1 of 15

FAN: ISSIQLIK VA MASSA ALMASHINUV JARAYONLARI VA QURILMALARI

MAVZU: KO‘P KORPUSLI BUG‘LATISH QURILMALARI.

MA’RUZACHI: t.f.f.d., dots. U.X. IBRAGIMOV

2 of 15

MA’RUZA REJASI

1. Ko‘p korpusli to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasi.

2. Ko‘p korpusli teskari oqimli bug‘latish qurilmasi.

3. Korpuslari parallel ta’minlanuvchi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasi.

4. Moddiy va issiqlik balansi.

5. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini hisoblash.

3 of 15

1. Ko‘p korpusli to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasi.

Sanoatda eritmalarni quyuqlashtirish uchun ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari keng qo‘llaniladi. Bunday qurilmalar isituvchi bug‘ning issiqligidan bir necha bor foydalanishga asoslangan. Bunda birinchi korpusga isituvchi bug‘ berilsa, ikkinchi korpusni isitish uchun birinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi, uchinchi korpusni isitish uchun esa ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi va hokazo. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ kondensatorga yuboriladi.

Oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug'ning bosimiga ko'ra, ko'p korpusli bug'latish qurilmalari vakuum bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo'ladi. Isituvchi bug' va bug'lanayotgan eritma oqimlarining o'zaro harakatiga ko'ra ko'p korpusli bug'latish qurilmalari bir necha sxemalarga bo'linadi:

1) bir xil yo'nalishli ko'p korpusli bug'latish qurilmalari;

2) qarama-qarshi yo'nalishli ko'p korpusli bug'latish qurilmalari;

3) eritma bilan uzluksiz parallel ta'minlanadigan bug'latish qurilmalari;

4) murakkab sxemalar;

5) ekstra-bug' ajratib olinadigan ko'p korpusli bug'latish qurilmalari.

Sanoatda asosan bir xil yo'nalishli qurilmalar ishlatiladi, chunki bular eng tejamli hisoblanadi. Bunday qurilmalarda kichik parametrli suv bug'idan foydalanish mumkin. Ayrim vaqtda qurilmaning birinchi korpusini isitish uchun bug' turbinalarida ishlatib bo'lingan suv bug'idan foydalansa bo'ladi.

4 of 15

1. Ko‘p korpusli to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasi.

Bir xil yo'nalishli uchta korpusdan iborat bug'latish qurilmasi:

1, 2, 3-bug'latish qurilmalari; 4-isitgich; 5-barometrik kondensator;

6-tomchi ushlagich; 7-vakuum-nasos.

5 of 15

1. Ko‘p korpusli to‘g‘ri oqimli bug‘latish qurilmasi.

Bir xil yo'nalishli qurilma bir necha korpusdan (bizning misolimizda uchta) tashkil topgan. Isitgichda qaynash haroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma qurilmaning birinchi korpusiga beriladi. Birinchi korpus birlamchi bug' bilan isitiladi. Birinchi korpusda hosil bo'lgan ikkilamchi bug' issiqlik tashuvchi sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim birinchi korpusdagiga nisbatan past, natijada ikkinchi korpusda eritma birinchi korpusdagiga nisbatan ancha past haroratda qaynaydi.

Ikkinchi korpusda bosim ancha past bo'lganligi sababli, birinchi korpusda qisman bug'langan eritma o'z-o'zidan ikkinchi korpusga o'tadi va eritma ikkinchi korpusda qaynash haroratigacha soviydi. Bunda issiqlik ajralib chiqadi; natijada ma'lum miqdorda qo'shimcha ikkilamchi bug' hosil bo'ladi. Qurilmaning hamma korpuslarida yuz beradigan bu hol eritmaning o'z-o'zidan bug'lanishi deb ataladi.

Ikkinchi korpusda bug'latilgan eritma uchinchi korpusga o'z-o'zidan o'tadi. Uchinchi korpusni isitish uchun ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug' ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayogan ikkilamchi bug' barometrik kondensatorga uzatiladi. Bu yerda bug'ning kondensatsiyalanishi natijasida tegishli siyraklanish (vakuum) hosil bo'ladi. Havo va kondensatsiyalanmay qolgan gazlar issiqlik almashinuv jarayonini susaytiradi. Asosan sovituvchi suv bilan, shuningdek uzatish qurilmalarining zichmasligidan qurilmaga kirib qolgan havo va kondensatsiyalanmagan gazlar tomchi ushlagich orqali vakuum-nasos yordamida so‘rib olinadi.

6 of 15

2. Ko‘p korpusli teskari oqimli bug‘latish qurilmasi.

Qarama-qarshi yo'nalishli ko’p korpusli bug'latish qurilmasi:

1, 2, 3-bug'latish moslamalari; 4, 5, 6-nasoslar.

7 of 15

2. Ko‘p korpusli teskari oqimli bug‘latish qurilmasi.

Qarama-qarshi yo'nalishli ko'p korpusli bug'latish qurilmalarida (18.2-rasm) isituvchi bug' va bug'latilayotgan eritma bir korpusdan ikkinchisiga o'tishda o'zaro qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Agar dastlabki eritma uchinchi korpusga berilsa, birlamchi isituvchi bug' birinchi korpusga beriladi. Birinchi korpusda hosil bo'lgan ikkilamchi bug' ikkinchi korpusda issiqlik tashuvchi sifatida ishlatiladi va hokazo. Uchinchi korpusda qisman quyuqlashtirilgan eritma ikkinchi korpusga nasos yordamida o'tkaziladi, so'ngra ikkinchi korpusdan birinchisiga yana nasos yordamida haydaladi. Quyuqlashtirilgan eritma birinchi korpusdan olinadi, oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug' esa kondensatorga beriladi.

Qarama-qarshi yo'nalishli qurilmalar eritmalarni juda katta konsentratsiyalargacha bug'latishda va quyuqlashtirish jarayonida qovushqoqligi ortib ketadigan eritmalarni bug'latishda ishlatiladi. Bunday qurilmalarning asosiy afzalligi shundaki, ular bir xil yo'nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasini talab qiladi. Kamchiligi: qurilmaning ishlashi uchun issiqlik oqimiga mo'ljallangan nasoslar kerak.

8 of 15

3. Korpuslari parallel ta’minlanuvchi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasi.

Korpuslari parallel ta’minlanuvchi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasi:

1, 2, 3-bug'latish qurilmalari.

9 of 15

3. Korpuslari parallel ta’minlanuvchi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmasi.

Parallel ta'minlanish rejimi bilan ishlaydigan qurilmalarda (18.3-rasm) dastlabki eritma bir vaqtning o'zida barcha korpuslarga beriladi. Har bir korpusdan chiqayotgan quyuqlashtirilgan eritma bir xil konsentratsiyaga ega bo'ladi. Isituvchi bug' faqat birinchi korpusga beriladi, qolgan korpuslarda isituvchi agent sifatida oldingi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug' ishlatiladi. Oxirgi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug' kondensatorga yuboriladi. Bunday sxemalar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari tutgan to'yingan eritmalarni bug'latishda hamda eritmalarni yuqori konsentratsiyalargacha quyuqlashtirish talab qilinmagan sharoitlarda ishlatiladi.

Murakkab sxemalarda eritmani qurilmaga kiritish va uni siljitishning turli variantlari ishlatiladi. Masalan, eritmani korpusga alohida-alohida kiritish yoki eritmani ikkinchi korpusga kiritib so'ngra uni uchinchi korpusga berish hamda quyuqlashtirilgan eritmani birinchi korpusdan olish va boshqa shu kabi sxemalardan foydalanish mumkin. Bunday murakkab sxemalar maxsus sharoitlar talab qilingandagina ishlatiladi.

10 of 15

4. Moddiy va issiqlik balansi.

 

11 of 15

4. Moddiy va issiqlik balansi.

 

12 of 15

5. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini hisoblash.

 

13 of 15

5. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini hisoblash.

 

14 of 15

5. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini hisoblash.

 

15 of 15

5. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini hisoblash.