1 of 14

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: ISSIQLIK QUVURLARI VA TERMOSIFONLAR.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 14

MA’RUZA REJASI

1. Issiqlik quvurlarining ishlash prinsipi.

2. Kapillyar-g’ovak materialli issiqlik quvurlari.

3. Issiqlik quvurlarida issiqlik almashinuvi.

4. Issiqlik quvurlarining kapillyar tuzilishi.

5. Termosifonlar.

3 of 14

1. Issiqlik quvurlarining ishlash prinsipi.

Issiqlik quvurlarining (IQ) ishlash prinsipi 1944 yilda Gougler tomonidan ishlab chiqilgan. Biroq issiqlik quvurlarining keng miqyosda qo'llanilishi 1964 yilda Grover ishidan so'ng boshlandi.

Hozirgi vaqtda IQ energetikada, metallurgiyada, kimyo sanoatida va boshqa sanoatlarda keng qo'llaniladi. Issiqlik quvurida issiqlik soviyotgan muhitdan bug'lanish zonasiga uzatiladi, u yerda suyuqlik bug'lanadi va hosil bo'lgan bug' oqimi bilan belgilangan masofada sovitish zonasiga uzatiladi, u yerda devor quvuriga tegadi va kondensatsiyalanadi. Hosil bo'lgan kondensat qaytadan bug'latish zonasiga qaytariladi.

Grover taklif etgan issiqlik quvuri.

4 of 14

1. Issiqlik quvurlarining ishlash prinsipi.

 

Fitilni issiqlik quvurida o‘rnatilishi.

5 of 14

1. Issiqlik quvurlarining ishlash prinsipi.

Markazdan qochma IQ quvur o'zining bo'ylama o'qi atrofida aylanadi. Bunday quvurlarda IQ ichidan suyuqlik qatlami qalinligi kondensatsiyalanish zonasida bug'lanish zonasinikiga qaraganda yuqori bo'ladi va kondensatni sovitish zonasidan qizdirish zonasiga qaytarish markazdan qochma kuch ta'sirida amalga oshiriladi. Bunday IQ lari elektr yuritmalarni sovitish uchun qo'llaniladi, bu yerda elektr yuritmaning vali bir vaqtning o'zida markazdan qochma IQ deb ataladi.

Markazdan qochma issiqlik quvuri.

6 of 14

2. Kapillyar-g’ovak materialli issiqlik quvurlari.

IQ larida issiqlik tashuvchini aylanish sharoiti suyuqlik va bug' uchun harakat tenglamasidan aniqlanadi.

Kapillyar-g‘ovak materialda suyuqlikni harakatlanishi.

 

7 of 14

2. Kapillyar-g’ovak materialli issiqlik quvurlari.

 

8 of 14

3. Issiqlik quvurlarida issiqlik almashinuvi.

 

9 of 14

4. Issiqlik quvurlarining kapillyar tuzilishi.

IQning korpusi va fitili uchun materiallarni tanlashda asosiy omil ularni issiqlik tashuvchi bilan mos kelishidir. Buni quyidagicha izohlash mumkin, kimyoviy reaksiya yoki issiqlik tashuvchilarni parchalanishi natijasida korpus va fitilni korroziyalanishi yoki yemirilishi IQning issiqlik uzatishini yomonlashtiradi. Ko‘p yillik tajribalar asosida issiqlik tashuvchilarni, IQ korpusi va fitili materiallarini tanlash uchun qator tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11.1-jadval

IQ materiali va issiqlik tashuvchini mos kelishi

Issiqlik tashuvchi

Metallar

Al

Cu

Fe

Ni

Ti

Azot

Ha

Ha

Ha

Ha

-

Metan

Ha

Ha

-

-

-

Ammiak

Ha

-

Ha

Ha

-

Metanol

Yo‘q

Ha

Ha

Ha

-

Suv

Yo‘q

Ha

Yo‘q

Ha

Ha

Kaliy

-

-

-

Ha

Yo‘q

Natriy

-

-

-

Ha

Yo‘q

10 of 14

4. Issiqlik quvurlarining kapillyar tuzilishi.

Fitillarning eng ko‘p tarqalgan konstruksiyasi.

Issiqlik quvuri fitilining turlari:

1-to‘kilma; 2-g‘ovak organik modda; 3-ko‘p qatlamli metall xivich; 4-metal kigiz; 5-yopiq kapillyarlar; 6-kapillyarli o‘rnatmalar; 7-rezbali kanal; 8-to‘r-ariqcha tuzilish; 9-bo‘ylama kanallar.

Quvur issiqlik tashuvchi bilan to‘ldirilishidan oldin quvur materiali va issiqlik tashuvchi zararli gazlardan tozalanadi. Gazdan tozalash asosan yuqori haroratli (400℃ dan yuqori) IQlar uchun muhim bo‘lib, harorat ortishi bilan gazlarni ajralishi oshib boradi. IQni uzoq ishlatish uchun vakuum hosil qilish darajasi va payvandli birikmalarni sifatiga yuqori talab quyiladi.

11 of 14

5. Termosifonlar.

Termosifonlar texnikada Perkins quvurlari deb nomlanadi. Termosifonlarning asosiy afzalliklariga tuzilishinig soddaligi va issiqlik ajraluvchan yuzaga g'ovak tuzilishli IQlarini o'rnatish qiyin bo'lganda hamda qiyin shaklli issiqlik ajraluvchi yuzani sovitish imkoniyatini kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda termosifonlarni qo'llanilish sohasi ancha kengaydi, energetikada, sovitish texnikasida, neft kimyosi sanoatida, sovitish tizimlarida va turli radioelektron qurilmalarni termostabillash va hok.

Termosifonlar germetik yopiq hajmdan iborat bo'lib, u suyuq issiqlik tashuvchi bilan to'ldirilgan. Issiqlik oqimi zichligi q, termosifonning pastki qismidan beriladi va yuqori qismdan olib ketiladi. Qizdirish zonasidagi suyuq issiqlik tashuvchiga issiqlik berilganda suyuqlikning bug'lanish yoki qaynash jarayoni sodir bo'ladi, hosil bo'lgan bug'lar yuqoriga ko'tariladi va teplovodning ichki devorida kondensatsiyalanadi. Hosil bo'lgan kondensat gravitatsiya kuchini hisobiga qizdirish zonasiga oqib tushadi.

Issiqlikni yonlama uzatishli termosifonlar eng ko'p tarqalgan. Bunday termosifonlarning ishlashi ichki tekislik bo'yicha turli xil issiqlik va massa uzatish jarayonlari bilan tavsiflanadi.

12 of 14

5. Termosifonlar.

Termosifon qurilmasining tuzilishi va umumiy ko‘rinishi.

13 of 14

5. Termosifonlar.

Termosifonni yadro reaktorida qo‘llanilishi:

1-qo‘rg‘oshinli devor; 2-himoya qobig‘i; 3, 6, 7-issiqlik tashuvchi harakati; 4-termosifon; 5-halokat baki; 8-og‘ir issiqlik tashuvchi; 9-reaktor.

Hozirgi kunda termosifonlar yadroviy reaktorlarda va quyosh kollektorlarida ham keng qo‘llaniladi.

14 of 14

5. Termosifonlar.