MAVZU: Jahon media va axborot makonida raqobat muhiti
1
2
REJA
Bosma va ommaviy axborot vositalari: Gazeta, jurnal, radio, televideniye va internet jurnalistikasida o‘zaro raqobat muhiti.
1.
Matbuotda so‘z va axborot olish erkinligi.
2.
Bloger va vaynerda kasbiy etiket.
3.
3
Bosma va ommaviy axborot vositalari: Gazeta, jurnal, radio, televideniye va internet jurnalistikasida o‘zaro raqobat muhiti
Ma’lumki, jurnalistika yoki ommaviy axborot vositalari asosan gazeta, jurnal hamda junalistikaning elektron texnikaga asoslangan radio televideniye, internet kabi ko‘rinishlaridan iborat.
4
Gazeta - jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy - ishlab chiqarish va madaniy - ma’naviy hayotini aks ettiruvchi ommaviy axborot turi.
5
Uning asosiy vazifasi o‘quvchini jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayoti haqida axborot berish, bo‘layotgan voqea va hodisalardan xabardor qilishdir. Gazeta jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olarkan, shu kunning tarixini butun to‘laligi bilan aks ettiradi. Gazeta - o`quvchiga dunyoni bildiradi, uning ongini oshiradi, ma’naviy oziq beradi, ijtimoiy faolligini oshiradi
6
Gazetaning jurnalistika tasnifida birinchi o‘rinda turganligi uning tarixidan ham kelib chiqadi. Ya’ni, gazeta jurnalistikaning eng qadimgi, eng ilk turidir.
U o`zidan oldingi jurnalistikaning ilk kurtaklari - sopol va gipsdan yasalgan taxtachalar yoxud keng ommalashgan qo‘lyozma varaqalaming qonuniy vorisi sifatida paydo bo‘ldi. Uning nomi ham o‘zidan oldingi qo`lyozma varaqalar (Venetsiyada chiqarilgan va «gatsetta» degan tangaga sotilgani uchun «gazeta» deb nom olgan) dan olinganligi ham buni isbotlaydi.
Birinchi bosma gazetalar XVII asrning boshlarida Yevropada paydo boidi. Bular - 1609-yilda Germamyada nashr etilgan «Aviso», «Oder Zeitung» gazetalari, 1622- yilda Angliyada dunyo yuzini ko‘rgan «Weekly News from», 1631-yildan e’tiboran Parijda chiqa boshlagan «La gazette» gazetalari edi. AQShda birinchi bosma gazeta 1690-yiIda chiqdi. Rossiyada nashr etilgan birinchi bosma gazeta rus podshosi Pyotr I tomonidan chiqarilgan «Ведомости» gazetasidir. Turkistonda paydo boigan ilk gazeta esa 1870-yildan e’tiboran chiqa boshlagan rus tilidagi «Туркестанскиеведомости» va uning o‘zbek tilidagi ilovasi — “Turkiston viloyatining gazeti” edi.
7
8
Insoniyat tarixida vujudga kelgan har bir gazetaning dunyo yuzini ko`rishi uchun birinchi tomondan kishilarning axborotga bo‘lgan talabi asos bo`lib xizmat qilgan bo‘lisa, ikkinchi tomondan biror yakka hukmdorning yoki guruhning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy va iqtisodiy qarashlari turtki bo‘lgan. U yoki bu mamlakatda faoliyat ko‘rsatgan ilg‘or fikrli, taraqqiyparvar kuchlar gazetadan o‘z elitalarining ijtimoiy qarash va g‘oyalarini shakllantirish va ommaga yetkazish uchun foydalanganlar va foydalanmoqdalar.
9
Bunga misol sifatida XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan taraqqiyparvar jadidchilik harakati va uning jurnalistikasini olib ko‘rishimiz mumkin. Turkistonning ilg‘or fikrli ziyolilari bo‘lgan jadidlar о ‘zlarning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini xalqqa yetkazish uchun «Taraqqiy», «Xurshid», «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg‘ona», «Samarqand» kabi gazetalarni nashr etdilar. Bu gazetalarning boshida xalqimizning asl farzandlari M.Abdurashidxonov, M.Behbudiy, A.Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqalar turdilar.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, jahon mafkura maydoniga kirib kelgan kommunistik ta`limot tarafdorlari ham gazetadan o‘z g‘oyalarini ommaga yoyish uchun foydalandilar. K.Marks va F.Engels tomonidan 1848-yilda Germamyada nashr etilgan «Yangi Reyn gazetasi», V.l.Lenin boshchiligida chiqarilgan «Искра», «Правда» va boshqa gazetalar shular jumlasidandir.
10
Jurnal so‘zi fransuzcha bo‘lib, “kundalik” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu atama o‘z mazmunidan uzoqlashib, kundalik emas, balki gazetaga qaraganda ko‘proq muddatlarda — asosan bir oyda yoki bir necha oyda bir marta chiqadigan jurnalistika turini bildiradi. Shunday qilib, jurnal vaqtli jurnalistikaning asosiy turlaridan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish va madaniy-ma’naviy hayotining chuqur qatlamlarini aks ettiradi.
11
Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab vujudga kelgan jurnal
1655-yilda Parijda nashr etilgan «Journal des Savans» bo‘lib, u adabiyot, san’at, falsafa va tabiiy fanlar bo‘yicha kitoblarga sharhlar berishga bag‘ishlangan. Xuddi shu yili Londonda «Filosofikal tranzekshne of royyal sosyate» degan ilmiy jurnal chiqa boshlagan. Italiyada 1688- yilda «Djornal de lettarati» degan adabiy jurnal, Germaniyada 1682-yilda «Aktum eruditorum» degan ilmiy-ommabop jurnal chiqarilgan. Rossiyada birinchi jurnal 1728-yilda chiqqan. U «Санкт-Петербургведомости» gazetasining nashri boiib, «Vedomostlarga oylik tarixiy, geografik va boshqa ilovalar» deb atalgan. Bu ilmiy-adabiy jurnal faoliyatida atoqli rus olimi M.V. Lomonosov asosiy o`rin tutgan.
12
Turkistonda ilk jurnallar XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Bular 1913-yilda Samarqandda dunyo yuzini ko‘rgan “Oyina” va 1915-yildan Toshkentda chiqa boshlagan «Al-Isloh» jurnallari edi.
1917-yil fevralida Qo‘qonda shoir H.H. Niyoziy rahbarligida nashr etilgan “Hurriyat” jurnali ham ijtimoiy-siyosiy jurnal edi. Bu davrda Toshkentda “Chayon” va “Choi chayoni” degan hajviy jurnallar ham chiqdi va ular ham milliy taraqqiyot uchun kurashda muhim o‘rin tutdi.
13
O`zbekiston o‘z milliy mustaqilligiga erishgach, jurnalistikamng barcha sohalaridagi singari jurnalchilik sohasida ham katta ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi, ko‘plab yangi jurnallar chiqarila boshlandi. “Tafakkur”, “Muloqot” kabi ijtimoiy-siyosiy jurnallar, “Jahon adabiyoti” nomli adabiy-badiiy, “Teatr” nomli adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnallari va boshqalar shular jumlasidandir. Shu kunda respublikamizda yuzdan ortiq jurnal nashr etiladi. O`zbek jurnallari ham respublikamiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotining chuqur qatlamlarini yoritishda, ilm-fan, adabiyot va san’atimizning rivojida, xalqimizga milliy qadriyatlarimiz, istiqlol mafkurasini singdirishda muhim vazifani bajarib kelmoqdalar.
XIX asming oxiri va XX asming boshlariga kelib, ommaviy axborot vositalari tasnifida katta bir yangilik, beqiyos bir o‘zgarish yuz berdi, unga jurnalistikaning butunlay yangi bir turi - radio kirib keldi. Radio so‘zi, yunoncha bo‘lib, «radius» - nur, «radio» - nur tarataman, degan ma’noni bildiradi, hamda, bu o‘rinda elektromagnit to‘lqinlari orqali ovoz to‘lqinlarini uzoq masofa va katta hududga simsiz tarqatish usuliga, bu usulni amalga oshiruvchi asbobga aytiladi.
Radio — OAVning o‘ziga xos elektron texnikaga asoslangan turidir. Radio ommaviy axborot vositalari tasnifida alohida o‘rin tutadi, gazeta va junal ko‘rish, bosma so‘zlarni o‘qish orqali inson ongiga yetib borsa, radio esa ovozni quloq bilan eshitish orqali ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa insonning eng asosiy sezuv a’zosi bo`lmish quloq orqali axborot qabul qilishdek eng qadimiy va tabiiy imkoniyatidan kelib chiqadi.
14
15
16
17
18
19
XX asrning o‘rtalariga kelib jurnalistika tasnifi yana bir ko‘rinish, yana bir shakl bilan boyidi— uni televideniye (tele — yunoncha — uzoq, videnie — ruscha-ko‘rish) deb nomlandi. Televideniye elektron texnikaga asoslangan bo‘lib, elektromagnit to‘qinlari orqali ovoz va tasvirni uzoq masofaga, keng hududga yetkazish imkonini beradi.
Soʻz erkinligi — insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri; hozirgi davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning tarkibiy qismi. Oʻz fikrini ommaviy tarzda (ogʻzaki va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. Soʻz erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Oʻzbekistonda Soʻz erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "har kim fikrlash, so`z va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega" (29-modda). O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo`yicha har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taluqli boʻlgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida"gi qonunida davlat sirlari toifalari aniqlaydigan va ular haqidagi maʼlumotlarni olish va tarqatish chegaralangan.
SOʻZ ERKINLIGI
Matbuot erkinligi - soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbuotning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligiga demokratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi.
"Erkinlik" soʻzining tub maʼnosi har qanday toʻsiq, monelik va xavf hatrdan xoli boʻlish, mustaqillik, ozodlik degan maʼnoni beradi. Ammo aslida erkinlik — anglangan zaruriyatdir: inson oʻz oldida turgan tarixiy, iqtisodiy, siyosiy zaruratni anglab yetgandagina erkin boʻladi, erkin fikrlay oladi. Matbuot erkinligi ham ana shunday xususiyatga ega, yaʼni jamiyat taraqqiyotiga, uning qonuniyatlariga javob beruvchi matbuotgina erkin matbuotdir. Jamiyat taraqqiyotining bosh masalalarini chuqur tushungan, unga javob bera olgan jurnalistgina erkindir.
SOʻZ ERKINLIGI
Matbuot erkinligining ijtimoiy siyosiy asosi matbuotning qaysi ijtimoiy borlikda, qanday tuzumda faoliyat koʻrsatishi, qaysi ijtimoiy ongning koʻrinishi ekanligi, qaysi mafkura va gʻoyalarga xizmat qilishidan kelib chiqadi. Matbuot erkinligining mazkur bosh asosi uning huquqiy imkoniyatlari bilan ifodalanadi: har bir jamiyat, har bir tuzum Matbuot erkinligi huquqini belgilar ekan, uning faoliyatini maʼlum qonunlar, koʻrsatmalar, bu borada olib boriladigan siyosat bilan belgilab qoʻyadi.
Matbuot erkinligining iqtisodiy asosi esa matbuot nashrlari va ommaviy axborot vositalarining kim tomonidan, qaysi mablagʻlar evaziga chikarilishi bilan bogʻliq, yaʼni matbuot kimning mablagʻi evaziga, iqtisodiy qullashi natijasida chiqsa, oʻsha uchun erkin boʻladi.
Matbuot erkinligining 3 asosi mavjud: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy.
Blog (inglizcha blog, veb jurnalidan - onlayn voqealar jurnali, onlayn kundalik) - asosiy mazmuni matn, tasvir yoki multimediyani o'z ichiga olgan foydalanuvchi tomonidan muntazam ravishda qo'shiladigan yozuvlar bo'lgan veb-sayt. Bloglar tashrif buyuruvchilar tomonidan sharhlarni (sharhlarni) nashr etish imkoniyati bilan tavsiflanadi; u bloglarni elektron pochta, yangiliklar guruhlari va suhbat xonalariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo'lgan tarmoqli aloqa vositasiga aylantiradi. Blog yuritadigan odamlar bloggerlar deb ataladi. Internetdagi barcha bloglar to'plami blogosfera deb ataladi.
Tim Berners-Lining sahifasi 1992 yildan buyon yangiliklar chop etgan birinchi blog hisoblanadi. Bloglar 1996 yildan beri keng tarqaldi. 1999 yil avgust oyida San-Frantsiskoda joylashgan Pyra Labs kompyuter kompaniyasi Blogger.com ni ishga tushirdi, birinchi bepul blog xizmati.
BLOG
Vine - bu juda yangi, ammo allaqachon mashhur qisqa video formati. Videolar ko'ngilochar, reklama yoki ta'lim xarakteriga ega va bir daqiqadan ortiq davom etmaydi. Odamlar qisqa videolarda pul ishlashni o'rgandilar. Bunday tarkibni yaratish uchun maxsus dastur qo'llaniladi.
Vines videolar bo'lib, ularning asosiy xususiyati ularning qisqa uzunligi. Odatda ularning davomiyligi 6-60 soniya orasida o'zgarib turadi.
Videolarning aksariyati kundalik mavzularga bag'ishlangan bo'lib, kulgili tarzda suratga olingan. Bu tasodifiy suratga olingan kulgili vaziyatlar yoki maxsus o'ynalgan sahnalar bo'lishi mumkin.
VINE
Video formatining vazifasi eng qisqa vaqt ichida fikrni etkazish va tomoshabinni qiziqtirishdir. Mashhurlik, ular turli yoshdagi va ijtimoiy guruhlarni qiziqtirganligi bilan izohlanadi. Bu hamma uchun tushunarli va qiziqarli bo'lgan qiziqarli kontent.
Qo'shma Shtatlar tasvirlangan janrning vatani hisoblanadi. U yerdan dunyoning barcha mamlakatlariga, shu jumladan Rossiyaga tarqaldi.
Vaynlar 2012 yilda Amerikaning Twitter kompaniyasi tomonidan ularni yaratish uchun dastur sotib olinganidan keyin mashhurlikka erishdi. 2013 yilda dastur eng ko'p yuklab olingan TOP-ga kirdi. Uning foydalanuvchilari butun dunyo bo'ylab 40 000 000 kishi.
Weiner kim
Vainer - bu video formatida ishlaydigan shaxs. Vainer bo'lish uchun telefoningizda qisqa videolar yaratish uchun dastur bo'lishi va qiziqarli hikoyalar yaratishni o'rganish kifoya.
Vain yasashni sevimli mashg'ulot yoki pul topish usuli sifatida ko'rish mumkin. Ikkinchi holda, videolar doimiy ravishda joylashtiriladi, shu bilan birga syujet puxta o'ylangan. Videolarda ko'pincha reklama elementlari mavjud.
30