1 of 18

2 of 18

Debat nima?

3 of 18

DEBAT

biror bir voqea, hodisaga yoki mavzuga nisbatan odamlarning turli xil qarashlarni himoya qilishi.

4 of 18

“Munozara” formatidagi debat

“Gumata” debati

5 of 18

O`yin ishtirokchilari tarkibi

Tasdiq va Inkor jamoa (3 kishidan, o`z nomiga ega bo`lgan);

Ekspertlar (toq sonda 1-11 tagacha);

Timekeeper (vaqt nazoratchisi, nutq yakuniga yetayotganini 2, 1 daqiqa va 30 soniya ko`rsatkichlari bilan ko`rsatib, notiqni ogohlantiradi);

Auditoriya (tomoshabinlar).

6 of 18

Mavzu

Ahamiyatli, bahslasha oladigan, muvozanatlashtirilgan bo’lishi kеrak. Darak gap shaklida (9+/-2) (Ekologik muammolarni yеchish nufuzli yo’nalishlar safiga kiritilishi lozim).

7 of 18

Argument

ATIX asosida tuziladi, loyiha va maqsadga bog’lanishi kеrak.

Argumеntlar yordamida hakamlarni o’z nuqtai-nazaringiz kuchliroq ekanligiga ishontirasiz. Argumеntlar sust yoki kuchli bo’lishi mumkin, lеkin opponеntning hujumiga turib bеrish kеrak, mantiq va hammaga ma'lum bo’lgan faktlar va ma'lumotlar yordamida qo’llab-quvvatlanadi.

8 of 18

ATIX

Ariza

    • talab oldinga suriladi (A: Mеn uydan chiqmayman.)

Tushuntirish

    • talab tushuntiriladi (T: Bugun yomg’ir yog’adi.)

Isbot

    • dalil va mantiq orqali isbot amalga oshiriladi (I:«Axborotda» yomg’ir yog’ishning ehtimoli borligi haqida aytilgan edi, ko’chada shamol, osmon bulut.)

Xulosa

    • xulosa chiqariladi isbot + tushuntirish + ariza (X: Shuning uchun mеn uydan chiqmayman).

9 of 18

CHAPPA-ROSTA SAVOLLAR

T 1

I 3

I 2

T 3

T 2

I 1

10 of 18

T 1 – 6 daqiqa

Hamma bilan salomlashadi va o`z jamoasini taqdim etadi.

Debatning mavzusini e’lon qilib, uni tasdiqlaydi va ahamiyatini ochib beradi.

Tushunchalarni ta’riflaydi

Kriteriyni taqdim etib, tasdiqlaydi.

Argumentlarni birma-bir taqdim etadi:

Argument 1 …

Argument 2 … …

Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”.

I 3 ning savollariga javob berib, o`zi I 2 ga savol beradi.

 

(Barcha argumentlarni faqat T1 taqdim etadi)

11 of 18

I 1 – 6 daqiqa

Hamma bilan salomlashadi va o`z jamoasini taqdim etadi.

Debatning mavzusini e’lon qilib, uni inkor etadi va tarafining ahamiyatini ochib beradi.

Agar T-jamoasining tushunchalarining ta’riflari ma’qul kelmasa, o`z tushunchalarini taqdim etadi.

T jamoaning kriteriysini qabul qiladi yoki o`z kriteriysini taqdim etadi.

T jamoasining hamma argumentlarini birma-bir inkor etadi.

O`z argumentlarini taqdim etadi:

Argument 1…

Argument 2… …

Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”.

T 3 ning savollariga javob berib, T 2 ga savol beradi.

 

(Barcha argumentlarni va qarama-qarshi argumentlarni I 1 taqdim etadi)

12 of 18

T 2– 5 daqiqa

Hamma bilan salomlashadi.

“rebuttal” qilib, o`z nuqtai nazarini tiklaydi.

O`z argumentlarini yangi dalillar bilan mustahkamlaydi. (Yangi argumentlar kiritmaydi).

O`z argumentlarining ustun ekanligini ko`rsatadi.

Opponentlarini inkor etadi.

Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”.

I 1 ning savollariga javob beradi.

13 of 18

I 2 – 5 daqiqa

Hamma bilan salomlashadi.

“rebuttal” qilib, o`z nuqtai nazarini tiklaydi.

O`z argumentlarini yangi dalillar bilan mustahkamlaydi. (Yangi argumentlar kiritmaydi).

O`z argumentlarining ustun ekanligini ko`rsatadi.

Opponentlarini inkor etadi.

Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”.

T 1 ning savollariga javob beradi.

14 of 18

T 3 - 5 daqiqa

O`yinning natijasini chiqaradi, asosiy to`qnashuv joylarini ochib beradi.

Hakamlarga o`z kriteriysi va argumentlarining ustunligini tasdiqlab beradi.

Opponentlarining nuqtai nazarini inkor etadi, lekin yangi argument keltirmaydi.

O`z nuqtai nazariy chizig`ini tugallaydi. (Boshqa spikerlardan ko`ra bu so`zlarda dalilllar kamroq bo`lishi kerak)

I 1 ga savollar beradi.

O`z chiqishini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Shu sabablarga ko`ra hakamlardan o`z ovozlarini bizning jamoamizga berishini so`raymiz”

15 of 18

I 3 – 5 daqiqa

O`yinning natijasini chiqaradi, asosiy to`qnashuv joylarini ochib beradi.

Hakamlarga o`z kriteriysi va argumentlarining ustunligini tasdiqlab beradi.

Opponentlarining nuqtai nazarini inkor etadi, lekin yangi argument keltirmaydi. T 3 tomonidan keltirilgan yangi dalillarni inkor etmaydi.

O`z nuqtai nazariy chizig`ini tugallaydi. (Boshqa spikerlardan ko`ra bu so`zlarda dalilllar kamroq bo`lishi kerak)

T 1 ga savollar beradi.

O`z chiqishini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Shu sabablarga ko`ra hakamlardan o`z ovozlarini bizning jamoamizga berishini so`raymiz”

16 of 18

  • Inkor 2 dan boshlab har bir spiker chappa-rosta savollardan xulosa chiqarishi lozim.
  • Chappa-rosta savollar uchun maksimal 3 daqiqa vaqt ajratilgan.
  • Har bir jamoaning 8 daqiqa umumiy vaqti bo`lib, jamoa kelishgan holatda ushbu vaqtdan bo`lib foydalanishi mumkin. Faqat T1 nutqidan oldin bu vaqtdan foydalana olmaydi.

17 of 18

Alohida maslahatlar

  • Mavzuni to`liq o`rganishga harakat qiling, ko`proq o`qing! Raqibning ehtimoliy zarbalarini hisoblab chiqing va unga tayyorlaning!
  • Nutqda gumonsiramang, noaniqliklarga yo`l qo`ymang. “Bo`lishi mumkin”, “kim bilsin”, “raqib jamoa to`g`ri aytayotgandir” kabi jumlalarni ishlatmang!
  • To`liq ishonch bilan gapiring!
  • Har doim odobni saqlang, asabiylashmang, jahl qilmang!
  • O`z nutqingizda o`rinli hazillarni ishlating!
  • Tez gapirmang, shoshilmang!
  • Raqib jamoaning har bir notig`ining fikriga diqqat qiling, yozib oling!
  • Truizm (Alixo`ja-Xo`jaali), tavtoligiya (inkor etib bo`lmas g`oya), maxsus bilimlar, diniy, irqiy manbalardan, yuqori siyosiy nufuzga ega bo`lgan kuchlarga ochiq tanqiddan foydalanmang!
  • O`zingizga ishoning! SIZ ENG YAXSHI NOTIQSIZ!!!

18 of 18

Kelajakda yashashni orzu qilgan hayotingni hozirdan boshla! � (Mark Avreliy)

E`tiboringiz uchun

tashakkur!