80
O’zbek adabiyotining taniqli vakili,
O’zbekiston xalq shoiri,
O’zbekiston Qahramoni
Erkin Vohidov
1936-yil 28-dekabrda
Farg’ona viloyatining
Olitiariq tumanida
tavallud topgan.
� Otasi Cho'yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro'-e'tiborli, ma'rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval ikkinchi jahon urushida qatnashib, og'ir yarador bo'lib qaytgan ota, so'ng ona dunyodan o'tdi. Bo'lg'usi shoirning opasi va ukasi ham go'dakligida vafot etgan edi. “Ikki qisqa umrning yolg'iz yodgori” bo'Iib qolgan yosh Erkin toshkentlik tog'asi qo'lida qoldi. Uning o'spirinlik, yoshlik yillari� Toshkentda o'tdi. �
U ulg'aygan xonadon ma'rifatga, san'atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo'lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she'riyatga mehr va mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakllandi. 7-sinfda o’qigan kezlarida 1-she`ri “Mushtum” jurnalida chop etildi.
Erkin Vohidov 1955-1960-yillarda ToshDU (hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti)ning o'zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali - “Yoshlik” jurnalining asoschisi (1982).
Universitet ta'limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she'rlar kitobi ,,Tong nafasi" talabalik yillarida yaratildi.
Erkin Vohidov
Adabiyot-shunos
Shoir
Jamoat arbobi
Publitsist
Dra-maturg
Tarjimon
dostonnavis
Uning birinchi kitobi «Tong nafasi» 1961-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning «Qoʻshiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1964), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Yoshlik devoni»(1969), «Charogʻbon» (1970), «Quyosh maskani» (1972), «Tirik sayyoralar» (1978), «Sharqiy qirgʻoq» (1981), «Kelajakka maktub» (1983), «Muhabbat» (1984), «Hozirgi yoshlar» (1986), «Iztirob» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr qilindi.
Istadim sayr aylamoqni
Men g'azal bo'stonida.
Kulmangiz, ne bor senga deb
Mir Alisher yonida.
She'riyat dunyosi keng,
Gulzori ko'p, bo'stoni ko'p,
Har ko'ngil arzini aytur
Neki bor imkonida.
Ey munaqqid, sen g'azalni
Ko'hna deb kamsitmagil,
Sevgi ham Odam Atodin
Qolgan inson qonida,
Barcha shodlik senga bo'lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga...
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber.
Senga bo'lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
(„ Barcha shodlik senga bo 'lsin ")
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o'zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.
Ko'zim yongay senga nargis —
Ko'zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
(„ Rashkim")
KAMTARLIK HAQIDA
Garchi shuncha mag`rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo`l, hatto bir qadam
O`tma g`urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O`par doim peshonasidan.
Ijodkor so‘zining ilohiyligi shundaki, u ijod qilish jarayonida nima yozayotganini o‘zi ham bilmaydi, to‘xtovsiz yozaveradi. Gaplashib o‘tirganida oddiy, hamma qatori odam. Ijod stoliga o‘tirganda, she'ri yuksaklikka ko‘tarilganda, butunlay boshqa odamga aylanadi.
O'zbek Navoiyni
o'qimay qo'ysa...
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Oltin boshning kalla bo'lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo'lgani shudir.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Dod demoqqa palla bo'lgani shudir.
Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa,
Aza chog'i yalla bo'lgani shudir.
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa,
Aldangani, alla bo'lgani shudir.
Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor
bo'lsa,
Paytavaning salla bo'lgani shudir.
El komil bo'lmasa, yurt emas ulug',
Beqadr mahalla bo'lgani shudir.
Qalb to'la nur xalqning rizqi ham
to'lig',
Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir.
QARO QOSHING
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.
SHOIR-U SHE'R-U SHUUR
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so`z yondosh bo`lur:
Mohir-u mehr-u mahorat,
Olim-u ilm-u amal,
Oshiq-u ishq-u mashaqqat,
Shoir-u she'r-u shuur.
DO`ST BILAN OBOD UYING
Do`st bilan obod uying,
Gar bo`lsa u vayrona ham,
Do`st qadam qo`ymas esa,
Vayronadir koshona ham.
Intizor har uy dilovar
Dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo`sa qabohat
Yig`lagay ostona ham.
Yaxshi do`stlar davrasida
Ochilursan har zamon,
Ko`rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.
RASHKIM
Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o`zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo`lurman g`ash ko`zimdan ham.
Ko`zim yongay senga nargis —
Ko`zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo`lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.
“Odamlarga faqat she’ring emas, o‘zing ham kerakligingni sezish - bu katta baxt” - deb yozgan edi shoir o‘z tarjimai holida.
“Hech ikkilanmay, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Erkin Vohidov - o‘zbek she’riyatining ko‘rki va faxri. Bu fikrda zarracha mubolag‘a yo‘q”.
Ozod Sharafiddinov, O’zbekiston qahramoni.
Erkin Vohidov I.Gyote, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, A. Tvardovskiy, R. Hamzatov asarlarini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.
Ey sen, latif do‘st, bu senga� Umrim kitobidir,�Umrim kitobi ne, olis� Yo‘l sarhisobidir.�Bu yo‘l ravon emas, uning� Past-u balandi ko‘p,�Jon rishtasidek misralar� Yo‘lning tanobidir.�Bir shahar nomi Ibtido,� Bir shahar Intiho,�Jonimda ikki shah aro� Yo‘l iztirobidir.
�Sen kim eding, kim bo‘lding, ey,� Dil, deb so‘raydi dil,�She'r asli dil savoliga� Dilning javobidir.�Umrim agar bog- bo‘lsa, siz� Bog‘bonisiz, elim,�Tutdim, oling, — o‘z bog‘ingiz� Sharbat, gulobidir.�Yoshing necha deb so‘rmangiz,� Yoron-u ahli dil,�Erkin Vatan yoshi mening� Yoshim hisobidir.
E.Vohidov