1 of 13

JO‘YALILIK VA USLUBLAR

2 of 13

Topshiriq. Berilgan parchadagi jamg‘armoq so‘zining ma’nosi va uning ko‘proq rasmiy uslubga xoslanganligi haqida mulohazalaringizni ayting. Keltirilgan gapda bu so‘zning o‘z o‘rnini topgan-topmaganligini izohlashga harakat qiling.

Ramazon aytuvchilar ko‘payib ketgan edi... Mabodo ulardan oldinroq biror eshikka borib qolsak, jamg‘argan narsalarimizni zo‘ravonlik bilan tortib olishardi.

(S. Ravshanov)

3 of 13

Qachon nutqning jo‘yaliligi buziladi?

4 of 13

Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintaktik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tkazilishi nojoiz, o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda nutqning jo‘yaliligi buzilishi mumkin.

Nutq jo‘yaliligining buzilishi

5 of 13

Bu o‘rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning

yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakllarida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.

Nutq jo‘yaliligi

6 of 13

Ma’lumki, yozma va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas, shunga ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik natijasida ham nutqning jo‘yaliligiga putur yetadi.

Nutq jo‘yaliligi

7 of 13

76-mashq. Berilgan badiiy parchani o‘qing. Unda qahramon tilida o‘lmoq so‘zining jo‘yasiz qo‘llanishi uning madaniy saviyasini ta’kidlashga xizmat qilayotganini izohlang.

Bashirjon unga qaradi-yu: «Ha, nima bo‘ldi?» – deb so‘radi ayolning boshidagi oq ro‘moliga ishora qilib.

– Uzoqroq bir qarindoshimiz kecha...

– Hm-m! – dedi boshliq hissiz. – O‘ldimi?

– Ha!

– Hm-m, chatoq bo‘libdi-ku... Ha, xudo rahmat qilsin... Xo‘p bo‘lmasa, o‘sha kitoblar bor dedingiz-a...

(N. Aminov)

8 of 13

78-mashq.

Atoqli yozuvchi Said Ahmadning «Mushtipar» nomli teskari hikoyasidan olingan parchani o‘qing. Er va xotinning maqomini atayin almashtirish natijasida, ya’ni nutqning jo‘yalilik sifatining buzilishi asosida yaratilgan o‘tkir kulgining mohiyatini tushuntiring.

9 of 13

Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan iboralar

Yuragi orqasiga tortib ketmoq Bir lahza ich-ichidan qo‘rquv aralash qattiq hayajonlanmoq. Varianti: yuragi orqasiga urib ketmoq.

Yuragi toshib ketmoq Kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ilmoq.

10 of 13

Uyga vazifa

79-mashq. Har bir nutqiy uslubning o‘ziga xoslangan til vositalarini tavsiflang, shu asosda yozma matn tuzing.

11 of 13

E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT!

12 of 13

Foydalanilgan adabiyot:

N. M. Mahmudov, Y. R. Odilov, G. Sh. Ziyodullayeva. Ona tili. O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018

13 of 13

Ushbu taqdimot slaydi

mahsulotidir.

DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!