"Startap tashabbuslari" startaplarni qo'llab-quvvatlash dasturi jamoasi sizni dasturga qiziqish bildirganingiz va ishtirok etish uchun ariza jo'natganingiz uchun o'z minnatdorligini bildiradi.
Ayni paytda arizalarni qabul qilish yakunlandi va ekspertlar jamoasi arizalarni ko'rib chiqish va tanlashni boshladi. Biz jami bo'lib 321 arizalar qabul qildik, jumladan 41 ingliz tilida, 141 rus tilida va 139 o'zbek tilida.
Tanlov yakunlari haqida biz tez orada sizga e-pochta orqali xabar beramiz. Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tsangiz siz (jamoangiz bilan) dastur mutaxassislari bilan suhbatga taklif qilinasiz.
Dasturni amalga oshirish haqida yangiliklarni bizning Facebook dagi https://www.facebook.com/startupuzb/?fref=ts sahifamizda kuzatib boring. Bu sahifadan siz startaplarni ishga tushirish va rivojlantirish haqida, shuningdek ekspertlar va startap ta'sischilaridan ko'plab foydali tavsiyalar va qiziqarli ma'lumotlar olishingiz mumkin.
Bizning dastur siz uchun maqsadlaringizni amalga oshirish yo'lida muhim qadam bo'ladi deb umid qilamiz!
Biz siz bilan samarali hamkorlik qilishni kutib qolamiz!
Hurmat bilan,
“Startap tashabbuslari"
Dasturi Jamoasi
Submit
This content is neither created nor endorsed by Google. Report Abuse - Terms of Service - Additional Terms