Matn turlari. Hikoya matni
@uzbek_tilim
1-topshiriq. Matnni ko‘chiring. Unda aks ettirilgan voqealarni qayta gapirib bering. Gaplarning mazmunan bog‘lanishiga diqqat qiling.
@uzbek_tilim
Bu davralarda G‘afur G‘ulom to‘lib-toshib she’rlar o‘qirdi. Nimaiki bisotida bo‘lsa, barini dasturxonga to‘kardi. Hovlisida pishib yotgan giloslarni savat-savat qilib o‘rtaga qo‘yardi. Shoirlarning yelkasiga to‘n tashlab, boshiga do‘ppi kiydirardi. O‘g‘il-qizlari odob bilan xizmat qilishardi.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Bu matnni tuzishdan ko‘zlangan maqsadni aniqlashga harakat qiling.
@uzbek_tilim
Biz borgan joy, haqiqatan ham,
go‘zal edi. Bir tomoni – tog‘, bir tomoni – ko‘m-ko‘k dala. Olisda kumushdek tovlanib daryo oqmoqda. Lolazor esa xuddi mohir to‘quvchi qo‘lida to‘qilgan qizil gilamga o‘xshardi.
@uzbek_tilim
Bilib oling
Matn turli maqsadlar bilan tuziladi.
Masalan: muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif-tavsifini berish, ya’ni tasvirlash, ularni muhokama qilish, ya’ni mulohaza yuritish.
Ana shunga ko‘ra, matnlarning quyidagi turlari�farqlanadi:
@uzbek_tilim
1. Hikoya matni
2. Tasviriy matn
3. Muhokama matni
@uzbek_tilim
Esda saqlang
Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea-hodisalar haqida xabar beriladi, hikoya qilinadi.
34-mashq. Berilgan matnni o‘qing, uning maqsadini aniqlashga harakat qiling. Ona yurt iftixori haqida fikrlaringizni bayon eting.
@uzbek_tilim
Nihoyat, Londondan Toshkentga uchadigan bo‘ldik. Havo kemasiga chiqishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: «Assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!» Rostini aytsam, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Bu so‘zlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tag‘in yuzlab xorijiy yo‘lovchilar o‘tirgan kemada!..
Aqalli mana shu holatning o‘zi uchun Istiqlolga ming bora ta’zim qilishga tayyorman!
35-mashq. Matnni ko‘chiring. Matn mavzusiga mos keladigan sarlavha qo‘ying. G‘afur G‘ulom haqida bilganlaringizni gaping.
@uzbek_tilim
G‘afur akaning o‘zi o‘sha buyuk ustozlar izidan borishga intilardi. Shuning uchun ham u tariximizni mukammal
bilar, rasmlar chizar edi. U raqs tushganda, zo‘r raqqosalar ham davradan chiqib, tomosha qilardi. Qo‘liga taqsimcha olib, xalq termalarini aytganda, hamma jimib qolardi. Dutor chertganda, tinglovchilar bosh egib tebranishardi. G‘afur aka Yusuf qiziqlar bilan teng kelib askiya aytishardi. Latifa aytishda unga hech kim teng kelolmasdi. Xalq dostonlarini baxshidek ohangi, ifodasi bilan boshdan-oyoq ayta olardi.
36-mashq. Ertak matnining boshlanishini o‘qing. Uning davomini so‘zlab bering. Yaxshilik va yomonlik haqida bahslashing.
ZUMRAD VA QIMMAT
(ertak)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqtirmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan. O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan. Zumrad aqlli, chiroyli va muloyim qiz ekan. Qimmat esa unga hech ham o‘xshamas ekan. U tantiq, qo‘pol va dangasa ekan. Kun bo‘yi ovqat yer, bo‘lar-bo‘lmasga urisharkan...
@uzbek_tilim
37-mashq. Matnni o‘qing. Matnning maqsadini belgilang. Tabiatni asrash haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
Orolchada ishlar qizib ketdi: har kim har xil gullar, o‘simliklar keltirib ekdi. Qushlarga inlar qurildi. «Kuzatuv daftari»ga orolchada yuzdan ziyod giyoh, o‘simlik va jonivorlar borligi qayd etildi. Qushlar bu hisobga kirmasdi.
(A. Ko‘chimov)
@uzbek_tilim
Savol va topshiriqlar
@uzbek_tilim
Matn tuzishda qanday maqsadlar ko‘zda tutiladi?
Matnning qanday turlari mavjud?
Qanday matn hikoya matni deyiladi?
38-mashq. Uyga vazifa
O‘zingiz yoqtirgan rasm asosida matn tuzing.
@uzbek_tilim
Foydalanilgan adabiyot:
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun/N. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, D. Nabiyeva.— T.: «Tasvir» nashriyot uyi. 2017. — 208 b.
I. Mahmudov N. va boshq.
@uzbek_tilim