1 of 19

Muhammad Ali. ''Gumbazdagi nur''

2 of 19

Bu mavzuda biz:

– “Gumbazdagi nur” dostonida ilgari surilgan g‘oyalarni tahlil qilamiz;

– doston janri haqida bilib olamiz.

3 of 19

Muallif bilan tanishamiz

Shoir, tarjimon, olim Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942-yili Andijon viloyatida dehqon oilasida tug‘ilgan. Muhammad Ali bolaligidan adabiyotga, ijodga mehr qo‘ygan, birinchi she’rini yozganida 3-sinfda o‘qirdi. O‘n besh yoshida ilk she’ri respublikaning nufuzli gazetalaridan birida nashr etildi. O‘rta maktabni tugatib, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oldi. Muhammad Ali uzoq yillar turli mas’ul lavozimlarda faoliyat olib bordi, asarlari uchun ko‘plab nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi.

4 of 19

Muhammad Ali

5 of 19

Asarni o‘qishga tayyorlanamiz

Siz bilan Muhammad Alining “Gumbazdagi nur” dostonini mutolaa qilamiz.

Unda vatanimizdagi ayrim mashhur inshootlarning qurilishi tarixi, mashaqqatlari, millatimizning buyuk siymolari haqida hikoya qilinadi.

6 of 19

Rasmlardagi inshootlarga e’tibor bering. Ular qayerda joylashgan? Ularni kim qurganini bilasizmi? Agar sizga o‘z shahringiz uchun imorat qurish imkoniyati berilsa, nima qurgan bo‘lardingiz?

7 of 19

“GUMBAZDAGI NUR” (qisqartirib olindi)

Turibdi bir bola�Maqbara qoshida.�Savol-la band edi�Bolaning yodi:�“Go‘ri Amir nima!..”�“Ne ich-u tashida?..”�O‘zi soddagina.�Temurdir oti...�Gumbazga termilib�Og‘riydi bo‘yni.�Chiqadi, kiradi�Qabrga tiriklar,�Bolakay turadi�Unutib uyni.�“Vo-o-o!.. Qandoq qurganlar?�Juda ham katta-ku?�Bo‘lganmi kranlar�Avvali ham, a?”�Domlamiz der edi:�“O‘tmishda, hattoki,�Arpa non yer edi�Qari-yosh... Hamma!”�..Tushadi esiga�Yana ko‘p gaplar,�Ilashar ko‘ziga�Gumbazdagi nur. �

8 of 19

Asardagi atamalar

qalandar – tarki dunyo qilgan (bu dunyo ne’matlaridan voz kechgan) kishi�tim – bozorning usti yopiq qismi�Halab – Suriyadagi shahar�Boyazid – o‘rta asrlarda Turkiya sultoni, Amir Temur uni jangda yengib, asir olgan

zud – tez�fano – yo‘qlik, o‘lim�valiahd – taxt vorisi�sa’yi ijtihod – astoydil harakat, g‘ayrat�daxma – maqbara

9 of 19

Muhokama qilamiz

1. Bolani qanday tasavvur qildingiz? Nega doston “mittigina bola”ning ulkan binolar haqidagi hayratlari, qiziq xayollari bilan boshlangan? Nega bu xayollar Go‘ri Amir oldida turganida paydo bo‘ldi?

2. Keltirilgan parchada qaysi davrdagi Samarqand haqida gapirilmoqda? Qaysi badiiy tasvir vositalari o‘quvchiga Samarqandni yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi?

3. Amir Temur me’morlarni nima maqsadda chorladi? Nega u nabirasi uchun quriladigan daxmaning shohona bo‘lishini istamoqda?

10 of 19

Savollarga javob bering

1. Nega shoir har bir me’morning vazifasiga alohida-alohida to‘xtalmoqda? Nega ularni turli joylar vakillari sifatida tasvirlamoqda?

2. Sizningcha, muallif nima maqsadda me’morlarning tug‘ilib o‘sgan uyi va yaqinlari tasviriga to‘xtalmoqda? Nega ularning “ko‘z oldida turadi joni”?

3. Parchada shoir gumbazni qanday tasvirlamoqda? Uni qurdirgan Amir Temurni-chi? “Bir mahallar dun yo edi tor, Kichik qabr unga keng endi...” misralari bilan muallif nima demoqchi? Qanday “eskirmagan qari falsafa”ni nazarda tutmoqda?

11 of 19

Savollarga javob bering

4. Ushbu parchada shoir Amir Temurga xos qanday xususiyatlarni�aks ettirmoqda?

5. Muallif nega o‘n ikki me’morni “oshkoralar ichida pinhon” deya�tasvirlamoqda? Nega tarix ham ular oldida ojiz? Shoirning tarix sari�yursa, oyoqlari chalishib ketishi sabablarini qanday izohlaysiz?

6. Muallif nega tarixni donishmand chol sifatida tasavvur�qilmoqda?

7. Muallif nega gumbazni aza tutgan ayolga yoki o‘qilmagan kitobga o‘xshatmoqda? “Devorlarning gajjak qoshida Qotib qolgan�qaysi bir yillar...” misralari bilan shoir nima demoqchi?

12 of 19

Muhokama qilamiz

1. “Gumbazdagi nur” dostonida qanday g‘oya (yoki g‘oyalar) ilgari surilgan? Gumbazdagi nur nimaning yoki kimning ramzi deb o‘ylaysiz?�2. Amir Temur, Boyazid, Mirzo Ulug‘bek kabi tarixiy obrazlar hamda mo‘ysafid, bola kabi zamonaviy timsollar asar g‘oyasini ochishda qanday ahamiyat kasb etmoqda? Fikringizni matn asosida dalillang.�3. Tarix, ulkan inshootlar, o‘n ikki me’mor haqida so‘ylayotgan shoirning bir paytning o‘zida ham shod bo‘lishi va ham g‘amgin kulishi sabablari nimada deb o‘ylaysiz? Fikringizni dalillang.

4. Dostonning “Yur, ukam, qani, yur! Oldinda xayollar... Ortda maqbara...” kabi satrlar bilan tugashida qanday mazmun yashiringan? “Oftobni yamlayotgan” ufqda yana qanday “zavollar”, “savollar” bo‘lishi mumkin?�5. Sizningcha, dostonning qaysi bobi asar umumiy g‘oyasini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda? Nega?

13 of 19

Ijodiy ish

O‘zbekistonning biron-bir diqqatga sazovor joyiga birinchi marta borganingizni eslang. Ko‘nglingizdan nimalar o‘tgan, sizni qanday o‘yxayollar band qilgan? “Mening O‘zbekistonim” mavzusida esse yozing.

14 of 19

Doston (poema) haqida bilib olamiz

Doston (poema) she’riy yo‘l bilan yozilgan yirik asar bo‘lib, unda bironbir voqeani (yoki voqealarni) bayon qilish bilan birga, muallifning ularga munosabati, ular bilan bog‘liq o‘ylari va kechinmalari tasvirlanadi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, adabiyot tarixida va zamonaviy adabiyotda dostonlarning boshqa turlari ham mavjud bo‘lib, ular bilan yuqori sinflarda tanishib boramiz.

15 of 19

Izoh qoldiring.

“Gumbazdagi nur” dostonida qanday voqea (yoki voqealar) tasvirlangan? Matndan muallifning bu voqealarga munosabati, ular bilan bog‘liq kechinmalari aks etgan o‘rinlarni toping va izohlang.

16 of 19

Savollarga javob bering

Dostonning ushbu faslida muallif nima maqsadda turli yillardagi ulkan qurilishlarni va turli kasb egalarini eslaydi? Ularning shoir “matlabi” – o‘n ikki me’morga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin?

Muallif nima uchun bu qismda qayta-qayta “Tarix tilga kiradi bir kun” demoqda? Tarix tilga kirsa, bizga nimalar haqida gapirib beradi, deb o‘ylaysiz?

17 of 19

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

18 of 19

Foydalangan adabiyot

Adabiyot 7 [Matn]: 7-sinf uchun darslik / Z. I. Mirzayeva, K. Q. Djalilov. – Toshkent: Respub -lika ta’lim markazi, 2022. – 224 b.

19 of 19

Ushbu taqdimot slaydi

mahsulotidir.

DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!