O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI BAKALAVRIAT
BOSQICHIGA HUJJAT TOPSHIRUVCHI ABITURIENTLAR UCHUN
“DASTLABKI IMTIHON”
DASTURI
Dastlabki imtihonni o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra Dastlabki imtihon yozma shaklda Akademiya hududida o‘tkaziladi.
Nizomning 3-bob, 46-bandi:“Karantinga oid choralar amal qilishi davrida Akademiyaning bakalavriatiga qabul qilish vakolatli organlarning karantinga oid hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda (masofaviy, elektron, onlayn va boshqa usullar orqali) amalga oshiriladi”ga muvofiq dastlabki imtihon karantin holatini hisobga olgan holda onlayn tarzda tashkil etilishi mumkin.
Dastlabki imtihon quyidagi 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi:
-intellektual daraja
mantiqiy va keng fikrlash, turli tushunchalar, faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish;
-ma’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha bilim darajasi
ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya va mafkura, huquq va siyosat, adabiyot, tarix, islomshunoslik va dinshunoslikka taalluqli hamda boshqa masalalar yuzasidan mantiqiy va asosli tushunish qobiliyati;
-xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis) bilish darajasi
O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi va geografiyasiga taalluqli va boshqa xorijiy tilga oid sohalar xususiyatlari yuzasidan mantiqiy va asosli tushunish qobiliyati.
1
2
3
Dastlabki imtihon Akademiya qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda jadval asosida Akademiya hududida yozma bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki imtihonda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarorida belgilangan tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagi tartibda baholanadi:
1
02
2
03
3
1-blok nomi:
- “Mantiqiy fikrlash”.
Topshirish shakli:
- “Test” shaklida.
Ajratilgan vaqt:
- 40 daqiqa ajratiladi.
Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi. Jami 20 ta savol beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori natija
40 ball hisoblanadi;
2- blok nomi:
- “Esse”.
Topshirish shakli:
- “Yozma” shaklida.
Ajratilgan vaqt:
To‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori natija
30 ball hisoblanadi;
3- blok nomi:
- “Хorijiy til”.
Topshirish shakli:
-“Test” shaklida.
Ajratilgan vaqt:
– bunda eng yuqori ball 30 ballni tashkil etadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan baholanadi;
04
50 <
-Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun abituriyent 50 va undan yuqori ball to‘plashi lozim.
01
Shuningdek
Abiturientlarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni aniqlashga yo‘naltirilgan savollar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari va darsliklarida berilgan mavzular asosida tuziladi.
Ushbu imtihon natijalari talabalikka talabgorning kirish imtihonlari keyingi bosqichi – kasbiy (ijodiy) imtihon va test sinovlariga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinishini belgilaydi.
Dastlabki imtihonda 50 va undan yuqori ball to‘plagan abiturientlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
Intellektual daraja
Ushbu holat shaxsning aqliy yеtukligini va voqelikka oqilona munosabatda bo‘lish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich hamdir.
Ushbu holat shaxsning aqliy yеtukligini va voqealikka oqilona munosabatda bo‘lish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich hamdir.
Fikr yuritishning bu turi shaxsning aqliy yеtukligini ifodalaydi, uning borliqni bilishida ko‘p qirrali va chuqur anglashida muhim vosita hisoblanadi.
Mantiqiy fikrlash shaxsning yuz berayotgan hodisa yoki holatlarning sabab-oqibat yo‘nalishini anglashi hamda uni mustaqil fikrlash orqali hayolda mantiqan davom ettira olish qobiliyatini namoyish etishi uchun zarur.
Ma’naviyat va ma’rifat asoslari bo‘yicha bilim darajasi
<<<
1
<<<
2
<<<
5
<<<
3
<<<
4
Huquq va siyosat.
Siyosiy-huquqiy savodxonlik darajasi. Bugungi ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohot va o‘zgarishlardan xabardorligi.
Ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya va mafkura.
Milliy ma’naviyat tushunchasi. O‘zbek milliy ma’naviyatining tarixiy ildizlari. “Insonparvarlik” tushunchasi, uning insoniy fazilatlar orasidagi o‘rni.
Adabiyot va ona tili.
Qadimgi turkiy adabiyot. Xalq og‘zaki ijodi namunalari. O‘zbek mumtoz adabiyoti. Alisher Navoiy va uning ilmiy merosi.
Tarix.
Markaziy Osiyo – insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri. O‘zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari
Dinshunoslik-islomshunoslik.
Dunyo dinlari tarixi. Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi diniy tasavvurlari. Diniy ta’limotlar va qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni
Xorijiy tillarni bilish darajasi
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy-madaniy an’analar, urf-odatlar, marosimlar. O‘zbekistonning qadimiy shaharlari. O‘zbekistonda nishonlanadigan bayramlar. Buyuk ajdodlarimiz. Xalq og‘zaki ijodi shakllari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Tarixiy mavzudagi filmlar. O‘zbekiston shaharlari: Samarqand, Buxoro, Xiva. O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari. O‘zbek milliy taomlari. O‘zbek adabiyoti. Sayohat. Sport. O‘zbekistonning mashhur sportchilari. Til xususiyatlari va boshqalar.