1 of 15

Tireotoksikozda ko’z simptomlari

Tayyorladi:

Ikromiddinova Shahnoza

2 of 15

TIREOTOKSIKOZ- endokrin kasallik bo‘lib, tireoid gormonlar sekretsiyasining nihoyatda ortishi natijasida paydo bo‘ladi

  • Kasallik rivojlanishi jaroyonida bemorlarning ko‘pchiligida birin-ketin “ko‘z simptomlari” yuzaga keladi.

3 of 15

KUZATILADIGAN KO’Z SIMPTOMLARI:

  • Ekzoftalm
  • Delrampel simptomi
  • Shtelvag simptomi
  • Grefe simptomi
  • Koxer simptomi
  • Mebius simptomi
  • Melixov simptomi
  • Yellinek simptomi
  • Rozenbax simptomi

4 of 15

Ekzoftalm- Ko‘zning ”kattalashuvi” yoki chaqchayish

  • Retrobulbar kletchatkaning shishishi, o‘sib qalinlashuvi yoki fibroz to‘qima bilan qoplanishi, modda almashinuvining buzilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ekzoftalm kasallikning barvaqt yuzaga keladigan, asosiy alomatlaridan biri hisoblanadi.

5 of 15

  • Tireotoksikozda yuzaga keluvchi ekzoftalmni xavfli ekzoftalmdan tafovut qilish lozim, buni oraliq miya zararlanishi va gipofiz oldingi bo‘lagi tireoid gormonining ko‘p ishlab chiqarilishi bilan bog‘laydilar. Xavfli ekzoftalm esa asosan o‘rta yoshdagi kishilarda kuzatiladi. U bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Ko‘z olmasi shu darajada chaqchayib qoladi-ki, u ko‘z kosasidan bo‘rtib chiqadi. Bemor­larni orbita (ko‘z kosasi) sohasidagi kuchli og‘riq, diplo­piya va ko‘z harakatlarining cheklanishi bezovta qiladi. Konyunktivit, keratit borligi, shoh pardada yara hosil bo‘lishiga va parchalanishga moyillik keltiradi. Orbita ichidagi bosimning o‘zgarishi, ko‘ruv nervining to‘liq atrofiyasigacha olib keladi.

6 of 15

Delrampel simptomi

Koz qovoqlarining tortilishi va qovoqlarning katta ochilishi va ko‘z yorig‘ining kengayishi - lagoftalm deb atalib, buning natijasida rangdor parda bilan yuqori qovoq o‘rtasida yo‘l-yo‘l chiziq paydo bo‘ladi.

7 of 15

Shtelvag simptomi

Ko‘zning ahyon-ahyonda pirillashi (ochilib-yumilishi), ko‘zga alohida harakatsiz ifoda beradi - “bir nuqtaga qadalgan nigoh” va ko‘zning shoxsimon pardasi sezuvchanligining pasayishi kuzatiladi

8 of 15

Grefe simptomi

bemor pastga qaraganda yuqori qovoqning qorachiq chetidan orqada qolishi. Bunda yuqori qovoq bilan rangdor parda o‘rtasida skleraning oq yo‘l-yo‘l chizig‘i qoladi.

9 of 15

Koxer simptomi

  • Grefe simptomiga qarama-qarshi belgi bo‘lib, yuqoriga qaralganda skleraning xuddi o‘sha qismi qovoqning noto‘g‘ri, tez-tez, qisqarishi - “qovoq qisqarishi” natijasida oq yo‘l-yo‘l chiziq ko‘rinishida yuzaga chiqadi.

10 of 15

Mebius simptomi

Ya'ni yaqin masofadan qaray olish qobiliyatining yo‘qotilishi (konvergensiyaning buzilishi) dir.

11 of 15

Melixov simptomi

  • “kahr-g‘azab bilan qarash”.

12 of 15

Yellinek simptomi

  • Yuqori qovoq terisining qorayishi.

13 of 15

Rozenbax simptomi

  • qovoqlarning yumilganda titrashi.

14 of 15

Zenger simptomi

qovoqlarning shishib chiqishi va xaltasimon osilib qolishi

15 of 15

Krauz simptomi

  • Koz sklerasining yaltirab turishi