Published using Google Docs
CODO IT. Oferta
Updated automatically every 5 minutes

“CODO IT” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli  https://idonate.uz platformasining

OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

TASHKILOT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Tashkilot nomi: “CODO IT” MChJ

Tizim nomi: iDonate.uz

Faoliyat turi: Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta  ishlash

Loyiha veb-sayti: https://idonate.uz

Platforma maqsadi: Ijodkorlar (streamerlar, blogerlar, kontent yaratish bilan  shug‘ullanuvchilar) va kichik biznes egalari uchun auditoriya tomonidan ixtiyoriy  moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish. Donatlarni qabul qilish, kuzatish va  boshqarish imkoniyatini ta’minlash.

XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI

1. Ushbu xizmat shartlari Siz va Ta’minotchi - “CODO IT” Mas’uliyati  cheklangan jamiyati o‘rtasida Ta’minotchining https://idonate.uz veb-saytiga kirish va  undan foydalanishni tartibga soluvchi qonuniy kuchga ega ommaviy oferta shartnomasi  hisoblanadi.

2. “CODO IT” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli https://idonate.uz veb-sayti bundan keyingi o‘rinlarda ID platformasi deb ataladi.

3. Ommaviy oferta shartnomasini diqqat bilan o‘qing. Ro‘yxatdan o‘tish,  kirish, ma’lumotni ko‘rish, materiallarni yuklash yoki platformadan foydalanish orqali  siz bu shartnomani o‘qib tushunganingizni va shartnoma shartlarini qabul qilganlingizni  anglatadi.

4. Agar sizga siz yashab turgan davlat qonunlari bilan platformadan  foydalanish taqiqlangan bo‘lsa yoki boshqa qonuniy cheklovlar bo‘lsa, sizning undan  foydalanishga huquqingiz yo‘q. Bu kabi holatlarda yuzaga keladigan har qanday holat  uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olasiz.

5. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga  ko‘ra, bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, yetarli darajada aniq bo‘lgan va  taklifni kiritgan shaxsning o‘zini taklif yo‘llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan  shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.

6. Ushbu shartnoma Ta’minotchining har qanday Foydalanuvchiga quyidagi  shartlar asosida shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy taklifi (ommaviy oferta) hisoblanadi. Ushbu rasmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining  367-moddasiga ko‘ra, ofertadir.

1. ATAMALAR VA TAVSIFLAR

1.1. Ushbu ofertada, agar uning matnidan boshqacha ma’no to‘g‘ridan- to‘g‘ri  kelib chiqmasa, quyidagi so‘zlar va iboralar ko‘rsatilgan ma’nolarga ega bo‘ladi:

1.2. Ta’minotchi https://idonate.uz platformasi orqali xizmatlarni taqdim  qiladigan hamda dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta  ishlaydigan yuridik shaxs - “CODO IT” mas’uliyati cheklangan jamiyati.

1.3. Streamer – mazkur Oferta shartlarini aktseptlash orqali Shartnoma  tuzishga yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshirgan yuridik yoki jismoniy shaxs. 1.4. Foydalanuvchi - Streamerning internetda eʼlon qilingan real vaqtda video  kontentini koʻruvchi va u bilan muloqot qiluvchi shaxs(lar).

1.5. Operator – Foydalanuvchi tomonidan qonun hujjatlari bilan  taqiqlanmagan To‘lovlar/O‘tkazmalar va boshqa operatsiyalar amalga oshirilishida  texnik va axborot hamkorligini ta’minlaydigan texnik-dasturiy va tashkiliy-huquqiy  vositalar majmuiga ega bo‘lgan https://idonate.uz platformasi.

1.6. To‘lov kartasi / Karta – karta egasi tomonidan uning hisobvarag‘idagi pul  mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektron to‘lov  vositasi bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar vositasi.

1.7. Xizmatlar – Ta’minotchi tomonidan uning Streamer/Foydalanuvchiga  tegishli shartnoma asosida bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar. 1.8. To‘lov – Foydalanuvchi tomonidan Streamer uchun Ta’minotchi  foydasiga to‘lanadigan naqd pulsiz mablag‘lar.

1.9. O‘tkazma – Foydalanuvchi topshirig‘i asosida bir karta hisobvarag‘idan  boshqa karta hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan naqd pulsiz mablag‘lar. 1.10. Agar Ta’minotchi ushbu ommaviy ofertaga o‘zgartirish va  qo‘shimchalar kiritsa yoki yangidan ommaviy oferta e’lon qilsa, yuqorida  keltirilgan atamalarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

2. XIZMAT KO‘RSATISH DOIRASI

2.1. ID platformasi onlayn platforma boʻlib, u roʻyxatdan oʻtgan Streamerlarga  internetda Streamer tomonidan eʼlon qilingan real vaqtda video kontentini koʻruvchi  boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish maqsadida oʻzining mavjud  funksiyalaridan foydalanish imkonini beradi.

2.2. Ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar doirasi:

Mualliflar, blogerlar va strimerlar uchun donat tizimi: Auditoriya tomonidan  ixtiyoriy moliyaviy yordam (donat) yuborish va qabul qilish. Donatlar faqat  MULTICARD to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi.

Kichik biznes egalari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi: Kichik  biznes egalari o‘z loyihalarini (sayt yoki ilovalarini) ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Auditoriya tomonidan biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun ixtiyoriy to‘lovlar  amalga oshiriladi.

Statistik ma’lumotlar va monitoring: Foydalanuvchilar kelib tushgan donatlar  bo‘yicha batafsil statistik ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Donat xabarlarini real vaqt  rejimida o‘qish imkoniyati mavjud. Donat miqdori, eng faol foydalanuvchilar va  umumiy to‘lov statistikasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etiladi.

2.3. Bunda MULTICARD to‘lov tizimi foydalanuvchi tomonidan Streamerni  qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sovg‘a sifatida mablag‘ olish imkonini beradi. Har bir  foydalanuvchi o‘z donatlarini kuzatish, tahlil qilish va boshqarish imkoniyatiga ega.

2.4. ID platformasi foydalanuvchi yoki Streamer kontentiga egalik qilmaydi,  uni yaratmaydi, sotmaydi, nazorat qilmaydi, boshqarmaydi.

2.5. Foydalanuvchi va Streamerlar o‘rtasidagi har qanday munosabatlarda  Streamerlar o‘zlarining Streamer kontenti uchun javobgardirlar va foydalanuvchilar  o‘zlarining harakatlari uchun mustaqil ravishda javobgardirlar.

2.6. Ta’minotchi har qanday holatda ham Foydalanuvchi va Streamer uchun  javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

2.7. Ta’minotchi har qanday Streamer yoki Foydalanuvchi kontentining  mavjudligi, sifati, xavfsizligi, muvofiqligi yoki qonuniyligini nazorat qilmaydi va  kafolatlamaydi.

2.8. Ta’minotchi har qanday Streamer yoki Streamer kontentini yoki  foydalanuvchi kontentini tasdiqlamaydi. Foydalanuvchilar bilan muloqot qilish yoki har  qanday munosabatlarga kirishish haqida qaror qabul qilishda Streamer doimo  ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerak.

2.9. Agar siz ID platformasidan foydalanishni tanlasangiz, Ta’minotchi bilan  munosabatlaringiz biron-bir sababga ko‘ra hamkorlik emas, faqat o‘zingizning  nomingizdan va hisobingizdan faoliyat yuritasiz.

2.10. Foydalanuvchilar bloglarini, kanallarini yoki loyihalarini ro‘yxatdan  o‘tkazish imkoniyatiga ega. Har bir ro‘yxatdan o‘tgan loyiha moderatsiya jarayonidan  o‘tadi, agar platforma shartlariga mos bo‘lsa tasdiqlanadi, aks holda rad etiladi. Bunda  MULTICARD ilovasi orqali donat hisoblarini ochish va tasdiqlash talab qilinadi.

2.11. Foydalanuvchilar o‘z donat vidjetlarini shaxsiy sahifalariga joylashtirish  imkoniga ega. Shaxsiy vidjetlarni sozlash, dizaynini o‘zgartirish va to‘lov  bildirishnomalarini moslashtirish mumkin.

2.12. Ta’minotchi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan har qanday holatda ham ID  platformasining uzluksiz ishlashini va mavjudligini kafolatlamaydi. Ta’minotchi ID  platformasida zaruratga ko‘ra mustaqil cheklovlar o‘rnatishi mumkin.

2.13. Ta’minotchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda  qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining  Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

3. ID PLATFORMASIDAN FOYDALANISH

3.1. Ta’minotchi ID platformasiga kirish va foydalanishga ma’lum shartlar  yoki talablarga muvofiq imkoniyat yaratishi mumkin.

3.2. Internetda foydalanuvchini tekshirish qiyin va Ta’minotchi har qanday  Streamer yoki foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun hech qanday javobgarlikni  o‘z zimmasiga olmaydi.

3.3. Yuqorida aytilganlarga qaramasdan, qonun buzilishining oldini olish  maqsadida hamda amaldagi qonunlarga muvofiq, Ta’minotchi Streamerlar yoki

Foydalanuvchilardan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa maʼlumotlarni taqdim etishni  soʻrashi yoki yordam berish uchun qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazishi mumkin, lekin  bu uning ixtiyoriga bog‘liq.

3.4. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida faqatgina o‘zingizga tegishli shaxsiy telefon  raqam, elektron pochta va ijtimoiy tarmoq kanali ma’lumotlarini kiritishingiz kerak. 3.5. Ro‘yxatdan o‘tish SMS kod orqali tasdiqlanadi, jumladan, parolni tiklash  va tokenni o‘zgartirish ham.

3.6. Elektron pochta yoki telefon raqam orqali keladigan SMS kodlar boshqa  shaxslarga berilishi mumkin emas.

3.7. ID platformasi jonli efir paytida Streamerga pulli xabar yuboradi. 3.8. ID platformasida Srteamer tomonidan pulli xabarlarni kuzatish uchun  xabarlar bo‘limi ham mavjud.

3.9. Jonli efir uchun ikkita havola beriladi. Ulardan biri OBS (stream dasturi  uchun) va u token bilan berkitilgan va faqat Streamerda mavjud bo‘ladi. Ikkinchisi pulli  xabar yuborishlari uchun foydalanuvchilarga beriladigan token va u oshkor (barchaga  ma’lum) bo‘ladi.

3.10. Ta’minotchi ID platformasiga kirish va foydalanishga ma’lum shartlar  yoki talablarga muvofiq imkoniyat yaratishda O‘zbekiston Respublikasining  qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

4. “MULTICARD PAYMENT” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN  JAMIYATINI MABLAG‘ (KEYINGI O‘RINLARDA XAYRIYA) YIG‘ISH  BO‘YICHA TIJORAT AGENTI ETIB TAYINLASH. AGENTLIK  SHARTNOMASI

4.1. ID platformasi orqali foydalanuvchilar xayriyalarini yig‘uvchi Streamer  shu bilan “MULTICARD PAYMENT” MChJ foydalanuvchilardan xayriyalarni yig‘ish  va Streamerga o‘tkazish maqsadida vositachi sifatida harakat qilish bo‘yicha  ko‘rsatmalar va vakolatlarga ega bo‘lgan tijorat yig‘ish agenti sifatida tayinlaydi  (Agentlik shartnomasi).

4.2. Ushbu Agentlik shartnomasi nomuayyan muddatga tuziladi. 4.3. Streamer va “MULTICARD PAYMENT” MChJ bir-biriga nisbatan  vijdonan harakat qilish majburiyatini oladi.

4.4. Xizmatlar uchun Ta’minotchi https://idonate.uz/terms-of service/payments sahifasida joylashgan To‘lov shartlarida batafsil ko‘rsatilgan.  Ta’minotchi https://idonate.uz platformasi orqali xizmatlarni taqdim qilganligi hamda  dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini  taqdim etganligi uchun to‘lov oladi. To‘lov shartlari ushbu Agentlik shartnomasining  ajralmas qismi hisoblanadi.

4.5. Streamer Ta’minotchiga to‘lashi shart bo‘lgan to‘lovni to‘lash uchun  javobgardir. Agar ID platformasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, Agent  to‘lovlari qaytarilmaydi.

4.6. Ta’minotchining so‘roviga ko‘ra, Streamer Ta’minotchiga Agentlik  shartnomasini bajarish uchun zarur bo‘lgan Agentlik mukofoti miqdorini tekshirish

uchun so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi. Ta’minotchining  maxfiylik siyosati Streamer tomonidan Ta’minotchiga ushbu Agentlik shartnomasi  bilan bog‘liq ravishda taqdim etilgan har qanday shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan  qo‘llaniladi.

4.7. Streamer “MULTICARD PAYMENT” MChJning Streamerga har qanday  xayriyalarni o‘tkazish majburiyati foydalanuvchilardan tegishli xayriyalarning  muvaffaqiyatli qabul qilinishidan kelib chiqishi va unga bog‘liqligini tushunadi.

4.8. “MULTICARD PAYMENT” MChJ Streamerlarga faqat to‘lov shartlariga  muvofiq Streamer tomonidan Foydalanuvchilardan muvaffaqiyatli olingan summalarni  o‘tkazishni kafolatlaydi.

4.9. Ta’minotchi istalgan vaqtda to‘lovni o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab  qoladi.

4.10. Ta’minotchi yoki Streamer yoxud “MULTICARD PAYMENT” MChJ  istalgan vaqtda yozma xabarnoma orqali Agentlik shartnomasini bekor qilishi mumkin. 4.11. Har qanday holatda Ta’minotchi uchinchi shaxslar (ushbu Agentlik  shartnomasining taraflari bo‘lmagan har qanday shaxslar) oldida Streamerning  harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida kelib chiqqan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita yoki  tasodifiy zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

4.12. Ushbu Agentlik shartnomasi shartlari o‘rtasida har qanday ziddiyat yoki  nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Agentlik shartnomasi shartlari qoidalari  qo‘llaniladi.

5. STREAMER MAJBURIYATLARI VA HISOBI

5.1. Streamer uchun moʻljallangan ID platformasining tegishli funksiyalariga  kirish va undan foydalanish uchun hisob qaydnomasi (“Hisob”) uchun roʻyxatdan  oʻtishingiz kerak.

5.2. Hisob qaydnomasini ochish uchun sizdan Operatorga hisob nomi va parol  yoki boshqa ma’lumotlar kabi ma’lum ma’lumotlarni taqdim etishingiz so‘raladi. 5.3. Ta’minotchi oqilona xavfsizlik choralarini ko‘rsa-da, hisobingiz va  parolingiz maxfiyligini saqlash, kompyuteringizga kirishni cheklash va hisobingiz yoki  parolingiz ostida sodir bo‘ladigan barcha harakatlar uchun faqat siz javobgarsiz. 5.4. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng va boshqa har qanday vaqtda  Ta’minotchiga oʻzingizning imkoningiz boricha toʻgʻri, aniq, dolzarb va toʻliq  maʼlumotlarni taqdim etganingizga ishonch hosil qiling.

5.5. Agar sizning hisobingiz endi xavfsiz emasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa  (masalan, hisobingiz, parolingiz yoki har qanday kredit, debet yoki to‘lov kartangiz  raqami yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki ruxsatsiz oshkor qilingan yoki foydalanilgan  taqdirda), u holda siz Bu haqda Ta’minotchiga zudlik bilan xabar berishingiz kerak:  https://idonate.uz/help/support. Shu sababli parolingiz murakkab bo‘lishiga e’tibor  qarating.

5.6. Agar Ta’minotchi sizga ruxsat bermasa, siz 1 tadan ortiq hisob  qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaysiz. Hisobingizni boshqa shaxsga bera olmaysiz  yoki boshqa yo‘l bilan o‘tkaza olmaysiz.

5.7. Streamer ID platformasiga kirish orqali o‘zining shaxsiy ma’lumotlarni  boshqalarga oshkor qilmasligi shart.

5.8. Ta’minotchi tomonidan taqdim etilgan har bir akkaunt uchun berilgan  tokenni va havolalarni boshqalarga oshkor qilmaslik hamda ishonchli bo‘lmagan  Stream (jonli efir) uchun ishlatiladigan dasturlarga yuklamaslik.

5.9. ID platformasidan stream (jonli efir)lardagi pullik xabarlardan tashqari  boshqa har qanday maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Bu holatda javobgarlik  Ta’minotchi zimmasida bo‘lmaydi.

5.10. Foydalanuvchilardan donat (pulli xabar) yuborishni talab qilish mumkin  emas. Bu holatda javobgarlik Ta’minotchi zimmasida bo‘lmaydi.

5.11. Donat (pulli xabar) yuboruvchi foydalanuvchi ma’lumotlari (F.I.Sh,  telefon raqami, karta raqam va h.k) hech kimga taqdim etilmaydi.

5.12. Agar siz YouTube API orqali ID platformasiga kirsangiz, YouTube  Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirganingizni va har doim  ularga bog‘liq bo‘lishingizni tan olasiz.

5.13. Sizdan MULTICARD’da hisob ochish talab qilinadi va barcha o‘tkazmalar  xayriya sifatida amalga oshiriladi.

5.14. O‘tkazmalar https://multicard.uz/offer_payment.html taklifimiz bilan  tartibga solinadi.

6. XIZMAT HAQI VA PUL YECHISH TARTIBI

6.1. Barcha to‘lovlar “MULTICARD PAYMENT” MChJ tomonidan amalga  oshiriladi.

6.2. Ta’minotchi to‘lov jarayonlarida bevosita ishtirok etmaydi. 6.3. “MULTICARD PAYMENT” MChJ quyidagi xizmat haqi miqdorida  komissiya undirish huquqiga ega:

Foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan har bir to‘lov uchun – 6%  komissiya (foydalanuvchi summasiga qo‘shib olinadi);

Ushbu 6% komissiya “MULTICARD PAYMENT” MchJning xizmat haqi  bo‘lib, u Ta’minotchi zimmasidagi xarajat hisoblanmaydi va foydalanuvchi  tomonidan qoplanadi.

6.4. Ta’minotchiga har oy oxirida quyidagi miqdorda xizmat haqi ajratiladi: foydalanuvchi tomonidan xizmat orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlarning  3% qismi;

foydalanuvchi tomonidan provayderlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning  2% qismi.

6.5. Donatlar Streamerlar tomonidan MULTICARD orqali rasmiylashtirilgan  maxsus donat hisoblariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

7. KONTENT

7.1. Siz Ta’minotchi ID Platformasi orqali taqdim etadigan har qanday kontent,  shu jumladan har qanday savdo belgilari, logotiplar yoki har qanday xizmat nomlari va  barcha tegishli intellektual mulk huquqlarini tan olasiz va rozilik bildirasiz.

7.2. Ta’minotchiga tegishli bo‘lgan har qanday ma’lumotlardan  Ta’minotchining oldindan yozma roziligisiz to‘liq yoki qisman nusxalanishi yoki  ishlatilishi mumkin emas.

7.3. Streamer kontenti va foydalanuvchi kontenti bundan keyin birgalikda  “Kontent” deb yuritiladi. Kontentingiz va uni joylashtirish oqibatlari uchun faqat  o‘zingiz javobgarsiz.

7.4. Kontentingizni yuklash/joylashtirish/ orqali siz quyidagilarni tasdiqlaysiz  va kafolatlaysiz:

(1) siz Kontentning yaratuvchisi va egasisiz yoki ushbu Shartnoma  bo‘yicha yetarli huquq va vakolatlarga egasiz;

(2) Sizning Kontentingiz:

(a) amaldagi qonunchilik talablariga zid kelmasligi;

(b) har qanday uchinchi tarafning huquqlarini, shu jumladan mualliflik huquqi,  savdo belgisi, patent, tijorat siri, ishchanlik obro‘si, shaxsiy daxlsizlik huquqini  buzmasligi yoki o‘zlashtirmasligi;

(c) har qanday shaxsni haqorat qilish, tuhmat qilish yoki yolg‘on axborotga  ega bo‘lmasligi;

(d) zo‘ravonlik, o‘qotar qurol yoki noqonuniy buyumlar qo‘llashni targ‘ib  qilmaligi;

(e) qimor, pornografik yoki shahvoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi  shart.

(3) Kontentingizda:

(a) viruslar, reklama dasturlari, josuslik dasturlari, yoki boshqa zararli kodlar  mavjud bo‘lmasligi shart.

(4) agar siz oldindan yozma ruxsat olmagan bo‘lsangiz, Kontentingizda  Ta’minotchiga oid har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligingiz shart. Ushbu  qoidalarga amal qilamagan Streamerlarga qarshi Ta’minotchi barcha huquq va  himoya vositalarini o‘zida saqlab qoladi.

7.5. Har qanday Kontent to‘liq yoki qisman mualliflik huquqi, savdo belgisi  va/yoki tegishli davlatning boshqa qonunlari bilan himoyalangan bo‘lishi mumkin. 7.6. Siz har qanday Kontent, jumladan, u bilan bog‘liq barcha intellektual mulk  huquqlari tegishli egalarining mutlaq mulki ekanligini tan olasiz va rozilik bildirasiz. 7.7. Siz ID platformasi Kontenti yoki har qanday Kontentga kiritilgan yoki  unga hamroh bo‘lgan mualliflik huquqi, savdo belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi yoki  boshqa mulkiy huquqlar haqidagi eslatmalarni olib tashlamaslik, o‘zgartirmaslik yoki  yashirmaslikka rozilik bildirasiz.

7.8. Agar siz maʼlum bir Kontentning qonuniy egasi boʻlmasangiz, ID  platformasi kontentidan foydalanmaysiz, nusxa koʻchirmaysiz, moslashtirmaysiz,  oʻzgartirmaysiz, hosilaviy asarlarni tayyorlamaysiz, tarqatmaysiz, litsenziyalamaysiz,  sotmaysiz, oʻtkazmaysiz, ommaviy namoyish etmaysiz, ommaviy ijro etmaysiz,  uzatmaysiz, efirga uzatmaysiz yoki boshqacha tarzda foydalanmaysiz.

7.9. Siz o‘z faoliyatingizda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda  “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonuniga rioya etishga majbur hisoblanasiz.

8. KONTENT UCHUN JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

8.1 Ta’minotchi siz yoki uchinchi taraf tomonidan joylashtirilgan, saqlangan  yoki yuklangan har qanday Kontent yoki ular bilan bog‘liq har qanday yo‘qotish yoki zarar uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

8.2 Ta’minotchi siz tomoningizdan amalga oshirilgan xato va kamchiliklar, tuhmat qiluvchi bayonotlar, haqoratlar uchun javobgar emas.

8.3 ID platformasidan foydalanish orqali siz barcha xavf-xatarni o‘z zimmangizga olasiz.

8.4 Ta’minotchi har qanday Kontentni yoki unda keltirilgan xulosa, tavsiya yoki maslahatni ma’qullamaydi va Ta’minotchi Kontent bilan bog‘liq har qanday javobgarlikni ochiqchasiga rad etadi.

8.5 ID platformasida joylashtirgan yoki saqlagan har qanday Kontent uchun siz javobgarsiz.

8.6 Yuqorida keltirilgan shartlar yoki ulardan biri buzilish ID platformadan foydalanish huquqingizni bekor bo‘lishiga yoki to‘xtatib turishga olib kelishi mumkin. 8.7 Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Foydalanish shartlari buzilganligini bilsa yoki buzilganligini taxmin qilinsa, har qanday foydalanuvchi kontentini olib tashlash yoki bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

9. ODOB-AXLOQ QOIDALARI

9.1 ID platformasidan foydalanish jarayoninda qonunchilikka rioya etishingiz  va vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday javobgarlik sizning  zimmangizda bo‘ladi.

9.2 ID platformasidan foydalanishingiz munosabati bilan sizga quyidagilarga  ruxsat berilmaydi:

- ID platformasida mavjud kontentni tarqatish yoki olish hamda ID  platformasiga kirishdan boshqa har qanday maqsadda foydalanish; - ID platfromasidan foydalanish huquqingizni boshqa shaxsga o‘tkazish; - ruxsatsiz boshqalarning ID platformasi hisoblariga kirish, boshqalarning  imzolarini soxtalashtirish, ID platformasi orqali uzatiladigan ma’lumotlarning  manbasini, mansubligini yoki mazmunini noto‘g‘ri ko‘rsatish yoki boshqa shunga  o‘xshash firibgarlik faoliyati bilan shug‘ullanish;

- mualliflik huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi  bildirishnomalarni ID platformasi kontentidan olib tashlash;

- ID platformasining boshqa Streamer yoki foydalanuvchilariga nomaqbul  takliflar, reklamalar, soʻrovlar yoki spam joʻnatish, shu jumladan, axborot xabarlari, pul  xayriya soʻrovlari yoki yuqorida ko‘rsatilgan boshqa materiallar bilan bog‘liq (masalan,  lotereyalar va musobaqalar), shuningdek boshqa shunga o‘xshash faoliyatni amalga  oshirish;

- ID platformasining boshqa Streamer yoki foydalanuvchilarini  obro‘sizlantirish, tahdid qilish yoki aldash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan,  elektron pochta manzillarini yoki boshqa aloqa ma’lumotlarini yig‘ish;

- ID Platformasining xavfsizlik shartlariga har qanday holatda Zarar  yetkazish (buzib kirish, kodlash va hk);

9.3 ID platformasidan boshqa Streamer va foydalanuvchilarning ID  platformasidan toʻliq foydalanishiga xalaqit beradigan, salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki  toʻxtatib qoʻyadigan yoki ID platformasining ishlashiga biron-bir tarzda zarar  yetkazishi, oʻchirib qoʻyishi, toʻsqinlik qilishi yoki ishlashiga putur yetkazishi mumkin  boʻlgan har qanday usulda foydalanish.

10. SHARTNOMA SHARTLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR

10.1. Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

10.2. Agar Ta’minotchi ushbu shartnomaga o‘zgartirishlar kiritsa, biz sizga  veb-sahifada bildirishnoma joylashtirish yoki yuqorida oxirgi yangilangan sanani  ko‘rsatish orqali sizga bunday o‘zgarishlar haqida xabar beramiz.

10.3. Iltimos, bunday o‘zgarishlar uchun ushbu shartlar va tegishli hujjatlarni vaqti-vaqti bilan tekshiring.

10.4. O‘zgartirishlar e’lon qilingandan keyin ID platformasidanfoydalanishda davom etishingiz bunday o‘zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi. 10.5. Shartnomaning joriy versiyasi quyidagi manzilda mavjud:  https://idonate.uz/terms-of-service.

10.6. Ta’minotchi istalgan vaqtda ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritishda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini oladi.

11. BOSHQA QOIDALAR

11.1 Huquq va majburiyatlardan voz kechishga yo‘l qo‘yilmasligi. Siz yoki biz (Ta’minotchi) ushbu Shartnomaning biron bir shart yoki qoidalarini amalga  oshirmasligimiz huquq yoki majburiyatimizdan voz kechishni anglatmaydi. Ushbu  Shartnomaning biron bir qoidasidan voz kechish, agar tegishli taraf tomonidan  imzolanmagan va yozma shaklda bo‘lmasa kuchga kirmaydi.

11.2 Shartnomaning kuchi. Agar ushbu Shartnomaning biron bir haqiqiy emas deb topilsa, shartnomaning to‘liq haqiqiy emasligiga olib kelmaydi va shartnomaning amal qilish muddatiga ta’sir qilmaydi va qolgan qoidalarning bajarilishi davom etadi.

11.3 Imtiyoz. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan har qanday huquq siz tomoningizdan boshqa shaxsga oʻtkazilmasligi yoki boshqa shaxsga berilishi mumkin  emas, lekin Ta’minotchining roziligi bundan mustasno. Ushbu qoidaga amal qilmaslik  shartnoamani Ta’minotchi tomonidan bekor qilinishga olib kelishi mumkin.

12. SHARTNOMANI BEKOR QILISH, UNING QOIDALARINI AMAL QILINISHI TO‘XTATIB TURISH VA BOSHQA CHORA-TADBIRLAR

12.1. Agar siz yoki Ta’minotchi shartnomani bekor qilmaguningizcha ushbu Shartnoma nomuayyan muddatgacha davom etadi.

12.2. Agar siz Streamer bo‘lsangiz, istalgan vaqtda Ta’minotchini ogohlantirib, shartnomada nazarda tutilgan tartibda shartnomani bekor qilishingiz mumkin. Agarsiz Foydalanuvchi bo‘lsangiz, ID platformasidan foydalanishni to‘xtatib, ushbu shartnomani bekor qilishingiz mumkin.

12.3. Ta’minotchi istalgan vaqtda elektron pochta yoki boshqa mavjud vositalar orqali sizni xabardor qilish yo‘li bilan ushbu Shartnomani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin, agar:

a) shartnoma shartlari bo‘yicha o‘z majburiyatlaringizni jiddiy buzgan bo‘lsangiz;

b) amaldagi qonunlar, qoidalar yoki uchinchi shaxslar huquqlarini buzgan bo‘lsangiz;

c) Ta’minotchi ushbu Shartnomani ogohlantirmasdan darhol bekor qilishi mumkin.

Bunday harakat Ta’minotchi, Streamerlar yoki Foydalanuvchilar yoki uchinchi  shaxslarning shaxsiy xavfsizligi yoki mulkini (masalan, Streamer yoki Foydalanuvchi tomonidan firibgarlik xatti-harakatlari sodir bo‘lgan taqdirda) himoya qilish uchun amalga oshiriladi.

12.4. Bundan tashqari, Ta’minotchi amaldagi qonun yoki qoidalarga rioya qilish yoki sud, huquqni muhofaza qilish organlari yoki boshqa davlat organining talabiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshirishi mumkin:

a) har qanday kontentni olib tashlash;

b) ID platformasiga kirish yoki undan foydalanishni cheklash;

c) huquqbuzarliklar sodir bo‘lgan taqdirda, ID platformasidagi hisobingizni  to‘xtatib qo‘yish.

12.5. Ushbu Shartnoma bekor qilingan taqdirda, siz o‘z hisobingizni yoki biron bir kontentingizni qayta tiklashga haqqingiz yo‘q. Agar ID platformasiga kirishingiz yoki undan foydalanishingiz cheklangan boʻlsa yoki hisobingiz toʻxtatilgan boʻlsa yoki ushbu shartnoma Ta’minotchi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, siz yangi hisobni roʻyxatdan oʻtkaza olmaysiz yoki boshqa Streamer hisobi orqali ID platformasidan foydalana olmaysiz.

12.6. Ushbu hujjatda ko‘rsatilganidek, Ta’minotchi Streamer to‘lovini yig‘ish bo‘yicha tijorat agenti sifatida tayinlanganiga qaramay, har qanday Streamer yoki uchinchi tomonning harakati yoki harakatsizligi uchun javobgarlikni rad etadi.

12.7. Sizning shartnoma shartlariga rioya qilmaganingiz yoki huquqbuzarliklaringiz natijasida kelib chiqadigan har qanday da’volar, yo‘qotishlar, zararlar, majburiyatlar, shu jumladan yuridik to‘lovlar uchun Ta’minotchi tomonindan zarar miqdori ushlab qolinishiga rozilik bildirasiz.

13. QONUNCHILIK

13.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tartibga solinadi va talqin qilinadi.

13.2. Ushbu shartnoma orqali Ta’minotchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etish majburiyatini olayotganligini anglatadi.

13.3. Ushbu shartnoma bilan bog‘liq barcha nizolar shartnoma taraflari tomonidan muzokaralar o‘tkazish yo‘li orqali majburiy sudgacha hal qilinishi kerak va nizolarni sudgacha hal qilish doirasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo da’vogarning joylashgan joyidagi yurisdiksiyaga ega bo‘lgan sudda ko‘rib chiqiladi.

14. TA’MINOTCHINING REKVIZITLARI

TA’MINOTCHI:

“CODO IT” mas’uliyati cheklangan jamiyati

MANZIL:

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Yangiqo‘rg‘on QFY Sarbozor MFY, Davriqo‘rg‘on ko‘chasi, 182-uy

STIR:

311366908

ELEKTRON POCHTA:

idonateuz@gmail.com

TELEFON RAQAM:

+998 (95) 069-99-11