1 of 19

Takrorlash

2 of 19

Matnlarni o‘qing. Savollarga javoblarni daftaringizgayozing.

3 of 19

  • Bostirma ostida katta, qora it oldingi oyog‘iga jag‘ini qo‘ygancha yotibdi. Uning dumi va quloqlari kesik. Tumshug‘ining uchi tovuqlar titaverib mayinlashib ketgan tuproqqa botgan. Ko‘zlari yarim yumuq, go‘yo kattaroq ochishga majoli yo‘q.
  • It ko‘rinishidan horg‘in, beparvo bo‘lsa-da, tiyrak qaraydi. Uning butun diqqati hasharchilarning ayvondagi poyabzallarida. Poyabzallar bor-yo‘g‘i to‘rtta: poylari doimo og‘ib turadigan, qo‘nji kalta etik, bog‘ichsiz ikki juft tufli va chelak yonidagi keda. Bular itga begona. Unga qarashlilari uch juft kalish. Kalishlar hozir ayvonda yo‘q. Tong-sahar tarqalishadi. Birinchi bo‘lib Beka kigizdan patak solinganini sigir tomonga sudraydi. Qiz yangi kalishni oyog‘iga ilib, paxtazorga jo‘naydi. Uchi salgina yirtilib, qizg‘ish lattasi chiqib qolgan kalishni esa Xo‘jayin xirmonga kiyib ketadi.

4 of 19

  • Oqto‘sh Oqto‘sh bo‘lgandan beri ularnikiga ne-ne poyabzallar kelib ketmadi. Lekin hech qaysisi bularchalik ko‘p turishmagan, betartib bo‘lmagan. Bunday mehmonlarning ularnikiga birinchi bor qo‘nishi…
  • �– Oqto‘sh! It Bekaning ovozini eshitib, sapchib o‘rnidan turdi. Butun gavdasi bilan silkinib, yungiga yopishgan tuproq quyqalarini tushirdi-da, echkinikidek bo‘lib qolgan dumini likillatib yugurdi.
  • ��

5 of 19

  • Beka tandirdan uzib tashlagan kuyik non issiq edi. Oqto‘sh birdaniga og‘ziga ololmay norozi vingilladi. Non hidi ishtahani qo‘zg‘ab shoshirdi. U og‘zi kuyganiga ham ko‘nikdi. Bir-ikki yerga tushirib bo‘lsa-da, bostirma ostiga olib keldi. Ostiga yarimta g‘isht qo‘yilgan ustun yoniga tashlab, kursillatib yeya boshladi.�
  • Bahodir Murod Ali��

6 of 19

1. Parchada tasvirlangan voqea qayerda sodir bo‘lmoqda?

A) dala shiyponida�B) qishloq hovlisida�C) shahardagi xonadonda��

7 of 19

  • �A) Uch juft kalishni it topib kelgan.�B) Uch juft kalish itga berib yuborilgan.�C) Uch juft kalish xonadon egalariniki.��

2. “Unga qarashlilari uch juft kalish”. Bu gap bilan muallif nima demoqchi?

8 of 19

  • 3. It nega hasharchilarni yoqtirmay qoldi?�A) Hasharchilar saranjomlikka rioya qilishmasdi.�A) It ayvonda oyoq kiyimlar ko‘payishini istamasdi.�B) Hasharchilardan birining etigi noxush xotiralarni yodga solardi.
  • 4. Qaysi voqeani tasvirlashda retrospektiva usuli qo‘llangan?�A) Qizning kalishini kiyib paxtazorga ketishi�B) Itning bolalardan qochib etik ichiga yashirinishi�C) Bekaning itga tandirdan uzilgan issiq non berishi��

9 of 19

  • Kuz ertasi. Namgarchilik,�Xazon biqsib, tutun taralar.�Oyoq osti – “chilip-chilip”,�Zirqiraydi eski yaralar…�Ammo sen boq hayot dengiziga:�U o‘jarlik bilan qilar ishini.�Razm solsang, har dam o‘ziga�Ming-ming iplar bilan bog‘laydi seni.�Fasllar almashar, dolg‘alanar havo,�Qarg‘alar tovushi – qishning daragi.�Trotuarda bukchaygan bir bobo�Yosh ko‘chat ko‘tarib o‘tib boradi.�Niholni avaylab mahkam ushlagan�Tomiri bo‘rtib chiqqan titroq qo‘llari�Xayolida balki olamni xushlagan�Bahor,�bodroq-bodroq o‘rik gullari.��
  • Ko‘m-ko‘k shovullashi balki qulog‘ida,�Ko‘ksi bilan sezar soya-salqinin.�Sovitgisi kelar ko‘ngil bulog‘ida�Saratonning lov-lov yolqinin.�Boboning umrida ko‘p bo‘lgandir baxt,�Lekin baxt o‘tkinchi,�Umid – abadiy.�Keksa qo‘llardagi mana shu daraxt –�Ertaga kimningdir toleyi kabi.�Boboning ko‘zida umid yaltirar,�Ko‘chatni ko‘tarib shoshib boradi.�Mahalla ustida hamon qaltirar�Bebosh bolalarning qog‘oz varrag�� Asqad Muxtor

10 of 19

��5. Quyidagi satrlardan qaysi biri she’rning asosiy g‘oyasini ifodalaydi?��

A) Zirqiraydi eski yaralar�B) Qarg‘alar tovushi – qishning daragi�C) Umid – abadiy�

11 of 19

BANDDA BU KAYFIYATNI YUZAGA KELTIRISHGA XIZMAT QILAYOTGAN IKKITA SO‘Z TOPING.

  • ______________________________________________________
  • ______________________________________________________

12 of 19

6. She’rning birinchi bandida qanday kayfiyat yetakchilik qiladi?

A) xursandchilik

  • B) tushkunlik
  • C) umidvorlik
  • Bandda bu kayfiyatni yuzaga keltirishga xizmat qilayotgan ikkita so‘z toping.
  • ______________________________________________________
  • ______________________________________________________

13 of 19

7. “Ammo sen boq hayot dengiziga:U o‘jarlik bilan qilar ishini.Razm solsang, har dam o‘zigaMing-ming iplar bilan bog‘laydi seni.Fasllar almashar, dolg‘alanar havo,Qarg‘alar tovushi – qishning daragi”.Ushbu misralarda qanday badiiy tasvir vositalari qo‘llangan?Ikkita javobni tanlang.

�A) o‘xshatish�B) metafora�C) sifatlash�D) jonlantirish��

14 of 19

8. She’rda zidlantirishga ikkita misol toping. Qaysi obraz yokitushunchalar bir-biriga qarshi qo‘yilgan? Muallifning bundan ko‘zlagan maqsadini izohlang.Qarama-qarshi qo‘yilgan obrazlar (tushunchalar):�______________________________________________________�______________________________________________________�Izoh: _________________________________________________���

15 of 19

9. She’rdagi qaysi obrazni ramz sifatida qabul qilish mumkin?�A) qog‘oz varrak�B) qarg‘alar tovushi�C) yosh ko‘chat�Bu obrazni nimaning ramzi sifatida talqin qilish mumkin?�______________________________________________________�______________________________________________________�______________________________________________________��

16 of 19

��O‘ZINGIZGA BAHO BERING. NECHTA SAVOLGA JAVOB BERA OLDINGIZ?��

� 8–9 TAGA: JUDA YAXSHI!� 6–7 TAGA: YAXSHI, LEKIN SAL KO‘PROQ ISHLASHIM KERAK!� 6 TADAN KAM: YAXSHI EMAS, ANCHA ISHLASHIM KERAK!��

17 of 19

E’tiboringiz uchun rahmat

18 of 19

Foydalanilgan adabiyot:

Adabiyot [Matn]: 7-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 224 b.

19 of 19

Ushbu taqdimot slaydi

mahsulotidir.

DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!