⑫ Yakuniy eslatma *Kurs doirasida ishtirokchilarga Yaponiya ish beruvchi kompaniyalari bilan rasmiy va qonuniy suhbatlarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Barcha suhbatlar ochiq va shaffof tarzda, mas’ul xodimlar nazorati ostida tashkil etiladi. Bu jarayon ish beruvchi va nomzod o‘rtasida uchinchi shaxslarning noqonuniy aralashuvi, xususan, “viza qilib beraman” yoki “ishga joylab beraman” kabi noto‘g‘ri va noqonuniy va’dalarning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Agar ishtirokchi ma’lum bir suhbatda qatnashishni istamasa yoki suhbat natijasida tanlanmagan taqdirda ham, bu holat uning keyingi Yaponiya ish beruvchilari bilan bo‘ladigan boshqa suhbatlarda qatnashish huquqini cheklamaydi.
Mazkur tizim nomzodlarga adolatli tanlov, teng imkoniyat va qonuniy yo‘l bilan ish topish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Eslatma: Ushbu kurs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bilan ta’minlash majburiyatini olmaydi.
*Minimal son to'plangandagina kurs ochiladi
*Bir nechta variant tanlash tavsiya qilinadi