1 of 23

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida neft-gaz sohasida erishgan yutuqlari.

Reja:

  1. Neft-gaz sohasidagi korxonalar va ularning rivojlanish istiqbollari.
  2. Neft-gaz sohasini rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar va neft-gaz qazib olish dinamikasi.

2 of 23

  • Neftni sanoatlashgan tarzda qazib olish ishlari Oʻzbekistonda 1885-yilda boshlangan. Neft Fargʻona vodiysida joylashgan Chimion qishlogʻi yaqinidagi ikki burgʻ qudugʻidan qazib olinar edi.
  • 1900-yilda ushbu mintaqada jiddiy razvedka ishlari boshlandi va 1904-yilda 270 metrdan ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqdi. 1906-yilda Fargʻona viloyatida1900-yilda ushbu mintaqada jiddiy razvedka ishlari boshlandi va 1904-yilda 270 metrdan ortiq chuqurlikdan neft favvorasi otilib chiqdi. 1906-yilda Fargʻona viloyatida neft haydash zavodi qurilib, u davriy harakat qiluvchi bitta ikki kubali qurilmadan iborat edi. Neft konidan qazilma boylik ot-ulov transportida tashilar edi. Neftning sifati esa termometr va areometr yordamida aniqlanar edi. Qayta ishlash natijasida olinadigan asosiy mahsulotlar chiroq kerosini va isitish mazuti edi.
  • 1915-1916-yillarda, Oʻrta Osiyoda ichki yonuv dvigateli yordamida harakatlanadigan avtomobillar paydo boʻlgandan keyingina benzin foydali mahsulotga aylandi. Mahsulot Afgʻoniston va Xitoyga temir yoʻl va ot-ulov transportida eksport qilinar edi.
  • 1907-yilda zavodni aka-uka Nobellar sotib olishdi va uning bosqichma-bosqich rekonstruksiyasini boshlashdi. Oʻsha yilning oʻzida Chimion konidan zavodgacha tortilgan toʻrt dyuymli neft quvuridan foydalana boshlandi hamda rezervuar parki qurildi.
  • 1940-yilga kelib zavod oʻz laboratoriyasiga ega boʻldi, texnologik jarayon sifat jihatidan yuksaldi, yillik ishlab chiqarish quvvati 176 ming tonnaga etdi.
  • 1972-yilda Qashqadaryo viloyatida jahondagi eng yirik qurilmalardan biri boʻlgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurildi,
  • 1980-yilda esa Shoʻrtanda1980-yilda esa Shoʻrtanda zavod ishga tushirildi. Birinchi gaz 1953-yil Qizilqum choʻlidagi Setalantepa konidan qazib olindi.
  • 1962-yilda noyob Gazli koni ishga tushirilgandan keyin Buxoro — Ural va Oʻrta Osiyo — Markaz transkontinental gaz quvuryoʻllari oʻtkazildi.

3 of 23

3-may 1992-yil Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi farmoni imzolandi. 

23-dekabr 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston neft va gaz sanoati davlat konsernini „Oʻzbekneftgaz“ neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrida" Farmoni eʼlon qilindi.

11-dekabr 1998-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekneftgaz neft va gaz sanoati Milliy korporatsiyasini „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrida" gi Farmoni imzolandi. „Oʻzbekneftgaz“ MXK — bir butun birlashgan uch pogʻonali xolding kompaniya. Kompaniyani amaldagi boshqaruv tizimi „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446 son Qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-iyuldagi PQ-906 son „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

4 of 23

  • Respublika sanoati barqaror, jadal va mos ravishda rivojlanishini, qayta oʻzgartirishlar strukturasini chuqurlashtirish, soha komplekslari va sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida uning asosiy sohalarini diversifikatsiyalashga, hamda eksport salohiyati, samaradorligi, raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar 2011-2015-yillarda respublika sanoatini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlarida belgilab berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15-dekabr 2010-yildagi „2011-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrida“gi PQ-1442 son Qarori qabul qilingan. Bugungi kunda „Oʻzbekneftgaz“ MXK neft-gaz sohasining barcha faoliyat yoʻnalishlarini taʼminlaydigan, 200 dan ortiq korxonalarni birlashtirgan, 120 mingdan ortiq kishi ishlaydigan, vertikal bir butun birlashgan, uch pogʻonali xolding kompaniyadir.

5 of 23

  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodi. 1997-yil tarkibi „Teknip“ (Fransiya), „Marubeni“, „Djey Dji-Si“ (Yaponiya) kompaniyalardan iborat konsorsium bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
  • Xoʻjaobod yer osti gaz saqlash ombori. 1999-yil „Dresser-Rend“ (AQSh) kompaniyasining kompressorlari asosida „BSI Indastriz“(AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda Xoʻjaobod yer ostida gazni saqlash ombori foydalanishga topshirildi.
  • Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi. 2001-yilda tarkibiga „Mitsui“, „Toyo injiniring“, „Nisho Ivai“ va „ABB Soimi“ (Italiya) kompaniyalari kirgan, „ABB Lummus Global“ (AQSh) kompaniyasi etakchiligidagi konsorsium bilan hamkorlikda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining qurilishi amalga oshirildi. Shoʻrtan konida gazni siqish kompressor stansiyasi qurilish loyihasi „Beytman“ (Isroil) inijiniring kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va obyekt 2003-yil foydalanishga topshirildi.

6 of 23

  • Koʻkdumaloq neft-gazkondensat koni. Koʻkdumaloq konida „Dresser-Rend“ (AQSh) kompaniyasining qurilmalari asosida kompressor stansiyasi qurildi va 1997-yil foydalanishga topshirildi. Koʻkdumaloq kompressor stansiyasining qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi neft-gaz sohasining rivojlanishidagi muhim qadam boʻldi. „Kellog“ (AQSh), „Nisho Ivai“ (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarining boshlanishi hisoblanadi.
  • Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi. Yuqori sifatli neft mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 2000-yilda „Mitsui“ va „ Toyo injiniring“ (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining rekonstruksiyasi amalga oshirildi.
  • 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan tarkibi Rossiyaning Lukoyl neft kompaniyasi hamda „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasidan iborat investorlar konsorsiumi oʻrtasida Qandim-Xavzak-Shodi uchastkalari va Qoʻngʻirot uchastkalari boʻyicha 35 yil muddatga (mega-loyiha) mahsulotni taqsimlash Kelishuvi (SRP) imzolandi.
  • Uzbekistan GTLKoreya Respublikasi. Koreya Respublikasi, Xitoy. Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya. Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida qurilayotgan, qiymati 3,6 mlrd dollarlik yirik korxona. 2020-yilda ishga tushadi.

7 of 23

Neft va gaz konlari aniqlangan zaxiralarning miqdoriga qarab quyidagicha tasniflanadi:

  • - noyob konlar, neft zaxirasi 300 mln.tonnadan va gaz zaxirasi 300 mlrd.m3 dan yuqori;
  • - juda katta konlar, neft zaxirasi 100 dan 300 mln.tonnagacha, gaz zaxirasi 100 dan 300 mlrd.m3 gacha;
  • - katta konlar, neft zaxirasi 30 dan 100 mln.tonnagacha va gaz zaxirasi 30 dan 100 mlrd.m3 gacha;
  • - o’rtacha konlar, neft zaxirasi 3 dan 30 mln.tonnagacha va gaz zaxirasi 3 dan 30 mlrd.m3 gacha;
  • - mayda konlar, neft zaxirasi 3 mln.tonnadan va gaz zaxirasi 3 mlrd.m3 dan kam bo’lgan.

8 of 23

9 of 23

10 of 23

11 of 23

12 of 23

13 of 23

14 of 23

15 of 23

Mavzu: O‘zbekiston neft-gaz sohasining mavjud muammolari va rivojlanish istiqbollari.

 

Reja:

1. O’zbek neft-gaz sanoatidagi muammolar va rivojlanish istiqbollari.

2. Neft mahsulotlari eksporti.

3. Neft-gaz mahsulotlarini qayta ishlash.

16 of 23

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi "Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan "O'zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi.

Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko'paytirishning 2021-yilgacha bo'lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.

2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo'yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko'plab muammolar to'planib qolgan.

Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg'ilash hajmi bo'yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to'liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo'lar edi.

Shuningdek, ekspluatatsion burg'ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan.

17 of 23

Oʻzbekistonda jami 61 mlrd. m3 gaz qazib olinadi, shundan 35-40 mlrd. m3 “Oʻzbekneftgaz” hissasiga toʻgʻri keladi. 2019-yilda kompaniya xorijga gaz yetkazib berishni 15 mlrd. m3 gacha oshirdi.

O‘zbekiston 2018-yilda 13 млрд. м3 gaz eksport qilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 15 млрд. м3 dan ortiqni tashkil etdi. Gaz eksporti tarkibida Xitoyga yetkazib berish hajmi 8 mlrd.m3, Rossiyaga – 4,5 mlrd.m3, Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga – 2,5 mlrd.m3, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga – 500-550 mln. m3. Ayni paytda O‘zbekiston gazini eksport qilishda uchta asosiy hamkor – Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishida amalga oshirilmoqda.

Eksportning katta qismi Rossiyaga (2010-2015 yillarda umumiy pasayish tendentsiyasi bilan hajmi yiliga 1-10 mlrd.m3 oralig'ida o'zgarib turdi), shu jumladan Rossiya kompaniyalariga tufayli bu hajmlar Buxoro-Ural "Markaziy Osiyo-Markaz" gaz quvurlari orqali yetkazib beriladi.

18 of 23

Bugungi kunda Sho‘rtan GKK tomonidan ishlab chiqarilgan polietilenning 60 foizi Yevropa (Polsha, Vengriya, Litva, Latviya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH (Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston) va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston 2025 yilgacha gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu orqali gazni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilda Oʻzbekistonda qazib olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti uch baravar kamaygan, Rossiyaga esa butunlay toʻxtagan.

O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning sakkiz oyi davomida jamiyatning neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va gazni qayta ishlash zavodi sanoat tarmoqlarining 14 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘z xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur davr ichida milliy valyutada 689,2 mlrd so‘m, shu jumladan xorijiy valutada 22,7 mln dollarlik xizmatlar bajarilgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda o‘sish sur'ati milliy valutada 55 mlrd so‘mni (+31%), xorijiy valutada esa 2,3 mln dollarni (+13,5%) tashkil etdi. “O‘zbekneftgaz” AJ respublika hududida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar hamda qo‘shma korxonalarga o‘zining asosiy xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

19 of 23

Ular qatoridan:

  • Rossiya Federatsiyasining “Lukoyl” korxonasi (22,7 mln dollarlik);
  • “O‘zbekneftgaz” AJ va Shveytsariyaning “Gas Project Development” hamda “Altmax Holding” korxonalari ishtirokidagi “Natural Gaz Strim” qo‘shma korxonasi (153,7 mlrd so‘mlik);
  • AQShning “Epsilon Development Kompani” xorijiy korxonasi (190,9 mlrd so‘mlik);
  • “Nyu Silk Road” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi (48,7 mlrd so‘mlik);
  • “Gissarneftegaz” MChJ qo‘shma korxonasi (16,2 mlrd so‘mlik);
  • “Jizzax Petroleum” qo‘shma korxonasi (21,4 mlrd so‘mlik);
  • “Ko‘kdumaloq-gaz” o‘zbek-shveysariya-britaniya qo‘shma korxonasi (7,4 mlrd so‘mlik) va boshqa korxonalar (5,2 mlrd so‘mlik ) o‘rin olgan.

20 of 23

O‘tgan sakkiz oy davomida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ko‘rsatilgan jami xizmatlarning korxonalar kesimidagi ulushlari quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 60,8 %;
  • Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 16,3%;
  • Muborak gazni qayta ishlash zavodiga —13,8%;
  • Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga — 9,3%.

Ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi bo‘yicha esa tabiiy gazni qayta ishlash – 294,6 mlrd so‘m, suyultirilgan gaz, gaz kondensat va oltingugurt ishlab chiqarish – 98,2 mlrd so‘m, tabiiy gazni siqish (komprimirovaniye) – 108,9 mlrd so‘m, tabiiy gaz va gaz kondensatini tayyorlash – 82,8 mlrd so‘m, tashish xizmatlari – 62,6 mlrd so‘m hamda saqlash va yuklash – 35,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

21 of 23

  • O‘zbekistonda uglevodorod xomashyosini qayta ishlash kursi o‘tkazildi. Yana bir strategik muhim yo'nalish - mavjud investitsiya bloklarida neft va gaz zonalarini yuqori oqimda qidirish.
  • 2018-yilda neft-gaz sanoatida tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarildi, keyingi 10 yilda bu ko‘rsatkichni 7 barobarga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
  • Binobarin, O‘zbekiston neft va gaz kimyosiga ustuvor ahamiyat berish zarur. Yangi turdagi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilen) asosidagi sintetik kauchuk va metanoldan olefin olish texnologiyalarini ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun qariyib 9 mlrd. dollar jalb etish zarur. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun neft-gaz sohasida katta tajribaga ega Yevropa, Yaponiya, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb etish ko‘zda tutilgan.

22 of 23

  • “O‘zneftmahsulot” davlat korxonasi nominal quvvati yiliga mos ravishda 5,5 million tonna, 3,2 million tonna va 2,5 million tonna bo‘lgan Farg‘ona (1958-yil foydalanishga topshirilgan), Buxoro (1998-yil foydalanishga topshirilgan) va Oltiariq (1908-yil) neftni qayta ishlash zavodlarini boshqaradi va umumiy qayta ishlash quvvati yiliga 11,2 million tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo`ladi.
  • Shu bilan birga, bugungi kunda mazkur obyektlarning o‘rtacha yuklanishi 34,2 foizni tashkil etadi. Kam yuklanishga sabab O‘zbekistonda neft qazib olishning kamaygani hamda Qozog‘iston va Rossiyadan neft import qilishdagi logistika qiyinchiliklaridir.
  • 1-rasmda O‘zbekistonda neft qazib olish va neftni qayta ishlash dinamikasi ko‘rsatilgan.

23 of 23

1-rasm. O‘zbekistonda neft qazib olish va neftni qayta ishlash dinamikasi.