1 of 19

Tire va qo'shtirnoqning qo'llanishi

2 of 19

Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so‘zlari bor: «Eng baland minoralar ham birinchi g‘ishtdan boshlanadi».

1-topshiriq. Gapda qo‘shtirnoqning ishlatilish sababini tushuntiring.

3 of 19

Kitob – eng yaqin sadoqatli do‘stimiz.

(Shodmonqul Salom)

2-topshiriq. Tirening qo‘yilishini izohlang.

4 of 19

Tire dialoglardagi har bir gapning boshida, bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida, uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin, muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida, ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida, zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida ishlatiladi.

Esda saqlang!

5 of 19

Shuningdek, ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida ham undan foydalaniladi.

Esda saqlang!

6 of 19

Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. Iqtiboslar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirma­gan,­ eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi.

Esda saqlang!

7 of 19

Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi.

Esda saqlang!

8 of 19

Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo‘shtirnoq ichida yoziladi.

Esda saqlang!

9 of 19

Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi­ leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.

Esda saqlang!

10 of 19

Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.

Esda saqlang!

11 of 19

Matnni o‘qing, tire va qo‘shtirnoqning ishlatilish sabablarini aniqlang. «O‘tkan kunlar» romanini o‘qiganmisiz? U sizda qanday taassurot qoldirgan?

242-mashq

12 of 19

1. Aytadirlar: «Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi». (Muhammad Zehniy)

2. Otalar so‘zi: «Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni ketkazadi».

3. «Sharm-hayo – fazilatlarning ulug‘i», – deydi xalqimiz.

4. «Inson aqlining hamma narsani ochuvchi chta kaliti bor – bilim, fikr va tasavvur», – deydi Viktor Gyugo.

243-mashq. Gaplarni ko‘chiring, tire va qo‘shtirnoqning ishlatilish o‘rinlariga e’tibor qarating.

13 of 19

Shuhratning «Oltin zanglamas» romanidan olingan parchani o‘qing. Qo‘shtirnoqlarning ishlatilish o‘rinlarini izohlang. Sizning mahallangizda ham shunday fazilatga ega nuroniy insonlar bormi?

244-mashq

14 of 19

Matnda qo‘llangan tinish belgilariga e’tibor qarating. O‘z muloqotingizda aytilgan fikrlarga rioya qilasizmi?

245-mashq

15 of 19

SAVOLLAR

1. Tire va chiziqcha o‘rtasida qanday farq bor?

2. Tire qaysi o‘rinlarda qo‘llanadi?

3. Qo‘shtirnoqdan qanday holatlarda foydalanamiz?

Savol va topshiriqlar

16 of 19

«O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari» kitobi (Toshkent: «O‘zbekiston», 2015) dan olingan qoidani ko‘chiring va uni esda tuting.

246-mashq. Uyga vazifa

17 of 19

E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT!

18 of 19

Foydalanilgan adabiyot:

Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich, Sobirov Abdulhay Shukurovich, Nurmonov Abdulhamid. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Toshkent. MCHJ “Tasvir”, 2019

19 of 19

Ushbu taqdimot slaydi

mahsulotidir.

DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!