"Bo'lajak olim" tanlovining 2023-yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning STARTAP loyihalari tanlovi!
Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi "Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanib
kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" 222-son qarorining 2-ilovasi "Bo'lajak olim" tanlovini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o'tkaziladi.

Startap loyihalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo'nalishlar va startap loyihalari bo'yicha arizalar qabul qilinadi. Startap loyiha amalga oshish xavfi yuqori bo'lgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo'llanilishi, ko'lami va tez o'sish sur'ati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha hisoblanadi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo'yiladigan shartlar:

- Loyiha rahbari va ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
Loyiha an’anaviy biznes turlaridan farqli bo‘lishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etadi;
- Loyihani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag'larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravaridan oshmasligi lozim;
Tanlov doirasida startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko'p muddati bir yilgacha boʻlishi.

Taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qaťiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi. Taqdim etilgan loyihalardagi ma‘lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.


Email *
Submit
Clear form
This content is neither created nor endorsed by Google. - Terms of Service - Privacy Policy

Does this form look suspicious? Report