1 of 12

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: BIR KORPUSLI BUG‘LATISH QURILMALARI.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 12

MA’RUZA REJASI

1. Eritmasi erkin sirkulyatsiya qiladigan qurilmalar.

2. Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyatsion quvurli qurilmalar.

3. Osma isituvchi kamerali qurilmalar.

4. Tashqi sirkulyatsion quvurli qurilmalar.

5. Tashqi isituvchi kamerali qurilmalar.

6. Tashqi qaynash zonali qurilmalar

3 of 12

1. Eritmasi erkin sirkulyatsiya qiladigan qurilmalar.

Bug'latish jarayoni har xil bug'latgichlarda olib boriladi. Bug'latish qurilmalari isituvchi yuzaning konstruksiyasi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo'nalishi, sirkulyatsiya turi va rejimi va boshqa bir qator omillarga ko'ra bir necha turlarga ajratiladi:

1. Isitish kamerasining konstruksiyasiga ko’ra qoplama quvurli, zmeevikli, osma bug'latish qurilmalari.

2. Isitish yuzasi joylashishiga ko’ra vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug'latish qurilmalari.

3. Issiqlik tashuvchi turiga ko'ra bug', gaz yoki elektr bilan isitiladigan bug'latish qurilmalari.

4. Sirkulyatsiya rejimiga ko'ra tabiiy, majburiy hamda bir va ko'p karrali sirkulyatsiyali bug'latgichlar.

5. Qurilmadagi bosimga ko'ra atmosfera, ortiqcha, vakuum bosimda ishlaydigan bug'latish qurilmalari.

Sanoatda uch xil bug'latish qurilmalari keng tarqalgan:

1. Erkin (tabiiy) sirkulyatsiyali bug'latish qurilmalari;

2. Majburiy sirkulyatsiyali bug'latish qurilmalari;

3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug'latish qurilmalari.

Bug'latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po'latlardan tayyorlanadi.

4 of 12

1. Eritmasi erkin sirkulyatsiya qiladigan qurilmalar.

Hajm birligida katta qizdirish yuzasi zmeyevikli bug‘latish qurilmalarida hosil qilinadi. Bunday qurilmaning korpusida bug‘li zmeyeviklar joylashtirilgan, bug‘li bo‘shlig‘ida esa tomchi ushlagich o‘rnatilgan. Ikkilamchi bug‘ oqimi tomchi ushlagich orqali o‘tganda o‘zining yo‘nalishini o‘zgartiradi va undan bug‘ bilan chiqib ketayotgan suyuqlik tomchililari ushlab qolinadi.

Zmeyeviklar alohida seksiyalardan tayyorlanadi, bunga sabab uzun zmeyeviklarda kondensatni to‘planib qolishi hisobiga qizdirish yuzasidan kam foydalaniladi. Bundan tashqari davriy harakatli qurilmalarda eritma sathini kamaytirish uchun alohida seksiyalarni ketma-ket o‘chirish imkoniyati mavjud.

Zmeyevikli qurilmalar g‘ilofli qurilmalarga qaraganda ancha ixcham, ularda issiqlik uzatish jadalligi bir necha marta yuqori. Ammo zmeyeviklarni tozalash va ta’mirlash qiyin. Shuningdek ushbu qurilmalarda ko‘p miqdordagi kimyoviy faol moddalarni bug‘latish amalga oshiriladi.

Zmeevikli bug’latish qurilmasi:

1-saqlash klapani; 2-manometr;

3 – qopqoq; 4-zmmevik; 5-korpus;

6-kran; 7-sirop uchun shtuser;

8-kondensat uchun shtuser.

5 of 12

1. Eritmasi erkin sirkulyatsiya qiladigan qurilmalar.

Ushbu guruhga qizdirish kamerasi gorizontal quvurlardan iborat bo‘lgan bug‘latish qurilmasini ham kiritish mumkin. Ushbu qurilma korpusining 1 pastki qismida gorizontal to‘g‘ri quvurlar to‘plamidan iborat qizdirish kamerasi 2 joylashgan bo‘lib, u orqali qizdiruvchi bug‘ harakatlanadi. Korpusning yuqori qismi separator bo‘lib xizmat qiladi va suyuqlikni bug‘ bilan qo‘shilib chiqib ketishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan.

Qizdirish kamerasi gorizontal quvurli bug’latish qurilmasi:

1 – korpus; 2 – qizdirish kamerasi; 3 – separator.

6 of 12

2. Ichki isituvchi kamerali va markaziy sirkulyatsion quvurli qurilmalar.

Vertikal qoplamaning 1 pastki qismida isitish kamerasi 2 joylashgan. O‘z navbatida isitish kamerasi ikkita teshikli panjara va unga razvalsovka usulida mahkamlangan qizdiruvchi quvurlardan 3 tashkil topgan. Isitish kamerasining o‘rtasida qizdiruvchi quvurga qaraganda diametri kattaroq bo‘lgan sirkulyatsion quvur 4 o‘rnatilgan. Isitish kamerasining quvurlararo bo‘shlig‘iga suv bug‘i yuboriladi.

Eritma qurilmaga quvurlar panjarasining ustidan kiritiladi va sirkulyatsion quvur bo‘ylab pastga tushiriladi, keyin qizdiruvchi quvurlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va quvurlar bo‘shlig‘ida ma’lum masofada qaynaydi. Hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ separatsion bo‘shliqga 5 ko‘tariladi va tomchi ushlagichda 6 inersion kuch ta’sirida mayda eritma tomchilaridan ajratiladi. Undan keyin ikkilamchi bug‘ qurilmadan chiqib ketadi. Quyuqlashtirilgan eritma konussimon tubdagi shtuser orqali mahsulot sifatida chiqariladi.

Ichki isituvchi kamera va markaziy sirkulyatsion quvurli bug‘latish qurilmasi:

1-qoplama; 2-isituvchi kamera; 3-qizdiruvchi quvurlar; 4-sirkulyatsion quvur; 5-separatsion bo‘shliq; 6-tomchi ushlagich.

7 of 12

3. Osma isituvchi kamerali qurilmalar.

Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi kamera 1 o‘z obechaykasiga ega bo‘lib, qoplamaning 2 pastki qismiga erkin, qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan. Qizdiruvchi bug‘ quvur 3 orqali uzatiladi va kameraning 1 quvurlararo bo‘shlig‘iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug‘ kondensat holatida kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma qizdirish quvurlaridan yuqoriga ko‘tariladi va erkin sirkulyatsiya ta’sirida bug‘latish jarayoni sodir bo‘ladi.

Ikkilamchi bug‘ tomchi ushlagichdan 4 o‘tib qurilmaning yuqori qismidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug‘dan ajratib olingan suyuqlik quvur 5 orqali pastki oqib tushadi. Qurilma qizdirish quvurlarining ichki va tashqi yuzalarida hosil bo‘luvchi nakip vaqti-vaqti bilan suv yordamida yuvib turiladi.

Bu qurilmada markaziy sirkulyatsion quvur isituvchi kameraning tashqarisida o‘rnatilgan bo‘lib, katta ko‘ndalang kesimga ega. Bu eritma sirkulyatsiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Istuvchi kamera erkin, harakatchan holatda o‘rnatilgani uchun quvurlarning teshikli panjaralaridagi zichligi buzilmaydi.

Osma isituvchi kamerali bug‘latish qurilmasi:

1-isituvchi kamera; 2-qoplama; 3-bug‘ quvuri; 4-tomchi ushlagich; 5-to‘kish quvuri; 6-yuvish uchun teshikli quvuri.

8 of 12

4. Tashqi sirkulyatsion quvurli qurilmalar.

 

Tashqi sirkulyatsion quvurli bug‘latish qurilmasi:

1-qizdirish kamerasi; 2-quvurlar; 3-separatsion bo‘shliq; 4-tomchi ushlagich; 5-sirkulyatsiya quvuri.

9 of 12

5. Tashqi isituvchi kamerali qurilmalar.

Isitish kamerasini qurilma korpusining tashqarisida joylashtirganda bug‘latish jadalligini oshirish imkoniyati tug‘iladi, bunga sabab suyuqlik va bug‘-suyuqlik aralashmasi zichliklarining farqi yuqoriligi va qaynatish quvurlarining uzunligi hisoblanadi.

Tashqi isitish kamerali qurilmalarda qizdiruvchi quvurlari mavjud bo‘lib, ularning uzunligi 7 m gacha yetadi. Dastlabki eritma isitish kamerasining pastki quvurlar panjarisining ostidan kiritiladi va qizdiruvchi quvurlar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib bug‘lanadi. Separatorda 5 suyuqlik tarkibidan ikkilamchi bug‘ ajratib olinadi. Suyuqlik qizdirilmaydigan sirkulyatsion quvur 3bo‘ylab pastga tushiriladi, u yerda dastlabki eritma bilan aralashadi va sirkulyatsiya jarayoni qaytadan boshlanadi. Ikkilamchi bug‘ tomchi ushlagichdan 6 o‘tib separatorning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi. Quyuq eritma separatorning konussimon tubidagi shtuser orqali olib ketiladi.

Tashqi isitish kamerali bug‘latish qurilmalarida sirkulyatsiya tezligi 1,5 m/sek ga yetadi, bu konsentratsiyalangan va kristallanuvchi eritmalarni bug‘latishni ta’minlaydi. Bunday turdagi qurilmalarning universalligi, ekspluatatsiyada qulayligi va issiqlik uzatish jadallashganligi sababli sanoatda keng tarqalgan.

10 of 12

5. Tashqi isituvchi kamerali qurilmalar.

Tashqi isitish kamerali bug‘latish qurilmalari:

1-isitish kamerasi; 2-quvurlar to‘plami; 3-sirkulyatsion quvur; 4-quvurlar panjarasi;

5-separator; 6-tomchi ushlagich.

11 of 12

6. Tashqi qaynash zonali qurilmalar.

Tezlik 0,25-1,5 m/sek bo‘lganda va eritma tabiiy sirkulyatsiya qiluvchi qurilmalarning issiqlik almashinuv yuzalarida qattiq qatlamlar hosil bo‘lishini oldini qiyin. Natijada tozalash uchun qurilmalar davriy ravishda to‘xtatiladi, bu esa qurilmaning unumdorligini pasayishiga va ekspluatatsiya harajatlarini ortishiga olib keladi.

Kristallanuvchi eritmalarni bug‘latishda issiqlik almashinuv yuzasi ifloslanishini eritmaning sirkulyatsiya tezligini oshirish va qaynash zonasini isitish kamerasidan tashqariga chiqarish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.

Tashqi qaynash zonali bug‘latish qurilmalarida bug‘lanayotgan eritma isitish kamerasining pastki qismidan kiritiladi va uning quvurlari (uzunligi 4-7 m) bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib isiydi, ammo gidrostatik bosim mavjudligi hisobiga qaynamaydi. O‘ta isigan eritma quvurdan chiqib separatorning pastki qismidagi isitish kamerasining ustida o‘rnatilgan yuqori qismi kengayuvchi quvurga kiritiladi. U yerda gidrostatik bosimni ancha kichikligi hisobiga quvurda eritma qaynaydi va bug‘ hosil bo‘lishi isitish yuzasining chegarasida sodir bo‘ladi.

Sirkulyatsiya qiluvchi eritma tashqi isitilmaydigan quvur bo‘ylab pastga tushiriladi. Quyuqlashtirilgan eritma separtorning pastki qismidagi kichik quvur orqali chiqarib yuboriladi. Ikkilamchi bug‘ otboynik va tomchi ushlagich orqali o‘tib qurilmaning yuqori qismidan chiqarib yuboriladi. Dastlabki eritma yoki qurilmaning pastki qismidan yoki sirkulyatsiya quvurining yuqori qismidan kiritiladi.

12 of 12

6. Tashqi qaynash zonali qurilmalar.

 

Tashqi qaynash zonali bug‘latish qurilmasi:

1-isituvchi kamera; 2-separator; 3-bug‘latish quvuri; 4-sirkulyatsion quvur; 5-otboynik; 6-tomchi ushlagich.