FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI
MAVZU: REKUPERATIV ISSIQLIK ALMASHINUV QURILMALARINING KONSTRUKSIYALARI.
MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV
Mavzuni chuqur o’rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yhati.
1. Бакластов А.М., Удыма П.Г., Горбенко В.А. Проектирования, монтаж и эксплуатация тепломассообменных установок. – М., Энергия, 1981. – 329 с.
2. Бакластов А.М. и др. Промышленные тепломассообменные процессы и установки. –М., Энергия, 1986. -328 с.
3. Лебедев П.Д. Теплообменные, сушильные и холодильные установки. – М.: Энергия, 1972, стр. 97-110.
4. Юсупбеков Н.Р., Нурмуҳаммедов Ҳ.С., Зокиров С.Г. Кимёвий технология асосий жараён ва қурилмалари. –Т., Шарқ, 2003. -644 б.
MA’RUZA REJASI
1. G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmalari.
2. Blokli va shnekli issiqlik almashinuv qurilmalari.
3. Spiralsimon issiqlik almashinuv qurilmalari.
4. Plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari.
5. Qirrali issiqlik almashinuv qurilmalari.
1. G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmalari.
Olov yoki tutun gazi bilan qizdiriluvchi qaynovchi qozonlar birinchi texnik issiqlik almashinuv qurilmasi deb ataladi. Ushbu qurilmalar ikki qatlamli devordan iborat va ushbu devorlarning orasiga qizdiruvchi bug' yoki issiq suv solinadi. Bunday qurilmalar g'ilofli qurilmalar deb ataladi.
G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmalarida isitish yoki sovitish boshqa jarayonlar bilan (masalan, kimyoviy) birgalikda olib boriladi. Bunda issiqlik almashinuv yuzasi vazifasini reaktorning devori bajaradi. G'ilof 2 qoplamaga 1 flanetslar 3 yordamida biriktiriladi. Qurilma devorining tashqi yuzasi va g'ilof oralig'idagi bo'shliqda I issiqlik tashuvchi sirkulyatsiyalanadi. Qurilmaning ichida esa II issiqlik tashuvchi bor.
G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmasi:
1-qurilma korpusi;
2-qizdiruvchi g’ilof;
3-halqa;
4-flanetslar.
1. G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmalari.
G'ilofli issiqlik almashinuv qurilmalari.
2. Blokli va shnekli issiqlik almashinuv qurilmalari.
Blokli issiqlik almashinuv qurilmalari asosan grafit yoki grafitoplastdan tayyorlanadi. Blokli issiqlik almashinuv qurilmasining asosiy elementi blok 2 bo‘lib, parallelepiped shakliga ega, unga vertikal 4 va gorizontal 3 ikki tomoni ochiq kesishmaydigan teshiklar parmalangan. Issiqlik almashinuv qurilmasi korpusida 1 joylashgan bir yoki bir nechta bloklardan tashkil topgan, ular issiqlik tashuvchini teshiklar bo‘yicha taqsimlanishini ta’minlaydi. Issiqlik tashuvchi II vertikal kanal-teshiklar bo‘yicha qopqoq va taglikning konstruksiyasiga bog‘liq holda bir yoki ikkita yo‘lga ega bo‘lishi mumkin. Gorizontal kanal-teshiklar bo‘yicha harakatlanayotgan issiqlik tashuvchi I issiqlik almashinuv qurilmasidagi bloklar soniga qaraganda bitta ko‘p yo‘llar soniga ega.
Bllokli issiqlik almashinuv qurilmasining tuzilishi va umumiy ko’rinishi:
1-qurilma korpusi;
2-grafitli blorlar;
3-gorizontal kanallar;
4-vertikal kanallar;
I, II-issiqlik tashuvchilar.
2. Blokli va shnekli issiqlik almashinuv qurilmalari.
Grafitli issiqlik almashinuv qurilmasi.
2. Blokli va shnekli issiqlik almashinuv qurilmalari.
Shnekli issiqlik almashinuv qurilmasining tuzilishi:
1-shnek; 2-quvurli qoplama; 3-korpus; 4-issiqlik tashuvchilarning harakat yo‘nalishi.
2. Blokli va shnekli issiqlik almashinuv qurilmalari.
Shnekli issiqlik almashinuv qurilmasining umumiy ko‘rinishi:
1-silfon; 2-uzatish qutisi; 3-aylanuvchi kuraklar; 4-tig‘li kuraklar; 5-mahsulotni tashish uchun spiral pichoq.
3. Spiralsimon issiqlik almashinuv qurilmalari.
3. Spiralsimon issiqlik almashinuv qurilmalari.
Spiralsimon issiqlik almashinuv qurilmasining prinsipial sxemasi va umumiy ko‘rinishi.
4. Plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari.
Hozirda listli materiallardan tayyorlangan plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari keng qo'llanilmoqda. Plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari yupqa metall listlardan ko'p qatlamli paketlar shaklida tayyorlanadi.
Plastinali issiqlik almashinuv qurilmasining konstruksiyasi:
1-qo‘zg‘almas qism; 2-plastina paketi; 3-zichlama; 4-qo‘zg‘aluvchan siquvchi plita;
5-statina; 6-statina tayanchi; 7-nazorat teshigi; 8-qisuvchi gayka; 9-stopor shayba;
10-podshipnik; 11-tortuvchi bolt; 12-rama tayanchi; 13-qo‘zg‘almas siquvchi plita.
4. Plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari.
Yig'iluvchan (a) va yig'ilmaydigan (b) plastinali issiqlik almashinuv qurilmalari.
5. Qirrali issiqlik almashinuv qurilmalari.
Quvurlar yuzasini oshirish maqsadida uning tashqi yuzasiga dumaloq yoki to'rtburchak shaklidagi metall shaybalar payvandlanadi. Quvurli issiqlik almashinuv qurilmalarida ko'ndalang yoki bo'ylama qovurg'alar o'rnatilganligi sababli qurilmaning issiqlik yuklamasi yuqori. Ma'lumki, qirrali quvurlar yasaladigan materialning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti yuqori bo'lishi kerak.
Qirrali quvurlarning konstruksiyalari.
5. Qirrali issiqlik almashinuv qurilmalari.
Bunday quvurlarning gidravlik qarshiligi kichik bo'lishi uchun qirralar yuzasi issiqlik tashuvchi oqimining yo'nalishiga parallel bo'lishi zarur. Hozirgi kunda to'g'ri to'rtburchak va dumaloq shaklidagi ko'ndalang kesimli qirralar eng ko'p qo'llaniladi. Qirrali issiqlik almashinuv yuzali elementlar havo va turli gazlar isitadigan issiqlik almashinuv qurilmalarida o'rnatiladi.
Qirrali issiqlik almashinuv qurilmasining konstruksiyalari.