1 of 13

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: BUG’LATISH JARAYONLARI.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 13

MA’RUZA REJASI

1. Bug’latishning nazariy asoslari.

2. Bir korpusli bug‘latish qurilmalari.

3. Moddiy balans.

4. Issiqlik balansi.

5. Qizdirish yuzasi va harorat yo‘qotilishlari.

3 of 13

1. Bug’latishning nazariy asoslari.

Uchuvchan bo'lmagan moddalar eritmalarini tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo'li bilan quyuqlantirish jarayoni bug'latish deb yuritiladi. Bug'lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratda suyuqlikning yuzasida ro'y bersa, bug'latish jarayonida esa bug' eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi.

Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik kislotalar, ko'p atomli spirtlar hamda shu kabi qator eritmalar bug'latiladi. Ba'zan bug'latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug'latish qurilmalariga yuboriladi.

Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug'latish natijasida hosil bo'lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jo'natish mumkin.

Bug'latish jarayonida issiq issiqlik tashuvchi sifatida asosan suv bug'i ishlatiladi, bunday bug' birlamchi bug' deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug'latish paytida hosil bo'lgan bug' ikkilamchi bug' deb ataladi. Eritmani bug'latish uchun zarur bo'lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi.

Bug'latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmalarning xossalari va ikkilamchi bug'ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko'ra har xil bosim ishlatiladi.

4 of 13

1. Bug’latishning nazariy asoslari.

 

5 of 13

2. Bir korpusli bug‘latish qurilmalari.

Bir korpusli bug‘latish qurilmasi faqat bitta bug‘latish qurilmasidan iborat. Misol tariqasida eritmasi tabiiy sirkulyatsiyalanuvchi markaziy sirkulyatsion quvurli uzluksiz harakatli bir korpusli bug‘latish qurilmasining prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz. Bug'latish qurilmasi ikki qismdan, ya'ni isituvchi kamera 1 va seperator 2 dan iborat. Kamera 1 ko'pincha to'yingan suv bug'i bilan isitiladi. Suv bug'i kameraning quvurlararo bo'shlig'iga yo'naltiriladi, u yerda quvur devori orqali o'z issiqligini eritmaga uzatadi va sovish natijasida kondensatsiyalanadi. Hosil bo'lgan kondensat kameraning pastki qismidagi shtutser orqali tashqariga chiqariladi.

Quvurlarda isitilayotgan eritmaning harorati ortishi bilan zichligi kamayadi. Natijada, eritma quvur bo'ylab yuqoriga ko'tariladi va devor orqali o'tayotgan issiqlik ta'sirida qaynash boshlanadi. Qaynash jarayonida hosil bo'layotgan ikkilamchi bug' eritmadan ajraladi va separatorga 2 qarab harakatlanadi. U yerda bug' mayda eritma tomchilardan ajratiladi va bug' tashqariga chiqariladi. Separatorda ajratilgan tomchilar yana qaytadan bug'lanayotgan eritmaga qo'shiladi.

Eritmaning ma'lum qismi (zichligi yuqori) sirkulyatsiya quvuri orqali bug'latishning pastki qismiga tushadi. Ushbu quvurdagi eritma va isituvchi quvurlardagi “bug'-suyuqlik” aralashmasi zichliklari o'rtasidagi farq ta'sirida beto'xtov ravishda sirkulyatsiyalanadi. Konsentratsiyasi oshgan, ya'ni quyuqlashgan eritma, qurilmaning pastki qismidan chiqarib olinadi.

6 of 13

2. Bir korpusli bug‘latish qurilmalari.

Markaziy sirkulyatsion quvurli bug'latish qurilmasi:

1-isituvchi kamera; 2-separator; 3-quvurlar; 4-sirkulyatsiya quvuri.

7 of 13

3. Moddiy balans.

 

8 of 13

4. Issiqlik balansi.

 

9 of 13

4. Issiqlik balansi.

 

10 of 13

4. Issiqlik balansi.

 

11 of 13

5. Qizdirish yuzasi va harorat yo‘qotilishlari.

 

12 of 13

5. Qizdirish yuzasi va harorat yo‘qotilishlari.

 

13 of 13

5. Qizdirish yuzasi va harorat yo‘qotilishlari.