1 of 10

QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI�� “ISSIQLIK ENERGETIKASI” kafedrasi�� “Issiqlik ta’minoti va issiqlik tizimlari” fanidan�Kirish. Issiqlik ta’minoti tizimining asosiy elementlari.” mavzusidagi ma’ruza TAQDIMOTI��O’qituvchi: S.M.Shamuratova��Qarshi-2022�

2 of 10

Mavzuni chuqur o’rganish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yhati.

  • 1.B.X. Yunusov, M.M.Azimova “Issiqlik ta’minoti va issiqlik tarmoqlari” Toshkent, “Voris-nashriyoti”, 2014, 168 bet.
  • 2. A.U. Alimboev. Issiqlik ta‘minoti va issiqlik tarmoqlari. O’quv qo’llanma. T.,
  • 1997 yil. ToshDTU.
  • 3. E.Я. Соколов «Теплофикация и тепловые сети» - M.: MЭИ, 2001 г.
  • 4. Расчет систем теплоснабжения и кондиционирования воздуха. Учебное пособие. TGTU.
  • 5. Энергосбережение: Теория и практика. Результаты научно-практических исследований. – М., МЭИ.-2002 г.

3 of 10

Ma’ruza rejasi:

Kirish.

  • Issiqlik ta‘minotning maqsad va vazifalari.
  • Fanning maqsad va vazifalari.

  • Tayanch iboralari: markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, issiqlik va elеktr enеrgiya, issiq suv ta’minoti, havosini konditsiyalash, issiqlik elektr markazi.

4 of 10

  • Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti g‘oyasining paydo bo‘lishi o‘tgan asrning 80-yillariga to‘g‘ri kеladi. 1877 yili AQSh ning Lokport shahrida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti uchun birinchi qurilma barpo etildi. 1908 yilda Gеrmaniyaning Drеzdеn shahrida Еvropada birinchi bo‘lgan issiqlik va elеktr enеrgiyasini qurama usulda ishlab chiqaruvchi qurilma ishga tushirildi. Bundan kеyin Еvropaning boshqa mamlakatlarida ham shunday qurilmalar ishlatila boshlandi. Ammo bu qurilmalarning elеktr quvvati nisbatan juda kichik bo‘lgan. Faqat o‘ttizinchi yillarning oxiriga kеlib, ya'ni ikkinchi jahon urushi arafasida enеrgеtikaning bu yo’nalishiga katta e’tibor bеrila boshlandi.
  • Rossiyada inqilobgacha bo‘lgan davrda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti qo‘llanilmagan. 1924 yilning noyabrida Sank-Pеtеrburg shahrida 3 ta shahar elеktr stansiyasi ishga tushurildi va birinchi marta umumiy foydalanish quvuri orqali bir nеcha istе’molchilarga issiqlik yеtkazib bеrildi. Moskva shahrida bu tadbir 1928 yilga kеlib amalga oshirildi.
  • 1928-1930 yillarda ishga tushurilgan Toshkеnt to‘qimachilik kombinatining issiqlik va elеktr markazi O‘rta Osiyoda markazlashtirilgan ta’minotini yaratish uchun asos bo‘ldi. O‘zbеkiston sharoitida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti asosan ikkinchi jahon urushidan kеyin rivoj topa boshladi.

5 of 10

KIRISH

6 of 10

2. ISSIQLIK TA‘MINOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI.

  • Ma’lumki barchamizga muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu sohada yillar davomida jiddiy muammolar to‘planib, hozirgi kunda o‘z yechimini kutmoqda. Ular orasida issiqlik bilan ta’minlash va uni boshqarishning butun tizimini keskin o‘zgartirish, muqobil (alternativ) yoqilg‘i va energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan foydalangan holda, lokal issiqlik va issiq suv ta’minoti tizimlariga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash hamda eskirgan, yoqilg‘ini ko‘p sarf qiladigan qozonxonalarni tabiiy gazni tejab sarflaydigan uskunalarga almashtirish, bino va inshootlarni isitish, shamollatish, havosini konditsiyalash tizimlarida zamonaviy energiya sarflanishi jihatdan tejamkor jihozlar, rostlash asbob-uskunalari, shuningdek, yangi texnologiyalardan respublika sharoitida unumli va keng foydalanish kabi masalalar alohida ahamiyatga egadir.

7 of 10

Issiqlik ta’minoti xalq xo‘jaligining yirik tarmog‘idir. Uning ehtiyojiga har yili respublikamizda qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan yoqilg‘ining taxminan 20 % sarflanadi. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti, odatda, yirik tuman qozonxonalaridan foydalanishga asoslangan bo‘ladi. Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahrida 10 ta issiqlik markazi IM (teplosentral)lar va 1 ta Toshkent issiqlik elektr markazi TIEM (teploelektrosentral) mavjud (1-rasm). Ularning yillik issiqlik ishlab chiqarish unumdorligi 15401 ming Gkal. ga teng. Issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligi 1442 km., shu jumladan magistral quvurlar 244 km. ni tashkil etadi.

1- rasm Toshkent shahrining issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlari:

TS – 1 -:- TS – 10 - issiqlik markazlari; IEM - issiqlik elektr markazi.

8 of 10

Issiqlik ta’minoti singari, gaz ta’minoti ham xalq xo‘jaligining yirik tarmog‘idir. Birlamchi energiya resurslarning orasida tabiiy gazning iste’moli (2-rasm ) O‘zbekiston Respublikasida birinchi o‘rinda turadi (83%).�

O‘zbekiston bo‘yicha hozirgi davrda bir yilda 60,5 mlrd m3 dan ortiq tabiiy gaz qazib olinadi, ya'ni 1992- yilga qaraganda 1,4 marta ko‘p. Asosiy konlar bo‘lib Muborak, Sho‘rtan va Ko‘kdumaloq hisoblanadi, bulardan tashqari boshqa kichik konlar ham mavjud.

O‘zbekiston iqlimi sharoitida fuqarolar va sanoat binolarining havosini yangilash va talab etilgan mikroiqlimni ta’minlash juda katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bunga odamlarning sog‘ligi, mehnatning unumdorligi, texnologik jarayonlarini to‘g‘ri amalga oshirilishi kabi masalalar bevosita bog‘liqdir.

9 of 10

FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI.�

  • «Issiqlik ta‘minoti tizimlari» fanini o’rganishdan maqsad bakalavr tizimi bo’yicha ta‘lim oluvchilarda quyidagi faoliyat soxalari bo’yicha zarur va yetarli bo’lgan shakllantirish hisoblanadi.
  • Istemolchilarning issiqlik ist’emoli borasidagi faoliyati va uning xalq xo’jaligida tutgan o’rni;
  • Issiqlik ta‘minoti asoslari;
  • Issiqlik ta‘minoti tizimlarining turlari, ularni xisoblash;
  • Havoni maromlash asoslari;
  • Issiqlik ta‘minoti va issiqlik tarmoqlari tizimlarini ishlatish va ulardan foydalanish bilimlariga ega bo’lish.
  • Xalq xo’jaligidagi hamda sanoatning turli tarmoqlaridagi issiqlik ta‘minoti va issiqlik tarmoqlari borasidagi mavjud usullar va ularning afzalliklari hamda kamchiliklarini aniqlash, texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish masalalari bo’yicha tushunchalar hosil qilish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

10 of 10

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!