“Boʻlajak olim” tanlovining 2023-yildagi mavsumida iqtidorli yoshlarning ILMIY G’OYALARI boʻyicha arizalar qabul qilinadi!

Ilmiy g‘oyalar tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi “Bo’lajak olim” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Ilmiy  g‘oyalar tanlovi doirasida yosh olimlarning yangi istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy g‘oyalar bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Ilmiy g‘oya — ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.

Topshiriladigan ilmiy g‘oya shartlari:

Ilmiy g‘oya muallifi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
Ilmiy g‘oya ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qaťiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
Tanlif etilayotgan Ilmiy g‘oyaning ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo‘lishi shart;
1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy g‘oya bilan ishtirok etishi;
Tanlov doirasida ilmiy g‘oyalar asosida maket va (yoki) prototip yaratishning hamda ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi mumkin;
Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab qilinadigan mablag‘larning umumiy hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshmasligi lozim. 
Bir kalendar yili davomida e’lon qilingan tanlov doirasida g‘olib deb topilgan talabgorlar shu davr ichida navbatdagi tanlovlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Email *
Submit
Clear form
This content is neither created nor endorsed by Google. Report Abuse - Terms of Service - Privacy Policy