MAQOLLAR
MAQOL NIMA?
Arabcha bo`lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi.
Uni «otalar so‘zi» ham deydilar.
Maqolning xususiyati
1
FIKR ANIQ
XULOSA TUGAL
IFODA LO‘NDA
3
2
3
Maqollarda aks etadi:
Masalan, do‘stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo.
Maqollarning ma’nolariga namunalar:
«Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas»
Bu so‘zlar zamirida vatanidan ayrilib, musofirlikning achchiq alamilarini tortgan kishining, begona yurtlarda, notanish odamlar orasida vatansizlikdan rangi ro‘yi somon bo‘lgan kishining achchiq iztiroblari yotibdi.
Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, tepadagini endirar.
Maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Bir kishining olti o‘g‘li bo‘lsa-yu, ular bir-birlari bilan ahil bo‘lmasalar, og‘zilaridagini oldiradilar. Ularni istagan odam xafa qilaverishi mumkin. To‘rt aka-uka bo‘lsa-yu, ahil bo‘lsalar, ular ko‘p ish qila oladilar. Ya’ni: ahillik bo‘lsa, oz odam bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo‘lmasa, ko‘p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan.
Maqollarning ma’nolariga namunalar:
Ma’nosi o`xshash maqollar
«Qazisan, qartasan — axir aslingga tortasan»
«Olma olmadan uzoq tushmaydi»
«Olmaning tagiga olma tushadi»
«Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi»
O`zbek xalq maqollaridan namunalar
Odamni el ko‘kartiradi.
Odam odamni mehnatda sinar.
Yigit — so‘zidan.
O`zingizni sinang
MAQOLNI TO`LDIRING.
Savol va topshiriqlar
?!
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
T A K L I F N O M A
Yashnobod tumani 170 – maktabning 2016 – yil
21 – oktabr kuni „Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!“ mavzusida bo‘lib o‘tadigan tadbirimizga lutfan taklif etamiz!
Tadbirni olib boruvchilar: 5 - „A“, 5 - „B“, 6 - „A“,
6 - „A“, 7 - „A“, 7 - „B“ sinf o‘quvchilari.
Tadbir bo‘lib o‘tadigan joy: 4-qavat, 4-02 xona.
Tadbir vaqti: 13: 00