalarning kontakt yuzasini oshirish uchun kо‘proq suyuqlik sarflanadi, suyuqlik tomchilari kolonnadan chiqib ketmasligi uchun gaz tezligining miqdori kichik qiymatga ega.

10 of 12

3. Ichi bo‘sh purkovchi absorberlar.

Ichi bo‘sh purkovchi absorber qurilmasi:

a-suyuqlik yuqoridan purkaluvchi vertikal absorber; b-suyuqlik qurilmaning balandligi bо‘yicha purkaluvchi vertikal absorber; v-gorizontal kesishuvchan oqimli; 1-korpus; 2-forsunkalar;

3-sug‘oruvchi suyuqlik kollektori; 4-tomchi ushlagich; 5-gaz taqsimlash panjarasi.

11 of 12

4. Tezkor to‘g‘ri oqimli purkovchi absorberlar.

Tо‘g‘ri yо‘nalishli sochib beruvchi absorberlarda sochilib berilayotgan suyuqlik gaz oqimi bilan qamrab olinib, katta tezlikda (2030 m/s dan yuqori) harakat qilayotgan gaz oqimi bilan aralashib ketadi. Sо‘ngra ajratish kamerasida suyuqlik gazdan ajratib olinadi. Bu qurilmalarga misol qilib Venturi absorberini keltirish mumkin, uning asosiy qismi Venturi quvuridan iborat (29.4-rasm).

Quvur orqali berilayotgan suyuqlik diffuzorning ustki qismidan plyonka holida oqib, diffuzorda kolonnaning yuqori qismidan kirayotgan gaz oqimiga yoyilib ketadi. Diffuzorda gazning tezoigi kamayib, gaz oqimining kinetik energiyasi bosim energiyasiga aylanadi. Gaz oqimiga aralashgan suyuqlik tomchilari esa kolonnaning ajratgich qismidan ajratib olinadi.

Venturi absorberi:

1-konfuzor; 2-diffuzor bо‘g‘zi;

3-diffuzor; 4-ajratish kamerasi;

5-gidravlik zatvor.

12 of 12

5. Mexanik purkovchi absorberlar.

Sochib beruvchi absorberlarning yana bir turi – mexanik absorberlar bо‘lib, ularda suyuqlik bilan gazning kontakt yuzasining katta bо‘ilishini ta’minlash uchun suyuqlik aylanma mexanizm yordamida sochib beriladi. Qisman suyuqlikka botirilgan, gorizontal valga о‘rnatilgan teshikli disklar qо‘zg‘almas qoplama ichida aylanma harakat qiladi. Val aylanishi natijasida suyuqlik disklarga intilib, mayda tomchilar shaklida atrofga sochiladi.

Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar qatoriga rotorli markazdan qochma absorber ham kiradi. Mexanik absorberlar boshqa sochib beruvchi absorberlarga qaraganda ixcham va samarali ishlaydi. Ammo konstruksiyasi murkkab va jarayonni boshqarish uchun kо‘p energiya sarf bо‘ladi. Sochib beruvchi absorberlarning samaradorligi asosan suyuqlikni sochuvchi qurilmalarning konstruktiv tuzilishiga bog‘liq.

Mexanik purkovchi absorberlar:

a-parrak turidagi val

yordamida suyuqlikni purkovchi;

b-suyuqlikni disk

yordamida purkovchi;

1-val;

2-sachratgich;

3-tо‘siq.