O‘ljas Sulaymonov hayoti va ijodi.�She’rlari���
@uzbek_tilim
Shoir haqida
Taniqli qozoq adibi O‘ljas Sulaymonov 1936-yilning 18-mayida Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ildi. Otasi Umar harbiy xizmatchi edi. 1937-yilda qatag‘on qurboni bo‘ldi. O‘ljas o‘rischa maktabda o‘rta ma’lumot oldi. So‘ng Qozog‘iston davlat universitetining geologiya fakultetini bitirdi. Yoshligidan adabiyotga mehr-muhabbat qo‘ygan O‘. Sulaymonov universitetni bitirgan yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga kiradi.
@uzbek_tilim
Mehnat faoliyati
O‘ljas Sulaymonov badiiy ijodga doir turli vazifalarda ishladi. 1962-1971-yillarda “Qozog‘iston haqiqati” gazetasi muxbiri, „Qozoqfilm“ studiyasida muharrir, „Prostor“ jurnali bo‘lim mudiri, 1971-yildan 1981-yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi. 1981-1984-yillarda Qozog‘iston kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi, 1984-yildan 1992-yilgacha Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi vazifalarida ishlagan. 1995-2001-yillarda Qozog‘istonning Italiya, Yunoniston va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Shoirning ilk asari
„Arg‘umoqlar“
(1961-yil)
Kitoblari
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
O‘ljas Sulaymonovning badiiy asarlarida qozoqlarning o‘ziga xos turmush tarzi, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari aks ettirilsa, ilmiy asarlarida turkiy xalqlarning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi ulkan o‘rni tarixiy dalillar asosida yorqin ko‘rsatib berilgan.
@uzbek_tilim
O‘. Sulaymonov „Az i Ya“ asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asosladi.
“Arg‘umoq” she’ri (Azim Suyun tarjimasi)
Yilqisi bilan mashhur,
Qadim qipchoq yerida
Oqib boradi uyur,
Kuygan o‘tlar selida.
Tomirimda qaynar qon,
Tulporidan saylab ber.
Yeldiray misli bo‘ron
Ostin-ustin bo‘lsin yer.
@uzbek_tilim
“Mambet botirning qatl oldidan aytganlari” she’ri (Shavkat Rahmon tarjimasi)
„Bismilloh!
O‘zimni unutgayman olis yo‘lga tushganda,
Jang-jadaldan to‘yganman,
Aytsam, ko‘pdir ozorim,
Egarda tug‘ilgandim,
O‘lmoqdaman kishanda,
Tongda meni it kabi qiladilar sazoyi.
Horib terlagan otning hidini unutgayman,
So‘g‘ishlar urhosini unutgayman zindonda.
Tongda jismim burdalab, alangaga tutgaylar,
Shon-shuhratin yo‘qotgay boshim bunday vidoda.
Unutgayman xotinlarning titrab-qaqshab turganin,
Yalang‘och qilichdaydim,
Zang bosadi tig‘imni.
Chalajon bir ilonday tomog‘imda yuragim.
@uzbek_tilim
“Tungi taqqoslar” she’ri (Sirojiddin Sayyid tarjimasi)
Sen — asalsan go‘yo,
esladimmi — tishlar sirqirar,
Sen — bir hazil,
ki dastingdan yurak zirqirar.
Men faqirman, kim ham xafa qilardi!
Do‘zax ko‘rdim, endi jannat istar dil.
Eh, nechun boshqalar seni sevadir,
sevmagin, o‘, ular odammas axir.
Kishnaydi, kishnab yo‘q qilar,
ular odam emas, ular – ayg‘irlar!
@uzbek_tilim
Foydalanilgan adabiyot:
Adabiyot: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Qayta
ishlangan 4-nashri. /Qozoqboy Yo‘ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov; [Mas’ul muharrir: V.Rahmonov]. —T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2019.
@uzbek_tilim