KURASH – MILLIY SPORT TURI�(23-dars)
Sh.I.Sodiqova
Mavzu: Kurash – milliy sport turi. Atamalar. Monolog. Dialog. Sifatlar imlosi, ularning tuzilishi, yasalishi
Uyga vazifalar tahlili
Sh.I.Sodiqova
Oila a’zolaringizdan limonning kundalik hayotdagi maishiy ahamiyati (tozalikni saqlashda, dog‘larni ketkazishda va h.k.) haqida so‘rang. O‘rganganlaringizni eslatma sifatida yozib oling.
Sh.I.Sodiqova
Bu mavzuda o‘rganamiz
Sh.I.Sodiqova
Monolog – oʻz-oʻziga yoki oʻzgalarga qaratilgan, javob talab qilmaydigan nutq.
Dialog – ikki yoki bir necha kishi oʻrtasidagi nutq, suhbat.
Sh.I.Sodiqova
Ushbu chizmani xattaxtada to‘ldiring.
MONOLOG
DIALOG
Sh.I.Sodiqova
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridan olingan parchalarni to‘g‘ri ketma-ketlikda qo‘yib, dialog hosil qiling.
Sh.I.Sodiqova
Sh.I.Sodiqova
Javob: 5, 9, 11, 3, 1, 2, 8, 13, 10, 7, 12, 4, 6.
— Shu, Maksim polvon juda sovuq olishar ekan, nima dedingiz?
— Sportchi-da, seksiyada tarbiya topgan. Ular kitobda nima yozilgan boʻlsa shuni qiladi
— Televizorda Monreal olimpiadasiii koʻrdilaringizmi? Klassik kurashni olib koʻrsatdi. Bir sovugʻ-e, shuyam olish boʻldi-yu.
— Hm, juda lanj olish. Klassik kurashda oyoq bilan chil berish degan gap yoʻq.
— Yana-tagʻin jahon sporti emish deng.
— U fransuzlarniki-a?
— Shu, fransuzlargayam qoyilman, oʻzining olishini butun jahonga yoygan.
5
9
11
3
1
2
8
Sh.I.Sodiqova
— Moʻmin muallim, mana, siz oʻqimishli odamsiz, uyingizda kitobingiz koʻp, deb eshitaman. Siz ayting, nega endi bir lanj klassik kurash butun jahon sporti boʻladi-yu, oʻzimizning olishni faqat toʻyda yo "Hosil bayrami"da koʻramiz? Yo, olishimiz sport emasmi?
— Sport ham gapmi, sanʼat! Koʻryapsizmi, Tilovberdining oʻynab olishuvini. Buni hech qaysi trener, seksiya ham oʻrgatolmaydi.
— Bali! Uzoqlarga qarab yashaymizu, oyogʻimiz ostidagi gavharni koʻrmaymiz.
— Men yaqinda sambo olishi haqidagi kitobni koʻrdim. Hamma chillarning rasmi bor. Xoh ishoning, xoh ishonmang, oyoqdan olishdan boshqa hammasi oʻzimizning olishda bor ekan-e.
13
10
7
12
Sh.I.Sodiqova
— Mengboy kalning gapida jon bor. Kitoblik Sayfiddin Hodiyev bor-ku, yaqinda oʻsha bilan oʻtirib qoldim. Trenerlar meni jahon chempioni qilib yetishtirdim, deb suyunadi, bilmaydilarki, men bolaligimdan toʻylarda olishib yurgan tayyor polvon edim, deydi.
— Aytganday, shu bola ikki marta jahon chempioni boʻldi-ya.
4
6
Sh.I.Sodiqova
1. Suhbat nima haqida edi?�
2. Suhbatdoshlar nima haqida kuyinib gapirishmoqda?�
3. Qaysi so‘z ‘‘kurash’’ so‘ziga ma’nodosh sifatida qo‘llangan?�
4. Nima deb o‘ylaysiz, suhbatda ko‘tarilgan muammo hozirgi kunda o‘z yechimini�topganmi? Qanday?�
(8,13,10)
(olish, olishuv)
Sh.I.Sodiqova
Ikki yoki undan ortiq shaxs o‘rtasidagi suhbat dialog deyiladi.
– … .
– … .
A: … .
B: … .
Dialog matnlarida har bir gapning oldidan teri ishlatiladi.
Yuqoridagi dialog parchalarida qo‘llangan tire belgisiga diqqat qiling. Tire belgisining bu xususiyati haqida qoida yarating.
Sh.I.Sodiqova
Quyidagi dialogni rollarga bo‘linib o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni asos hamda so‘z yasovchi qo‘shimchalarga ajrating (ba’zi so‘zlar asos va qo‘shimchaga emas, ikkita so‘zga ajraladi).
aqlli, bama’ni, guldor,
noqulay, kasalmand,
serharakat, devqomat,
quyonyurak, xomsemizning
Sh.I.Sodiqova
Ikki qariyaning suhbatiga tayanib ayting-chi, maykasimon kiyim kiyib chiqqan bola qaysi sport turi bilan shugʻullanadi?
Muhokama
Sh.I.Sodiqova
Sifatlar ikki xil usulda yasaladi:�1. So‘zga qo‘shimcha qo‘shib: aql + li, ser + harakat.�2. So‘zga so‘zni qo‘shib: quyon + yurak, jigar + rang.� -li, -dor, -mand, ser-, ba- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa mavjud�yoki ko‘p ekanini anglatadi: farzandli – farzandi bor, serfarzand – farzandi ko‘p.� -siz, be-, no- qo‘shimchalari bilan yasalgan sifatlar o‘sha narsa yo‘q yoki kam ekanini anglatadi: suvsiz hovuz – suvi yo‘q, suvsiz olma – suvi kam.�
Bilib oling!
Uyga vazifa
Sh.I.Sodiqova
Quyidagi jadvalga moslab so‘zlar yozib keling. Bunda ‘‘+’’ belgisi o‘sha narsa bor ekanini, ‘‘–’’ esa yo‘q ekanini anglatadi.
+
-
aqlli
aqlsiz