Qoʻshma ot. Qoʻshma otlari imlosi
Shiorimiz:
Aql koni kitob
Uni sevganning yo‘li oftob.
Qoidani esda saqlang!
Birdan ortiq asosdan tarkib topgan otlar qo‘shma otlar sanaladi. Masalan, tuyaqush, o‘rdakburun qo‘shma otdir.
Berilgan ta’riflarga mos qo‘shma otlarni topib, yozing.
1. Me’yorda ko‘rish hamda ko‘zni himoya qilish uchun taqiladigan asbob – ...
2. Fotosuratga oladigan qurilma – ...
3. Kinofilmlar namoyish qilinadigan maxsus bino – ...
4. Televideniyeda ko‘rsatuv olib boruvchi – ...
5. Qora va kulrang patli qarg‘a – ...
6. Kesib quritilgan olma – ...
7. Tabrik so‘zlari yozilgan maktub – ...
Qoidani esda saqlang!
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar har doim qo‘shib yoziladi: qorbo‘ron, qizilishton, ko‘ksulton.
Berilgan gaplarni o‘qing. Gaplar tarkibidan joylarni bildiruvchi otlarni topib, yozing.
Endi qum bo‘ronlarini tasvirga olish uchun Sahroyi Kabirga yoki Markaziy Afrikaga borish shart emas. Kompyuter grafikasi, ayniqsa, qiyin sahnalarni suratga olishda qo‘l keladi.
Respublikamizning turli hududlarida, xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kompyuter grafikasini o‘rgatishga mo‘ljallangan qator kurslar tashkil qilingan.
Amaliy topshiriq!
Markaziy Afrika, Sahroyi Kabir kabi qo‘shma otlar ajratib yozilgan, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi qo‘shma otlar esa qo‘shib yozilgan. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Qoidani esda saqlang!
• Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar qo‘shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo.
• Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma otlar esa ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Janubiy Amerika, Quyi Chirchiq.
Bordir olti xil tovush,
Ular cho’zib aytilar.
So’z tuzilmas ularsiz
O’ylang , balkim toparsiz ?
Bir so’zda bir xil undosh,
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar ?
Ikki harfdek ko’rinar,
Bir tovushdek aytilar
Bir yo’ldan boshqasiga
Ajralmay ko’chirilar?
Quvnoq daqiqalar
Qo‘shma otlar ishtirok etgan beshta gap tuzib, yozing.
DARSNING YAKUNI:�O'quvchilarni baholash:
V. O’quvchilarni baholash
VI. Uyga vazifa: O’rganib kelish
Uygа vаzifа:
Quyida berilgan qo‘shma otlar tarkibidan xato yozilgan qo‘shma otlarni aniqlang, ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chiring.
Yangi yo‘l, To‘rtko‘l, Quyi chirchiq, Mirzaobod, jigar rang, so‘zboshi, tok qaychi, kir sovun, qo‘ziqorin, otquloq, Kumushkon, Oq tosh.
FOYDALANILGAN ADABIYOT:
Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi,
2022.–224 b.
Ushbu taqdimot slaydi
mahsulotidir
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi