Matn oʻqish. Teleboshlovchi kim. Jurnalistika sohasiga oid atamalar
DARS REJASI
Yangi mavzuni
mustahkamlash
10 minut
Tashkiliy qism
5 minut
O’tgan darsni takrorlash
10 minut
Baholash
3 minut
Yangi mavzu bayoni
15 minut
Uyga vazifa berish
2 minut
Shiorimiz:
Aql koni kitob
Uni sevganning yo‘li oftob.
Faollik
Do’stlik
Tartib-intizom
Aniqlik
Dars shiori:
Darsning oltin qoidasi:
Dars shiori: Vatan ostonadan boshlanadi!
O’ng qo’l qoidasi
Matnni o‘qing, savollarga javob bering.
TELEBOSHLOVCHI KIM?
XX asrning 40-yillariga kelib dunyoda teleboshlovchilik kasbi paydo bo‘ldi. Chunki shu yillarda endigina ixtiro qilingan televizor odamlarning uylariga kirib kela boshlagandi. U vaqtlarda telekanallar hozirgidek ko‘p bo‘lmagan. Faqat bitta kanal bo‘lgan. Efir vaqti esa kuniga bir soatdan oshmagan. Shu vaqtda mahallada yagona bo‘lgan “televizorli xonadon”ga butun qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilib, maza qilib televizor ko‘rishgan. Ekranda ko‘rinish berib, so‘nggi yangiliklarni aytayotgan teleboshlovchi esa odamlarning eng qadrdon kishisiga aylanib ketgan.
Yillar o‘tib, telekanallar ham, ko‘rsatuvlar ham ko‘paydi. Ko‘rsatuvlar axborot, ko‘ngilochar va shou kabi turlarga ajraldi. Natijada, yangiliklar va sport sharhlovchisi, ob-havo maʼlumotlari, shou va musiqiy ko‘rsatuvlar boshlovchisi kabi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Endi har bir ko‘rsatuv uchun alohida-alohida teleboshlovchi kerak bo‘lardi. Sababi “Axborot” ko‘rsatuvining boshlovchisi uchun “Musiqiy tanaffus” ko‘rsatuviga ham boshlovchilik qilish qiyin edi-da.
Teleboshlovchi studiyada faoliyat yuritadi. Aytgandek, suxandon va teleboshlovchini bir-biridan farqlash kerak. Suxandon tayyor matnni o‘qib beradi. Yaʼni o‘zi ijod qilmaydi. Ular asosan informatsion ko‘rsatuvlarda ishlaydi. Teleboshlovchi esa izlanadi, kerakli maʼlumotlarni yig‘adi, mustaqil ravishda intervyular oladi, qayerda qanday gapirish kerakligi ustida bosh qotiradi, vaziyatga qarab improvizatsiya qila oladi. Bir so‘z bilan aytganda, ular ijodkor bo‘lishadi.
Teleboshlovchi kamera qarshisida o‘zini qanday tutishni, tomoshabinlarning eʼtiborini qanday jalb etishni, fikrini aniq va tushunarli tarzda yetkaza olishni bilishi lozim. Shuning uchun topqir, so‘zamol, uddaburon teleboshlovchilar kutilmagan vaziyatlarda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydi. Bu sifatlarga ega bo‘lmagan teleboshlovchilar faoliyati davomida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. Ular birgina xato gapi yoki harakati bilan millionlab tomoshabinlar oldida
uyalib qolishi hech gap emas.
Albatta, teleboshlovchi yolg‘iz o‘zi bo‘lmaydi, kadr ortida uning butun jamoasi ishlaydi. Jamoada rejissyor, prodyuser, ssenarist, grimchi, operator, chiroqchi va yana ko‘plab mutaxassislar yig‘iladi. Ammo efir vaqtida tomoshabinlar faqat boshlovchini ko‘radi xolos.
Teleboshlovchilik – dunyodagi eng og‘ir kasblardan biri. Bu kasb egalari deyarli dam olish kunlarisiz ishlashga majbur. Chunki odamlar dam olish kunlari ko‘proq televizor ko‘radi-da. Yana teleboshlovchilar tong sahardan studiyaga kelishga, baʼzan yarim tunda boshlovchilik qilishga majbur bo‘lishadi.
Tasvirga olish jarayonlari bir necha soatga cho‘zilib ketganda esa tushlik qilishni ham unutib qo‘yishadi. Qolaversa, ular doim tashqi ko‘rinishlariga eʼtibor berishga, sport bilan muntazam shug‘ullanishga majbur. Ha, uyquchi va dangasalarga bu kasb umuman mos kelmaydi. Xo‘sh, endi ayting-chi, siz hali ham teleboshlovchi bo‘lishni orzu qilyapsizmi?
Savollarga javob yozing!
1. Teleboshlovchilik kasbi qachon, qaysi voqeadan so‘ng paydo bo‘ldi?
2. Nima uchun dastlab teleboshlovchilik kasbi ko‘p tarmoqli bo‘lmagan?
3. Ko‘rsatuvlarning turiga qarab, teleboshlovchilikning qanday yo‘nalishlari borligi haqida gapiring.
4. Yangiliklar sharhlovchisi bilan ko‘ngilochar ko‘rsatuv boshlovchisining qanday farqi bor?
5. Suxandon va teleboshlovchining farqi nimada?
6. Teleboshlovchi qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak? Bu xislatlar ularga nima uchun kerak bo‘ladi? Fikrlaringizni asoslab bering.
7. Nima uchun teleboshlovchilik dunyodagi eng og‘ir kasblardan biri hisoblanadi?
8. Sizningcha, teleboshlovchilik qanday kasb? O‘z fikringizni erkin bildiring, tanqid qilishdan cho‘chimang.
9. Sizningcha, teleboshlovchi va suxandon nutqi uchun qanday talab qo‘yilishi mumkin?
Bordir olti xil tovush,
Ular cho’zib aytilar.
So’z tuzilmas ularsiz
O’ylang , balkim toparsiz ?
Bir so’zda bir xil undosh,
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar ?
Ikki harfdek ko’rinar,
Bir tovushdek aytilar
Bir yo’ldan boshqasiga
Ajralmay ko’chirilar?
Quvnoq daqiqalar
So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiling. Ularning izohini kitob ortidagi lug‘atdan topib, ko‘chiring.
Telekanal, efir, intervyu, shou, studiya, informatsion, improvizatsiya, kadr, rejissyor, prodyuser, ssenarist, grimchi, operator.
Berilgan so‘z birikmalarining maʼnosini sinfda muhokama qiling.
DARSNING YAKUNI:�O'quvchilarni baholash:
UYGA VAZIFA:
Bu kasblardan birini tanlab, fikrlaringizni quyidagi tartibdagi matn shaklida yozing: tanlagan kasbingiz; buning sababi; ushbu kasb egasining vazifasi; kasbiy sifatlari; bu kasbni egallash uchun nimalar qilish kerakligi.
FOYDALANILGAN ADABIYOT:
Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi,
2022.–224 b.
Ushbu taqdimot slaydi
mahsulotidir
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi