ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab 2025

#Yozgi_maktab_Biotexnologiya_ITM 🤩 #CAT_Biotechnology_Summer_School 🤩

Ilg‘or Texnologiyalar Markazining Biotexnologiya bo‘yicha Yozgi maktabi – 2025 yana qaytdi. Yana-da boy dastur, yana-da kuchli mentorlar, yana-da ilhom baxsh etuvchi muhit sizni kutmoqda!

📑Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo’lishi aniq. Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

💡Kimlar uchun: Biologiya, Farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun. 

MUHIM: Bakalavr bosqichini kamida 1-yilini tugatgan bo'lishi SHART. Bakalavr va magistraturani 2025-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so'raladi.  

Talablar:

• Talabgorlar bakalavr va magistratura darajasida biologiya va unga aloqador yo‘nalishda tahsil olayotgan bo’lishlari lozim. Kamida 1-kursni tamomlagan bo‘lish shart. 2025-yilda bakalavr yoki magistraturani bitirganlar ham ariza topshirishi mumkin;

·Dastur intentiv bo’lganligi bois, haftasiga 6 kun to’liq (kamida 40-45 soat) ishlashga (ish o’rganishga) vaqt ajrata olishlari lozim;

· Mustaqil o’rganish, qiziquvchanlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo’lishlari lozim.

•Darslar asosan o‘zbek tilida olib boriladi, ammo dars va materiallar orasida Rus hamda Ingliz tillaridagi manbalardan keng foydalaniladi. Shu sababdan o'zbek tilidan tashqari ushbu tillarni kamida birini yetarli darajada bilish lozim (sertifikat talab qilinmaydi);

· Mikrobiologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, genetika, biotexnologiya sohalarini chuqur bilishi hamda kimyo va matematika-statistika fanlarini yetarli darajada bilishi lozim;

• Ishtirokchilar o’z xarajatlarini (transport, turar joy va oziq-ovqat) to’liq o’zlari qoplashlari lozim. Xayriya yoki homilylik mablag’lari hisobidan ishtirokchilar xarajati qisman qoplanishi mumkin. Yozgi maktabni o’tkazishga aloqador xarajatlar (reagent, material, reaktiv, to’plamlar) ITM tomonidan qoplanadi.

•Ariza topshirish uchun ushbu dasturda qatnashish istagini bildirgan holda 400 ta so’zdan ortiq bo’lmagan motivatsion xat topshirilishi lozim. Ariza va motivatsion xatni UZ/EN/RU tillardan birida topshirish mumkin.

•Qabul qilinganlar talabalik yoki bitiruv holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjat taqdim etishlari zarur.

🧬Qabul qilingan nomzodlar mikrobiologiya, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, gen muhandisligi, rekombinant DNK texnologiyalari  sohalarida qo’llaniladigan metodikalarni o’zlashtirishadi. Eng qiziqarlisi, kichik guruhlarda o’z loyihalarini shakllantirishadi. 

👩‍🔬👨‍🔬Mentorlar: O’zbekistonda SARS-CoV-2 virusini aniqlash uchun PZR test sistema ishlab chiqilishida ishtirok etgan olim va ITM biotexnologiya laboratoriyasi yosh mutaxassislari.

🎓Alumni: Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. 

🔎Qabul qilish jarayoni: - Arizani 3 ta tildan birida to'ldiring -- > Inshoyingiz asosida suhbatga chaqirilasiz. Yakuniy tanlov suhbat asosida olib boriladi. 

📅Boshlanish sanasi: 2025-yil 21-iyulda boshlanadi. 

MUHIM: Dasturga hujjat topshirishning eng oxirgi sanasi 04.07.2025 soat kechki 18:00 gacha. Ushbu vaqtdan so'ng topshirilgan arizalar ko'rib CHIQILMAYDI. 

Til: Dastur asosan O'zbek tilida olib boriladi. Lekin Ingliz va Rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi. 

Natijalarni kuzatib borish: Natijalarni Ilg'or texnologiyalar markazi rasmiy telegram kanali hamda Yozgi maktab koordinatori Muzaffar Muminovning shaxsiy @biology_uz kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin. 

MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali JO'NATILMAYDI. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga zoom linki email orqali jo'natilishi mumkin. Shu sababdan, telefon nomeringiz hamda email manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz.  

📱Qo'shimcha ma'lumot:  Ilg'or texnologiyalar markazi haqida qo'shimcha ma'lumot: https://cat-science.uz yoki https://www.facebook.com/uzadvanced/ 

Biz bilan har doim qiziq. 2018 yilgi flashmob va promo videoni tekshiring.

2019: https://t.me/uzadvanced/108 

2023: https://t.me/uzadvanced/491 https://t.me/uzadvanced/492 https://t.me/uzadvanced/493 https://t.me/uzadvanced/495 https://t.me/uzadvanced/504 https://t.me/uzadvanced/514 

2024: https://t.me/MMBiology_uz/228 https://t.me/MMBiology_uz/230 https://t.me/MMBiology_uz/231 

Email *
Ism va Familyangiz / Имя и фамилия/First and Family Name *
O'qish joyingiz / Место учёбы/Study place
*
Ta'lim yo'nalishingiz / Направление вашей деятельности/Major or Specialization
*
Mikrobiologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, genetika, biotexnologiya sohalarini qay darajada o'zlashtirgansiz? / В какой степени вы освоили области микробиологии, молекулярной биологии, биохимии, генетики и биотехнологии? / To what extent have you mastered the fields of microbiology, molecular biology, biochemistry, genetics, and biotechnology? *
Kimyo va matematika-statistika fanlarini qay darajada bilasiz? / Насколько хорошо вы знаете химию, математику и статистику? / How well do you know chemistry and mathematics and statistics? *
O'zbek tilini bilish darajangiz? / Каков Ваш уровень владения узбекским языком? / What is your level of Uzbek language proficiency? *
Ingliz tilini bilish darajangiz? / Какой у вас уровень английского? / What is your level of English? *
Rus tilini bilish darajangiz? / Каков Ваш уровень владения русским языком? / What is your level of Russian language proficiency? *
Insho: Nima uchun ushbu yozgi maktabda qatnashmoqchisiz? Maksimum 400 ta so'z. /Эссе: Почему вы хотите посетить эту летнюю школу? Максимум 400 слов./Essay: Why do you want to attend this summer school? 400 words maximum. *
Telegram o'rnatilgan telefon raqamingiz/Ваш номер телефона, на котором установлен Telegram/Your phone number on which Telegram is installed *
A copy of your responses will be emailed to the address you provided.
Submit
Clear form
Never submit passwords through Google Forms.
reCAPTCHA
This content is neither created nor endorsed by Google. - Terms of Service - Privacy Policy

Does this form look suspicious? Report