1 of 11

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: MASSA ALMASHNUV JARAYONLARI.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 11

MA’RUZA REJASI

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

2. Massa uzatishda muvozanat. Fazalar qoidasi.

3. Fazaviy muvozanat. Muvozanat chizig‘i.

4. Moddiy balans. Ishchi chiziq.

5. Massa uzatish yo‘nalishi.

3 of 11

Mavzuni chuqur o’rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yhati.

1. Бакластов А.М., Удыма П.Г., Горбенко В.А. Проектирования, монтаж и эксплуатация тепломассообменных установок. – М., Энергия, 1981. – 329 с.

2. Бакластов А.М. и др. Промышленные тепломассообменные процессы и установки. –М., Энергия, 1986. -328 с.

3. Лебедев П.Д. Теплообменные, сушильные и холодильные установки. – М.: Энергия, 1972, стр. 97-110.

4. Юсупбеков Н.Р., Нурмуҳаммедов Ҳ.С., Зокиров С.Г. Кимёвий технология асосий жараён ва қурилмалари. –Т., Шарқ, 2003. -644 б.

4 of 11

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

Energetika, kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida modda almashinuv jarayonlari muhim о‘rin tutadi. Bunday jarayonlar moddalarning bir fazadan ikkinchi fazasha о‘tishiga asoslangan. Fazalar suyuq, qattiq, gaz va bug‘ holatida bо‘lishi mumkin.

Sanoatda quyidagi modda almashinuv jarayonlari ishlatiladi:

1. Absorbsiya. Gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga о‘tishi absorbsiya deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuqlikdan ajralib chiqishi desorbsiya deb ataladi.

2. Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir nechta komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga о‘tadi.

3. Suyuqliklarni haydash. Suyuq va bug‘ fazalar orasida komponentlarning о‘zaro almashinishi yо‘li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta’sirida va ikki xil usulda olib boriladi: oddiy haydash (distilyatsiya) va murakkab haydash (rektifikatsiya).

4. Adsorbsiya. Gaz, bug‘ yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir nechta komponentlarning g‘ovaksimon qattiq moddaga yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Aktiv yuzaga ega bо‘lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va kо‘pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) xizmat qiladi.

Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir turi bо‘lib, ayrim qattiq moddalar (ionitlar) о‘zining harakatchan ionlarini elektrolit eritmalaridagi ionlarga almashtirish qobiliyatiga asoslangan.

5 of 11

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

5. Quritish. Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug‘latish yо‘li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, tutun gazlari) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug‘) fazaga о‘tadi.

6. Qattiq moddalarni eritish va ekstraklash. Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga) о‘tishi eritish deb ataladi. Qattiq g‘ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir nechta komponentlarni erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraklash deyiladi. Agar eritish jarayonida qattiq faza tо‘la suyuq fazaga о‘tsa, ekstraklash vaqtida esa qattiq faza amaliy jihatdan о‘zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq fazaga о‘tadi.

7. Kristallanish. Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish jarayoni kristallanish deb ataladi. Bu jarayon eritmalarni о‘ta tо‘yintirish yoki о‘ta sovitish natijasida sodir bо‘ladi. Kristallanish vaqtida massa suyuq fazadan qattiq fazaga о‘tadi.

Massa uzatish murakkab jarayon bо‘lib, bir yoki bir nechta komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali о‘tishidir. Massalarning bir faza ichida, fazadan ajratib turuvchi yuzaga yoki ajratib turuvchi yuzadan fazaga о‘tishiga massa berish jarayoni deb ataladi. Massa berish jadalligi β koeffitsiyent orqali ifodalanadi. Massa uzatish jarayonining tezligi esa k koeffitsiyent bilan belgilanadi.

6 of 11

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

 

7 of 11

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

 

8 of 11

1. Umumiy ma’lumot. Fazalar tarkibini ifodalash usullari.

 

9 of 11

2. Massa uzatishda muvozanat. Fazalar qoidasi.

 

10 of 11

3. Fazaviy muvozanat. Muvozanat chizig‘i.

 

11 of 11

3. Fazaviy muvozanat. Muvozanat chizig‘i.

 

1-rasm. Muvozanat diagrammalari:

a-gaz fazasidagi muvozanat konsentratsiyasining suyuq fazadagi konsentratsiya bilan bog‘liqligi;

b-rektifikatsiya jarayonining muvozanat chizig‘i.