1 of 25

Takrorlash. O‘qish savodxonligi

2 of 25

A VARIANT

I QISM

Quyidagi matnni o‘qing va u asosida berilgan 1–5- topshiriqlarni bajaring.

QON TOPSHIRISH

Donorlik – hayotni asrab qoladi! Inson qonining butunlay o‘rnini bosuvchi hech qanday modda mavjud emas. Shuning uchun inson umrini saqlab qolishda donorlik xizmati muhim ahamiyatga ega. Fransiyada har yili 500 000 nafar bemorga qon quyish orqali o‘z xastaliklarini yengillashtirishiga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

3 of 25

4 of 25

Qon olish uchun bir martalik sterillangan asboblardan (shpris, naychalar, konteyner) foydalaniladi. Qon topshirayotib, siz hech qanday tahlikaga duchor bo‘lmaysiz. Qon topshirish begonalarga beg‘araz yordam berishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib, u atigi 45 daqiqadan 1 soatgacha vaqtni oladi. Donordan 450 ml qon va tahlil qilish hamda yana tekshirish uchun bir necha tomchi qon olinadi. Erkak kishi yiliga 5 marta qon topshirishi mumkin. Ayol kishini esa yiliga 3 marta qon topshirishi maqsadga muvofiq sanaladi. 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan insonlar donor bo‘lishlari mumkin. Har bir qon topshirilgandan so‘ng, albatta, 8 hafta tanaffus bo‘lishi kerak.

(“Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash” to‘plamidan)

5 of 25

6 of 25

7 of 25

8 of 25

9 of 25

  • I QISM
  • Quyidagi matnni o‘qing va u asosida berilgan 6 – 10-topshiriqlarni bajaring.
  • O‘ZBEKISTON AHOLISINING KO‘PAYISHI
  • Aholi sonining ko‘payishi davlatning rivojlanishi va taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillardan biri. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra (2018-y.) O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda 44-o‘rinda turadi va aholi soni o‘sib bormoqda. Darhaqiqat, keyingi yillarda O‘zbekistonda tug‘ilish soni o‘lim soniga nisbatan ortganligi hisobiga aholi soni ko‘payib bormoqda. Aholining ko‘payish ko‘lami diagrammada ko‘rsatilgan(1-rasm). Мustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа аhоlining tug‘ilish vа o‘lim ko‘rsаtkichlаridа hаm o‘zgаrishlаr kuzatildi.

10 of 25

11 of 25

  • 1991-yildа rеspublikаdа 723,4 ming nаfаr bоlа tug‘ilgаn bo‘lsа, kеyingi yillаrdа tug‘ilish sоni kаmаyib, 2001-yildа tug‘ilish 513 ming nаfаrni tаshkil etdi. Kеyinchаlik аhоlining turmush fаrоvоnligi ko‘tаrilishi bilаn tug‘ilish sоni hаm ko‘pаydi. 2017-yilgа kеlib 716 mingdаn оrtiq chаqаlоq tug‘ilgan bo‘lsa, 2018-yilda 768 mingdаn оrtiq bola dunyogа kеlgan. 2019 yil esa 815,9 ming bola tug‘ilishi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 1000 aholiga tug‘ilish darajasi 24,3 promilleni tashkil etdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan 1 promillega ko‘paydi. Umuman olganda O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 33905,8 ming kishini tashkil etmoqda. Mehnatga yaroqli yoshdan kichiklar aholining 30,5 foizini, mehnatga layoqatli yoshdagilar 58,9 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 10,6 foizni tashkil etdi.

12 of 25

Aholi sonining oshishiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan yana biri umr dаvоmiyligi ko‘rsatkichidir. Маmlаkаtimizdа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichida ham so‘nggi yillаrdа o‘sish kuzatilgan, jumlаdаn, 1991-yildа ushbu ko‘rsаtkich 66,4 yoshni tаshkil etgаn bo‘lsа, 2000-yildа 70,8 yoshni, 2010-yildа 73,0 yoshni tаshkil etdi. 2016-yilga kelib esa 73,8 yoshni tаshkil etgаn(3-rasm)

13 of 25

Shuningdek, tibbiyot sоhаsidа amalga oshirilayotgan islohotlar nаtijаsidа rеspublikаdа o‘lim dаrаjаsi, jumlаdаn, bоlаlаr vа оnаlаr o‘limi ko‘rsаtkichlаri pаsаydi vа bu esa rеspublikа аhоlisi o‘rtаsidа umr dаvоmiyligi ko‘rsаtkichining o‘sishigа o‘z tа’sirini ko‘rsаtdi. Xulosa qilib aytganda, turmush darajasining ko‘tarilganligi, hayotning farovonlashgani hisobiga O‘zbekiston aholisi yiliga yarim mlndan ortiq kishiga ko‘payib bormoqda. Ya’ni ko‘plab mehnat kuchi, ko‘p sonli iste’molchi vujudga kelayotganini bildiradi. Bu esa respublika rivojiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

(Internet manbalari asosida tayyorlandi, 310 ta so‘zdan iborat)

14 of 25

15 of 25

B VARIANT

I QISM

Quyida keltirilgan matnni o‘qing va u asosida berilgan 1–5- topshiriqlarni bajaring

OYDA O‘SGAN PAXTA

O‘simliklarni fazoda ham o‘stirish mumkinmi? Olimlar bu savolga javob topish uchun uzoq yillardan buyon turli tajribalar qilib kelmoqda. Hozirgacha eng yaxshi natijalar Xalqaro Kosmik stansiyasida qayd etilgan. Stansiyada maxsus “tomorqa” bo‘lib, bu joyda o‘simliklar parvarishlanadi. Shu kungacha bug‘doy, kartoshka, turli ko‘katlar va gullar o‘stirilgan. Ularni bemalol yeyish mumkin. Shu yilning yanvar oyida yana bir ajoyib tajriba o‘tkazildi. Tarixda ilk bor Oy sathida o‘simlik unib chiqdi. Buni xitoylik olimlar amalga oshirdi. Gap shundaki, 2020-yil 3-yanvarda Xitoyning Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan “Chan’e-4” qurilmasida maxsus quti ham bor edi.

16 of 25

Qutining ichiga kartoshka urug‘i, ipak qurti lichinkasi va paxta urug‘i kabi biologik turlar joylashtiriladi. Bu bilan olimlar Oyning noqulay sharoitida ham o‘simliklarni yetishtirishga urinib ko‘rishmoqchi edi. Bir necha kun o‘tib kutilgan natijaga erishildi. Paxta urug‘i unib chiqa boshladi. Demak, kelajakda odamlar Oyni yoki Marsni o‘zlashtirishsa, u yerlarda turli o‘simliklar ekishi mumkin ekan. Bu o‘simliklar fazogirlarni nafas olish uchun kislorod va qorin to‘yg‘izish uchun ovqat bilan ta’minlab turadi.

(“Jajji akademik”dan)

17 of 25

1.Matnda qo‘llangan “tomorqa” so‘zining matndagi ma’nosini aniqlang.

A. ekin-tekin qilinadigan hovlining oldidagi yer

B. barcha sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus yashash manzili

C. uyning orqasidagi dehqonchilik qilib daromad olinadigan ekinzor

D. o‘ziga xos sharoitga ega bo‘lgan o‘simliklar yetishtiradigan joy

2. Matnda: “O‘simliklarni fazoda ham o‘stirish mumkinmi?” degan savol keltirilgan.

Ushbu jumlaning mazmunini aniqlang.

A. O‘simliklar faqat yerda o‘sadi, boshqa sayyoralarda o‘smaydi.

B. Odamzod koinotdagi boshqa biror manzilda yashash uchun sharoit yarata oladimi?

C. Boshqa biror sayyorada bog‘-rog‘lar tashkil qilib daromad qilish mumkinmi?

D. Koinotdagi sayyoralarda kislorod borligini aniqlash kerak.

18 of 25

3. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.

I. Fazoda birinchi o‘stirilgan o‘simlik paxta hisoblanadi.

II. Koinotdagi sayyoralarda yetishtirilgan mevalarni tanovul qilib bo‘lmaydi.

A. To‘g‘ri

B. Noto‘g‘ri

Javob: I

II

19 of 25

20 of 25

II qism�Quyidagi keltirilgan jadvallardan ma’lumotlarni o’qib, u asosida berilgan 6-10-topshiriqlarni bajaring

21 of 25

22 of 25

7. Dastlabki besh yillikda aholi jon boshiga real umumiy daromadlar eng kam ko‘rsatkichni tashkil etgan viloyatni aniqlang.

Javob: ________

8. So‘nggi yilda aholi jon boshiga real umumiy daromadlar eng ko‘p ko‘rsatkichni tashkil etgan dastlabki uchta viloyatni aniqlang.

Javob: ________

9. 2018-yilda inflyatsiya ko‘rsatkichini hisobga olganda respublikada aholi jon boshiga real umumiy daromadlar qariyb 18 % ga o‘sgan?

A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri

10.O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga real umumiy daromadlar 10 yil ichida 8 barobarga o‘sdi?

A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri

23 of 25

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

24 of 25

FOYDALANILGAN ADABIYOT:

Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev va boshq.– Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 224 b.

25 of 25

USHBU TAQDIMOT SLAYDI

mahsulotidir

DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi