FILOLOGIYA FAKULTETI
1-26 GURUH TALABASI QO’ZIYEVA RA’NONING “O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI” FANIDAN TAYYORLAGAN
MAVZU: “QUTADG’U BILIG” – DIDIAKTIK DOSTON.
1. “Qutadg’u bilig” – didaktik doston.
REJA :
2. “Qutadg’u bilig” – obrazlari.
3. “Qutadg’u bilig”dostoni – turkiy
“Shohnoma”.
“Qutadg’u bilig” dostoni turkiy tilda ilk yirik hajmli adabiy ma’rifiy asar yaratgan Yusuf Xos Hojibga tegishlidir.
Yusuf Xos Hojib o’z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko’radi: Chin (Xitoy), Mochin Sharqiy Turkiston bo’ylab safar qiladi. U erdagi turli yodgorliklarni o’rganadi. Shuning uchun ham adib asarda turli mavzularni qamrab oladi.
“Qutadg’u bilig” (“Baxt – saodatga yeltuvchi bilim”) asari hijriy 462 – yil, milodiy 1069 – 70 – yillarda yozilgan. Asarni yozish uchun muallif 18 oy (bir yarim yil) vaqt sarflagan. Asar hajmi 6409 bayt bo’lib, 73 fosl (bob)dan iborat.
1. Vena
nusxasi.
2. Qohira
nusxasi .
3. Namangan
nusxasi.
“Qutadg’u bilig” asari haqida dastlab XIX asrning birinchi choragida (1823 yili) frantsuz sharqshunosi Taubert Amadee ma’lumot bergan. Bu asarning 3 nusxasi mavjud:
“Qutadg’u bilig” pand-noma (didaktik) asar bo’lib, unda tilning fazilati, foyda va zarari, bilim, o’quv – idrok farqi, bir yigitga qirq hunar ozligi, beklikka loyiq bo’lish haqida qimmatli fikrlar keltirilgan.
Asarda tilga olingan masalalarning ko’lami shunchalik kengki, ularni oddiygina sanashning o’zi ham bir necha sohalarni tashkil etadi. Tasavvurlarimizni aniqlashishi uchun ularning ayrimlarini keltiraylik:
Etti sayyora va o’n ikki
burj
Inson farzandlarining
qadri bilim va tafakkurda
Tilning fazilat va manfaatlari
Bilim va aql idrokining
farqi to’g’risida
Bahor madhi
Kitob egasining uzri
Tilning fazilat va
manfaatlari
Kuntug’di elig haqida
Oyto’ldining baxt haqidagi
hikoyasi
Oyto’ldining baxt haqidagi
hikoyasi
Kuntug’dining adolat haqida
aytganlari
Ko’rinib turibdiki, “Qutadg’u bilig”da tilga olingan mavzularning qamrovi juda keng. Ammo unda bitta bosh nuqta borki, u butun asardan qizil ip bo’lib o’tadi. Bu INSON masalasidir. Insonnnig ijtimoiy mohiyati, uning hayotidagi o’rni, ijtimoiy vazifasi shoir tomonidan turli yo’nalishlarda tahlil etiladi.
O’ltirar chog’ida o’rningni bilgin
Hech kimni past ko’rma, kishilik qilgin.
Bor ovozni qo’yib kulmagin sira
Tubanlik bo’lar bu kishilar ora.
Dostonda voqea tasviri yo’q deb aytish mumkin. To’g’rirog’i muallif qiziqarli bir voqeani hikoya qilib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi. Muallifning markazida 4 timsol turadi. Bular: Kuntug’di, Oyto’ldi, O’gdulmish, O’zg’urmish.
Biri to’g’rilikka tayanch – ADOLAT
Biri DAVLAT erur u qutli g’oyat
Uchinchi – ulug’lik AQL ham ZARO
To’rtinchi – QANOAT erur bebaho
Muallifning yozishicha, “Qutadg’u bilig”ni chinliklar – “Adjab ul – muluk” (Podsholar odobi), mochinliklar – “Amin ul – mamlakat” (Mamlakat omonliklari), Sharqda esa “Ziynat ul – umaro” (Amirlar ziynati), eronliklar – “Shohnoma yi turkiy” (Turkiy shoxnoma) turonliklar – “Qutadg’u bilig”, ba’zilari esa Pandnomayi muluk (“Podsholar pandnomasi”) deb atashgan. Abdurauf Fitrat esa uni “Baxtliklanish bilimi” deb tajrima qilgan. Yusuf Xos Hojib esa o’z asarini “Turkiy shohnoma” deb atagan.
Yusuf Xos Hojibning adolat, insof, ilmu – ma’rifat haqidagi insoniy siyrat va xilqat haqidagi fikrlari hamoyon dolzarb va ibratlidir.
1. S.Matjon – Adabiyot (metodik qo’llanma) – Tosh.2010.
2. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari 1 – jild – Nasimxon
Raxmonov va b. Tosh. 2003.
3. Vohidov – O’zbek mumtoz adabiyoti. Tosh.
4. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: