1 of 19

HAMID OLIMJON

Hayoti va ijodi. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni

2 of 19

3 of 19

Hamid Olimjonning hayot yo`li

1909-yil 12-dekabrda jizzax shahrida tug‘ildi.

Onasi Komila aya juda ko‘p doston va ertaklarni yod bilardi, ularni eshitgan yosh Hamid

zavqli tunlarni bir umr yodda saqlab qoldi.

Hamid Olimjon bor-yo‘g‘i 34 yil umr ko‘rdi.

1944-yil 3-iyul kuni Toshkent viloyatining Do‘rmon qishlog‘ida joylashgan «Yozuvchilar bog‘i»dan shaharga qaytayotganda avtomobil halokatiga uchrab, vafot etdi.

4 of 19

  • U 30 ga yetar-yetmas O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, 33 yoshida akademik unvonini oldi.

5 of 19

Ilk she’ri

“KIMDIR”

Hamid Olimjon ilk she’rining nomi

1926-yil yozilgan

6 of 19

BIRINCHI TO‘PLAMI

  • «Ko‘klam» nomli birinchi she’rlar to‘plami 1929-yilda o‘z o‘quvchilarini topdi.

7 of 19

ASARLARI

8 of 19

She’riy to`plamlari

  • 1931-yil – “Olov sochlar”
  • 1932-yil – “Poyga”
  • 1937-yil – “She’rlar”
  • 1940-yil – “Baxt”
  • 1936-yil – “Daryo kechasi”
  • 1939-yil – “O`lka” va boshqalar.

9 of 19

  • Hamid Olimjon ham zamonaviy, ham tarixiy mavzularda birdek samarali ijod qilardi. Uning «Muqanna» nomli tarixiy, «Jinoyat» deb nomlangan zamonaviy mavzudagi she’riy dramalari bor.

10 of 19

“OYGUL BILAN BAXTIYOR” ERTAK-DOSTONI

11 of 19

Ushbu ertak-doston 1937-yil 16-26-noyabr kunlari yozilgan!

Eslab qoling!

12 of 19

Doston qisqa satrlarda

  • Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi.
  • Qo`zg`olonga keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi.
  • Qo`zg`olon bostirilib, Darxon qatl etiladi. Oygul asr olinadi.

13 of 19

  • Ikki zolim xondan zo`rg`a qutilgan Oygul baxti Baxtiyor bilan ko`rishadi.

14 of 19

15 of 19

Jayhun baliq ichidagi gavhar

16 of 19

Jasur Oygul eri Baxtiyor bilan birga o`z yurtini zolim xondan ozod qiladilar

17 of 19

Topshiriqlar

  • Quyidagilarga izoh bering!

18 of 19

Savol va topshiriqlar

  • 1. Xalqimizda «Uzukka ko‘z qo‘ygandek» degan ibora bor. Shu iborani Oygul bilan Baxtiyorga nisbatan ishlatsa bo‘ladimi?
  • 2. Oygul zolim podshoh qo‘lidan qutulish uchun o‘zini tashlagan daryo qaysi daryo bo‘lishi mumkin?
  • 3. Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o‘zi Baxtiyorning otasiga unga kelin bo‘lmoq niyatida ekanini aytadi. Shu holatni qanday izohlaysiz?
  • 4. Asarning qaysi qahramoni o‘z ozodligi, baxt-u saodati yo‘lida ko‘proq harakat qiladi? Buning sababi nimada, deb o‘ylaysiz?
  • 5. Ertak-dostondan o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan lavhani yod oling.

19 of 19

E’TIBORINGIZDAN �XURSANDMIZ!