6-mavzu.�QO‘SHIB YOZILADIMI, AJRATIB?
6.1-mashq. Matnni tinglab, unga sarlavha qo‘ying.
Namozshom. Radioda konsert bo‘lyapti. „Endi „Cho‘li iroq“ni tinglang“.
Baxtiyor radioni o‘chirmoqchi, sug‘urib olib hovliga irg‘itmoqchi bo‘ldi. Lekin qandaydir kuch, iroda uni bu fikridan qaytardi. „Radioda, kuyda nima ayb? O‘chirganim bilan...“ Qo‘shtabaqa eshik kesakisiga suyanib, poyabzali iplarini yecharkan, kuyning sirli-sehrli to‘riga ilinib qolganini – berilib tinglayotganini o‘zi ham sezmasdi. Satodan taralayotgan mungli ohang ich-ichiga kirayotganday, yurak pardalarini zirillatayotgandek bo‘ldi. Endi bu jon o‘rtaguvchi navo ichidan eshitilayotganday tuyildi.
Olis-olislardan kimningdir nolakor, ammo shiddatli, isyonkor, mardona sadosi chalindi qulog‘iga:
Baski, qo‘ydim men falakning yelkasiga g‘am yukin,
Kiydi motam to‘nini-yu, bo‘ldi qaddi ham duto…
Eshik qars ochilib, Muhabbat kirdi. Chiroqni yoqdi.
– Sizga nima bo‘ldi?
Baxtiyor gapirmadi. Faqat „jim“ degandek qo‘lini ko‘tardi-da, radioga ishora qildi. Shundagina Muhabbat kuyni eshitdi. U Baxtiyorga qaradi. Qaradi-yu, uning ko‘zlarida yaltirab turgan yosh tomchilarini ko‘rdi.
… Kuy tindi.
(M. Hazratqulov)
Qo‘shma so‘zlar imlosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlar
1) qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlar: olibsotar, uchburchak, sassiqpopishak.
Chunki bunday qo‘shma so‘zda so‘z urg‘usi bitta bo‘ladi.
Ajratib yoziladigan so‘zlar
2) ajratib yoziladigan so‘zlar qismining har birida alohida so‘z urg‘usi bo‘ladi: olib kelmoq, xarid qilmoq. O‘zbekiston Respublikasi, qo‘sh tabaqali.
Qo‘shib yoziladimi yoki ajratib?
Qo‘shma so‘zlar so‘z birikmasidan hosil bo‘ladi. Butunlay qo‘shma so‘zga
aylangan so‘z birikmalari qismlari
qo‘shib, endi qo‘shma so‘zga
aylanayotganlari ajratib yoziladi.
Misol
so‘zboshi, temir yo‘l, olma, ko‘prik.
Qo‘shib yoziladimi yoki ajratib?
Ba’zi qo‘shma so‘zlar qo‘shib ham,
ajratib ham yozish hollari uchraydi: soch
siypatar – sochsiypatar, beshikto‘y – beshik to‘yi kabi.
Qo‘shib yoziladimi yoki ajratib?
Juft so‘zlar ham ikki xil
yoziladi: katta-kichik – katta-yu kichik kabi.
foto | sahifa |
televizion | kamera |
disk | choynak |
veb | stansiya |
kino | teatr |
elektr | ko‘rsatuv |
radio | yuritgich |
Namuna: fotokamera, …
6.5-mashq. „Kim chaqqon?“ musobaqasini uyushtiring. Aralash berilgan so‘zlardan qo‘shma so‘zlar hosil qiling va ularning yozilishini lug‘atdan tekshiring:
6.6-mashq. Quyida berilgan so‘zlarga diqqat qilib, ularning yozilishi sababini izohlang.
Unter-ofitser
kilovatt-soat
metr-sekund
shtab-kvartira.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
6.1- topshiriq.
Matn bilan tanishing. Yozuvchining kuzatuvchanlik mahorati haqida fikr yuriting.
6.2- topshiriq.
Gaplardagi qo‘shma so‘zlar bilan bog‘liq xatolarni tuzatib ko‘chiring.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Foydalanilgan adabiyot:
Baxtiyor Mengliyev, Sharofat Toshmirzayeva, Saodat Atoyeva, Saida Majidova. Ona tili. 2-qism. [Matn]: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik. Toshkent: “O‘qituvchi” NMIU, 2020
Ushbu taqdimot slaydi
mahsulotidir.
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!